Iqtisodiyot
«Fitch Ratings» agentligi tomonidan O‘zmilliybank reytingi «BB» darajaga ko‘tarildi
2025 yil 30 iyun sanasida «Fitch Ratings» — xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining uzoq muddatli kredit reytingi «barqaror» prognozi bilan «BB» darajasiga ko‘tarilganini e’lon qildi.
«Fitch» agentligining tahliliy hisobotida qayd etilishicha, reytingning oshirilishi O‘zmilliybankning mamlakat iqtisodiyotidagi strategik roli va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini aks ettiradi. Uning davlatga tegishli bo‘lgan ulushi va strategik tarmoqlarni kreditlashdagi muhim o‘rnini hisobga olgan holda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanish ehtimoli o‘rtacha yuqori deb baholanmoqda», — deyiladi Fitchning rasmiy bayonotida.
«Fitch Ratings» O‘zmilliybankni mamlakatning eng yirik va muhim moliyaviy institutlaridan biri sifatidagi ahamiyatini alohida ta’kidladi. Bank tashqi iqtisodiy hisob-kitob tizimida barqaror o‘rinni saqlab qolmoqda, xalqaro moliyalashtirishni faol jalb etmoqda va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida keng ko‘lamli investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqda.
2025 yil boshida bankning asosiy moliyaviy natijalari quyidagicha edi:
• kapital 8,4%ga o‘sib, 1,6 mlrd AQSh dollarini tashkil qildi;
• aktivlar 10,5 mlrd AQSh dollarga yetdi;
• kredit portfeli o‘tgan yilga nisbatan 8%ga oshib, 8,7 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi;
• bankning sof foydasi 133 mln AQSh dollarini tashkil etdi — bu mamlakatdagi tijorat banklari orasida eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Barqaror moliyaviy natijalardan tashqari, 2024 yil aprelida «Fitch» agentligi O‘zmilliybankning «Viability Rating» (Barqarorlik reytingi) ni «b» dan «b+» ga ko‘tardi, bu esa aktivlar sifatining barqarorligi, foydalilikning o‘sishi va kapitalizatsiyaning yuqoriligini tasdiqlaydi. Bu bankning tashqi qo‘llab-quvvatlashdan mustaqil ichki barqarorligini oshganidan dalolat beradi.
Bank mamlakatdagi eng yirik soliq to‘lovchilar reytingida 8-o‘rinni egallagan bo‘lib, 2024 yilda budjetga 1,5 trln. so‘mdan ortiq soliq to‘ladi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 48% ga ko‘p demakdir.
«Fitch» O‘zmilliybankni O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalardagi ishtiroki va tashabbusini ham alohida ta’kidladi. Xususan, 2024 yilda O‘zmilliybank tomonidan 1,5 mlrd. AQSh dollari miqdorida 280 dan ortiq loyiha moliyalashtirilgan. Ular orasida infratuzilma, energetika, transport, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalari mavjud.
Hozirgi kunda O‘zmilliybank dunyoning 70 mamlakatidagi 578 ta moliyaviy institutlar bilan hamkorlik qilmoqda, jumladan, «JP Morgan», «Citibank», «Commerzbank» va «Deutsche Bank» kabilarni sanash mumkin. Shuningdek, Bank Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB), KfW, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va boshqa yetakchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikdagi dasturlarda faol ishtirok etmoqda.
Rivojlanish va rejalar
2025 yil natijalari bo‘yicha O‘zmilliybank London fond birjasida 400 mln. AQSh dollari miqdorida yevroobligatsiyalar chiqarishni rejalashtirmoqda, shulardan milliy valyutada 100 mln. dollargacha miqdorda chiqarish ko‘zda tutilgan. Bu Bankning ishonchli qarz oluvchi va investitsiya hamkori sifatidagi nufuzini yanada mustahkamlaydi.
Shuningdek, bank «Global Finance» tomonidan «O‘zbekistonning eng yaxshi banki» sifatida e’tirof etildi. Bundan tashqari, YeTTB tomonidan Markaziy Osiyodagi kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda yashil moliyalashtirishni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun mukofot bilan taqdirlandi.
«Fitch» agentligi tomonidan O‘zmilliybankning reytingi «BB» darajasiga ko‘tarilishi va prognozning «Barqaror» deb baholanishi— bu nafaqat bankning hozirgi barqarorligi va samaradorligini tan olish, balki global investitsion hamjamiyatning ishonchining ortishi belgisi hisoblanadi. O‘zmilliybank o‘z o‘rnini tizimli ahamiyatga molik, xalqaro miqyosda faol va strategik jihatdan muhim bank sifatida mustahkamlab, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida asosiy rolni o‘ynaydi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61 mlrd dollardan oshdi
Noyabr oyida zaxiralar 1,9 milliard dollarga o‘sdi, yil boshidan esa ular 20 milliard dollarga oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.
2025 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61,23 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Noyabr oyida zaxiralar 1,9 milliard dollarga o‘sdi, yil boshidan esa ular 20 milliard dollarga oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.
Oltinning fizik hajmi ketma-ket ikkinchi oy oshdi. Noyabrda u 310 ming troya unsiyaga (9,64 tonna) oshib, 12,23 million unsiyaga (380,4 tonna) yetdi.
Oltin zaxiralarining qiymati 3 milliard dollarga oshib, 50,86 milliard dollarga yetdi.
Zaxiralarning valuta qismi esa 1,1 milliard dollarga kamayib, 9,8 milliard dollarni tashkil etdi.
