Connect with us

Jamiyat

Firibgarlikda ayblangan shaxs Interpol orqali BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Published

on


Foto: Ichki ishlar vazirligi

BAAdan Interpol kanallari orqali qidiruvda bo‘lgan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur fuqaro firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan bo‘lgan. Interpolning Toshkent va Abu-Dabi Milliy markaziy byurolari o‘rtasidagi hamkorlik natijasida u BAA hududida aniqlangan.

Ekstraditsiya jarayoni ikki davlatning vakolatli organlari o‘rtasida muvofiqlashtirilgan faoliyat hamda Interpol kanallari orqali olib borilgan hamkorlik asosida amalga oshirilgan. Qayd etilishicha, barcha xalqaro huquqiy tartib-taomillar va amaldagi kelishuvlarga qat’iy rioya qilingan.

IIV ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi yillarda BAA va boshqa xorijiy davlatlardan qidiruvdagi shaxslarni ekstraditsiya qilish holatlari soni ortib bormoqda.

Hozirda ushbu fuqaro qonunchilikda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortish va sud oldida javob berishi uchun vakolatli organlarga topshirilgan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Tahlilchi iPhone 18 narxlari qancha bo‘lishi mumkinligini aytdi

Published

on


Apple iPhone 18 Pro narxini hozirgi smartfonlar bilan bir xil darajada ushlab turishga harakat qiladi, deb xabar berdi Mac Rumors tahlilchisi Jeff Pu. 

Tadqiqotchi Apple ta’minot zanjirlarini tahlil qildi va smartfon komponentlari bozorining holatini baholadi. Pu tezkor xotira yetishmovchiligi va apparat narxlarining o‘sishi sharoitida ham Apple kelajakdagi smartfonlar uchun narxlarni saqlab qolish uchun kurashadi degan xulosaga keldi. 

Maxfiy ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, Apple Samsung va SK Hynix yetkazib beruvchilari bilan yanada qulayroq shartnomalar bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Shuning uchun Pu kompaniya narxlarni oshirmaydi, deb hisoblaydi. Jurnalistlar AQShDA iPhone 17 Pro 1100 dollardan, iPhone 17 Pro Max esa 1199 dollardan boshlanishini ta’kidladilar. 

Tahlilchi shuningdek, Apple smartfonning asosiy komponentlari, birinchi navbatda displey va kamera narxini pasaytirish yo‘llarini izlayotganini aytdi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Texnikum o‘qituvchilari 200 foizgacha ustama olishi mumkin

Published

on


Texnikum o‘qituvchilari va xodimlariga 200 foizgacha ustama to‘lanadi. Hukumatning 2026-yil 11-fevraldagi VMQ-51-son qarori bilan xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikumlar xodimlarining mehnatiga haq to‘lashning yangi tartibi tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq quyidagi yangiliklar joriy etildi.

100 foizlik ustama:

Xalqaro ta’lim dasturlariga jalb qilingan direktorlar, bosh buxgalterlar, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga har oylik majburiy 100 foizlik ustama belgilandi.

Rag‘batlantirish jamg‘armasi:

Texnikumlarda mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining 50 foizi miqdorida maxsus rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.

Natijaga qarab mukofot:

Yuqori reyting ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan pedagog xodimlarga bazaviy stavkasiga nisbatan 200 foizgacha qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lanadi.

Texnikumlarda xalqaro ta’lim dasturlarini o‘qitishga jalb etilgan o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga rag‘batlantirish miqdorini belgilash bo‘yicha texnikumda doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh tuziladi.

Ishchi guruhlarning qarori ochiq ovoz berish orqali ishchi guruhlar yig‘ilishlarida ishtirok etayotgan a’zolarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va ishchi guruhlar rahbarlari tomonidan tasdiqlangan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

«Novza» bekati yaqinidagi majmuada yong‘in yuz berdi

Published

on


«Novza» metrosi yaqinidagi savdo majmuasida yong‘in kuzatildi.Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi. 

Toshkent shahar «Novza» metro yaqinidagi savdo majmuasining tom qismida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida poytaxt FVBga xabar qilingan. 

