Connect with us

Jamiyat

Firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi AQShdan ekstraditsiya qilindi

Published

on


AQShning Immigratsiya va bojxona politsiyasi xodimlari kuzatuvida ushbu shaxs Toshkentga olib kelinib, Interpol xodimlariga topshirildi.

O‘zbekiston Interpolining Milliy markaziy byurosi ko‘magida qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShda qo‘lga olindi.

Qayd etilishicha, ushbu shaxs Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik sodir etganlikda ayblanmoqda.

O‘zbekiston Interpol MMB xodimlari va AQShning vakolatli organlari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar, qo‘shma tezkor harakatlar hamda o‘zaro ma’lumotlar almashish natijasida, Amerika tomoni bilan hamkorlikda qidiruv e’lon qilingan shaxsni mamlakat hududidan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

AQShning Immigratsiya va bojxona politsiyasi (ICE) xodimlari kuzatuvida gumonlanuvchi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportga keltirilgan va keyinchalik javobgarlikka tortish maqsadida byuro xodimlariga topshirilgan.

Avvalroq xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ikki ayol O‘mondan ekstraditsiya qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Afg‘onistondan olib kirilgan yarim tonnadan ortiq narkotik fosh etildi

Published

on


O‘zbekiston chegarasida qariyb 600 kilogramm giyohvand moddalarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi. Davlat xavfsizlik xizmati, Chegara qo‘shinlari va Bojxona qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yirik partiyadagi narkotik moddalar musodara qilingan.

Ma’lum qilinishicha, jinoiy guruh narkotik vositalarni tong saharda, nazorat susayadi degan taxmin bilan olib o‘tishni rejalashtirgan. Biroq chegaradagi tekshiruv jarayonida ularning harakati fosh bo‘lgan.

Surxondaryo viloyatidagi «Termiz-avto» chegara bojxona posti orqali Afg‘oniston fuqarosi boshqaruvidagi «Mersedes» rusumli yuk avtomashinasi tekshiruvdan o‘tkazilgan. Uning tirkamasida tashilayotgan «Doosan» rusumli ekskavator inspeksion ko‘rik majmuasi orqali skaner qilinganda, texnik qurilmaning ko‘targich qismida shubhali jismlar aniqlangan.

Shundan so‘ng maxsus texnik vosita — endoskop yordamida ekskavatorning ichki qismi ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv natijasida ko‘targich qismi ichiga yashirilgan yirik miqdordagi giyohvand moddalar topilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u yerdan 593 kilogramm «gashish» va 3 kilogramm «opiy» aniqlangan. Narkotik vositalar konstruksiyada ko‘rsatilmagan bo‘shliqlarga maxsus tarzda joylashtirilgani qayd etilmoqda.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246- va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tezkor-qidiruv va tergov harakatlari davom etmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qamchiqda tog‘da adashgan 7 nafar fuqaro qutqarib qolindi

Published

on


Qamchiq dovonida tog‘ga sayr qilish uchun chiqqan 7 nafar fuqaro yo‘ldan adashib, tog‘dan tusha olmay qoldi. Hodisa joyiga yetib borgan FVV qutqaruvchilari ularni topib, xavfsiz hududga olib chiqqan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, voqea 16 may kuni soat 19:45 atrofida sodir bo‘lgan. Qamchiq maxsus qutqaruv boshqarmasiga tog‘da adashib qolgan fuqarolar haqida xabar kelib tushgan.

Shundan so‘ng qutqaruvchilar zudlik bilan hududga yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Natijada adashib qolgan 7 nafar fuqaro topilib, sog‘-salomat xavfsiz hududga olib chiqilgan.

Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Ehtiyojmand oila xotin-qizlariga imtiyoz beruvchi tavsiyanomalar uchun qabul boshlandi

Published

on


Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalari uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida tavsiyanoma berish jarayoni boshlandi. Arizalar «my.gov.uz» yagona portali orqali elektron shaklda qabul qilinmoqda.

Tavsiyanomalar 4 ming nafar xotin-qiz uchun ajratiladi. Ariza topshirish 8 iyunga qadar davom etadi.

Mazkur imtiyoz ehtiyojmand oilalardagi qizlarning oliy ta’limga kirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Tavsiyanoma olgan abituriyentlar tanlovda alohida qo‘shimcha qabul parametrlari asosida ishtirok etadi.

Belgilangan mezonlarga ko‘ra, «Ijtimoiy reyestr»ga kiritilgan oilalarning xotin-qizlariga tavsiyanoma beriladi.