Qimmatli qog‘ozlar hajmi avvalgi oyga nisbatan 503,3 million dollarga ko‘payib, 1,53 milliard dollarni tashkil etdi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlashga qariyb 17 trln so‘m sarfladi
O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar uchun 10 oyda 16,5 trln so‘m sarflagan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida sog‘liqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 16,5 trln so‘mga yetdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 15,4 % ga oshgan. Jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmat turining ulushi 2 % ni tashkil etgan.
Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi:
Toshkent shahri – 7,7 trln so‘m
Toshkent viloyati – 1,6 trln so‘m
Samarqand viloyati – 1,2 trln so‘m
Farg‘ona viloyati – 1,1 trln so‘m
Namangan viloyati – 747,7 mlrd so‘m
Andijon viloyati – 739 mlrd so‘m
Buxoro viloyati – 640,1 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati – 612,8 mlrd so‘m
Xorazm viloyati – 557,8 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati – 416,8 mlrd so‘m
Jizzax viloyati – 398,8 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati – 293,1 mlrd so‘m
Qoraqalpog‘iston Resp. – 285,6 mlrd so‘m
Navoiy viloyati – 269 mlrd so‘m.
Iqtisodiyot
Xitoylik investorlar Jizzaxdagi volfram konini ishga tushirmoqda
Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.
Jizzax viloyatida 2,5 million tonna volfram zaxirasiga ega Qo‘ytosh koni ishga tushish arafasida, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Xabarga ko‘ra, xitoylik investorlar yil oxirigacha konni tozalash ishlarini tugallaydi. Kelasi yilda esa ruda qazib olish jarayonlari boshlanadi.
Kon hududida volframni ajratib olish bo‘yicha zamonaviy qayta ishlash zavodi barpo etiladi.
Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.
Loyihaning birinchi bosqichida 100 nafarga yaqin fuqaro ish bilan ta’minlanadi va yiliga 150 ming tonna ruda qazib olinadi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 61,23 mlrd dollarga yetdi
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari, 1-dekabr holatiga, 61,23 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.
Zaxiralar noyabrda 1,9 mlrd dollarga (+3,2 foiz) o‘sdi, yil boshidan esa 20 mlrd dollarga (+48,7 foiz) oshdi. Bu avvalo oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.
Qolaversa, Markaziy bank sotib olgan qimmatli qog‘ozlar qiymati ham sezilarli darajada oshgan — noyabrda 503 mln dollarga ko‘payib, $1,52 mlrdga yetgan.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonliklarni Koreyaga ishga jo‘natishga tayyorlaydigan maxsus o‘quv ustaxonalari ochiladi
Uch oylik dasturda koreys tili va madaniyati, texnika xavfsizligi, Koreya metodikasi asosida amaliy avtomobil servisi o‘rgatiladi. O‘quvni muvaffaqiyatli tamomlaganlar Koreyaga ishga jo‘natiladi.
Foto: Migratsiya agentligi
Janubiy Koreyaning “KIA Auto” kompaniyasi rahbariyati Migratsiya agentligida bo‘ldi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, 2026 yil boshidan Migratsiya agentligi tomonidan KIA AUTO standartlariga mos maxsus o‘quv ustaxonalari ochiladi. Uch oylik dasturda koreys tili va madaniyati, texnika xavfsizligi, Koreya metodikasi asosida amaliy avtomobil servisi o‘rgatiladi.
O‘quvni muvaffaqiyatli tamomlaganlar E-7 vizasi (malakali ishchi) bilan Koreyaga ishga joylashtiriladi. E-7 vizasining asosiy talabi — koreys tilini TOPIK 1 darajasida bilish.
“Koreya Adliya vazirligi 2025 yildan boshlab avtomobil kuzovini bo‘yash yo‘nalishiga xorijlik mutaxassislarni jalb qilishga ruxsat berdi. Shu vaqtga qadar faqat mahalliy aholi ishlagan. O‘zbekiston ushbu loyihaga birinchi bo‘lib jalb etilmoqda”, deyiladi Migratsiya agentligi xabarida.
KIA Auto — Koreyaning yetakchi avtomobillarga xizmat ko‘rsatish tarmog‘i bo‘lib, mamlakat bo‘ylab 600 ga yaqin servis markazi bor. Yiliga 1 milliondan ortiq avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatadi va malakali kadrlarga ehtiyoj yuqori.
-
Iqtisodiyot4 days agoO‘zbekistondan Daniyaga ilk bor oziq-ovqat va quruq meva eksport qilindi
-
Jamiyat5 days agoYunusobodda YTH oqibatida avtomobil yonib ketdi
-
Iqtisodiyot4 days agoPrezidentning Sirdaryoga tashrifi «River Med Pharm» korxonasidan boshlandi
-
Siyosat4 days agoPrezident Mirziyoyev Denis Manturov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qo’llab-quvvatlaydi
-
Sport4 days ago«Real» ta’qibni davom ettirdi, «Liverpul» yana ochko yo‘qotdi. Kun o‘yinlari
-
Dunyodan5 days agoIndoneziyada bir necha kun ichida 700 dan ortiq kishi halok bo’ldi.
-
Siyosat4 days agoMarkaziy Osiyo mamlakatlari 2026 yilda suvdan foydalanish va suv havzalari tizimiga kelishib olishdi
-
Iqtisodiyot5 days ago“Hech kim bizga kredit bermasdi”
