Dunyodan
Frantsiya NATOdan chiqish g’oyasini taklif qildi.
Fransiya Milliy Assambleyasi vitse-prezidenti Klemens Gyote NATOdan chiqish tashabbusi bilan chiqdi. U ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida mazkur masala bo‘yicha qarorni parlament quyi palatasiga ovoz berish uchun kiritishini ma’lum qildi.
“Fransiyaning NATOdagi ishtiroki masalasi hech qachon bunchalik jiddiy boʻlmagan. Bu ittifoq AQSh boshchiligidagi harbiy tuzilma boʻlib, Fransiya manfaatlarini birinchi oʻringa qoʻyadi. Men Fransiyani Shimoliy Atlantika alyansidan, birinchi navbatda, Birlashgan qoʻmondonlikdan chiqishini talab qiluvchi rezolyutsiya loyihasini taqdim etyapman”, deb yozadi Gyote.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday sa’y-harakatlarga Vashingtonning so‘nggi geosiyosiy harakatlari turtki bo‘lgan. Xususan, u Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning AQSh kuchlari tomonidan o‘g‘irlab ketilishi bilan bog‘liq voqeani esladi. Gyote, shuningdek, AQShning “Falastindagi genotsid”ni harbiy qo‘llab-quvvatlashi va Prezident Donald Trampning “Grenlandiyani qurolli anneksiya qilish tahdidi”dan xavotir bildirdi.
Shu bilan birga, Fransiyaning o‘ng qanot “Patriot” partiyasi yetakchisi Florian Filipp prezident Emmanuel Makronning Ukrainaga qo‘shin yuborish qarorini tanqid qildi. U bu g‘oyani “mutlaqo ahmoqlik” deb atadi va bu Parijni Moskva bilan bevosita ziddiyatga olib kelishi mumkinligini aytdi.