Shunga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga yetib borib, binodan barcha fuqarolar evakuatsiya qilingan va yong‘in soat 18:19 da o‘chirilgan. Hodisa sabab jarohatlanganlar yo‘q. 

Eslatib o‘tamiz, 31 yanvar kuni «Aviator» majmuasida ham yong‘in sodir bo‘lgandi. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkent elektr sohasida 17 rahbar lavozimiga noloyiq deb topildi

Published

on


Toshkent shahar hududiy elektr tarmoqlari korxonalarida 16 nafar rahbar lavozimiga loyiq, 22 nafari qayta attestatsiya sharti bilan loyiq, 17 nafari esa lavozimiga noloyiq deb topildi. 

Energetika vazirligi hamda mutasaddi idora va tashkilotlar ishtirokida «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MChJ hamda «Energosavdo» filialining Toshkent shahri hamda uning tuman bo‘linmalari rahbar xodimlari attestatsiyadan o‘tkazildi. 

Mazkur attestatsiya rahbar kadrlarning kasbiy malakasi va amaliy ko‘nikmalarini baholash, shuningdek, ularning egallab turgan lavozimiga muvofiqligini aniqlash maqsadida tashkil etildi. 

Attestatsiya jarayonlari, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazilib, 55 nafar rahbar xodimning kasbiy bilimi, shaxsiy va kasbiy kompetensiyasi, boshqaruv qobiliyati, strategik fikrlashi, umumiy dunyoqarashi hamda qonunchilik va sohaga oid me’yoriy hujjatlarni bilish darajasi atroflicha baholandi. 

 Ma’lumot uchun: 2025 yilda Energetika vazirligi va Yoqilg‘i-energetika sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi hamkorligida Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonalarining rahbar, o‘rinbosar hamda bosh muhandislari uchun malaka oshirish o‘quv-kurslari tashkil etilgan. 

Natijaga ko‘ra, 16 nafar rahbar xodim (29 foiz) lavozimiga loyiq deb topildi, 22 nafari (40 foiz) 6 oydan so‘ng qayta attestatsiyadan o‘tish sharti bilan lavozimiga loyiq deb hisoblandi. Shuningdek, 17 nafar rahbar xodim (31 foiz) egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilib, ularning o‘rniga yuqori salohiyatga, yetarli bilim va zamonaviy boshqaruv qobiliyatiga ega bo‘lgan eng munosib kadrlarni tanlab olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. 

 Attestatsiya komissiyasi takliflariga asosan, rahbar xodimlar malakasini oshirish uchun asosiy yo‘nalishlar qayta ko‘rib chiqildi. Jumladan, soha uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish, istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish, shuningdek, har bir rahbar nomzod uchun alohida shaxsiy rivojlanish rejalarini ishlab chiqish asosiy vazifalar sifatida belgilandi. 

Mazkur chora-tadbirlar elektr ta’minoti sohasida samarali boshqaruvni ta’minlash, xizmat sifati va ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Yuk ko‘tarish qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi belgilandi

Published

on


Yuk ko‘tarish qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi belgilandi. 

Hukumat qarori (53-son, 11.02.2026-y.) bilan «Yuk ko‘tarish qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.

Ushbu Nizom yuk ko‘tarish qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi mazkur sohada vakolatli davlat organi etib belgilandi.

Nizomga ko‘ra, yangi o‘rnatilgan, modernizatsiya (rekonstruksiya) qilingan yoki mukammal ta’mirlangan yuk ko‘tarish qurilmalari foydalanishga topshirilgunga qadar to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi shart.

Foydalanishda bo‘lgan yuk ko‘tarish qurilmalari 1 yilda kamida 1 marta qisman texnik ko‘rikdan va 3 yilda 1 marta to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak.

Yuk ko‘tarish qurilmalarining texnik ko‘rigi mulkdorning yozma yoki elektron tarzdagi murojaatiga asosan, ixtisoslashgan tashkilot tomonidan o‘tkaziladi.

Yuk ko‘tarish qurilmalari dastlabki, davriy va navbatdan tashqari texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Texnik ko‘riklar mulkdorning yozma yoki elektron tarzdagi murojaati asosida ixtisoslashgan tashkilot tomonidan mulkdor bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq o‘tkaziladi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.