Shuningdek, to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ota-onasidan biri yoki har ikkisi vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar ham mazkur toifaga kiritilgan.

Turmush o‘rtog‘i vafot etgan va voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ayollar, nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar ham tavsiyanoma olish huquqiga ega.

Bundan tashqari, ikki va undan ortiq farzandni tarbiyalayotgan, ijarada yashovchi yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari hamda ota-onasidan biri yoki har ikkisi birinchi yo ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan oilalardagi xotin-qizlar uchun ham imtiyoz nazarda tutilgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Adolatli dunyo qurish uchun kurashgan ayol…

Published

on


1950-yillarning boshlarida Bruklin (Nyu-York)da Judi Heyman ismli kichkina qiz davlat maktabidan haydaldi. Bunga sabab rasmiylar uning nogironlar aravachasini “yong‘in xavfi bor” deb baholashgani bo‘ldi. Boshqa bolalar bilan to‘laqonli bilim olish o‘rniga, unga haftasiga atigi ikki soat uyda o‘qish taklif qilindi. Ammo Judi Heyman chetlatilishni keskin rad etdi.

18 oyligida poliomiyelitga chalingan qizaloq bir umrga nogironlik aravachasiga mixlanib qolgandi.

Judi yashayotgan dunyo unga o‘xshagan odamlar uchun yaratilmagan edi — na binolar, na maktablar va na qonunlar. Ammo buni jimgina qabul qilish o‘rniga, u dunyoni qayta tiklashga qaror qildi.

1970-yilda Nyu-York Shahar ta’lim kengashi favqulodda holatlarda sinfni evakuatsiya qila olmasligini aytib, unga o‘qituvchilik litsenziyasini berishdan bosh tortdi. Lekin u ishdan ketmadi, kengashni sudga berdi va g‘alaba qozondi. Biroq asosiy jang hali oldinda edi.

1977-yilda Heyman Amerika tarixidagi aksariyat odamlar hali guvoh bo‘lmagan eng shov-shuvli noroziliklardan birini tashkil etishga yordam berdi.

Faollar Kitti Koun va Meri Jeyn Ouen bilan birgalikda u 150 dan ortiq nogironlarni San-Fransisko federal binosiga olib keldi va u yerda ular 25 kun muqim qolishdi. Shu kunlar davomida hammasi polda uxlashdi. Hukumat Reabilitatsiya to‘g‘risidagi qonunning 504-bo‘limi — nogironlar huquqlarini himoya qiluvchi ilk federal qonunlardan birini qabul qilmagunga ular ketishdan bosh tortishdi.

Bu Qo‘shma Shtatlar tarixidagi federal binoda namoyishchilarning eng uzoq o‘tirishi bo‘ldi. Va bu ish berdi. Bu turtki 1990 yilda millionlab imkoniyati cheklanganlarni ish bilan ta’minlash, ta’lim, transport va ijtimoiy hayotda kamsitishdan himoya qiluvchi eng keng qamrovli fuqarolik huquqlari qonunlaridan biri – “Amerika nogironlari to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilishga yo‘l ochib berdi.

ADA (Americans with Disabilities Act of 1990) kuchga kirgandan so‘ng, Heyman AQSh ta’lim vaziri yordamchisi lavozimini egalladi va o‘z missiyasini butun dunyo bo‘ylab amalga oshirishga kirishdi, nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi milliy qonunlarini ishlab chiqishda yordam berish uchun o‘ttizdan ortiq mamlakatlarga tashrif buyurdi.

Judi Heyman 2023-yil mart oyigacha, ya’ni umri oxirigacha yanada adolatli dunyo qurish uchun kurashni bir zum to‘xtatmadi.

U bir marta bugungi kunda ham dolzarb bo‘lgan gap aytgandi: “Jamiyat bizni hayot uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar bilan ta’minlay olmagandagina nogironlik fojiaga aylanadi. Nogironlar aravachasida yashashim men uchun fojia emas. O‘zgarish hech qachon biz o‘ylagan sur’atda sodir bo‘lmaydi. Asta-sekin, juda sekin nimadir yuz bera boshlaydi va keyin birdan, go‘yo kutilmaganda, nimadir o‘zgaradi”.

Judi Heymanga bir kuni u sinfga tegishli emasligi aytilgan edi. U oxir-oqibat sinf xonasidan boshlab dunyoni o‘zgartirdi.

Usmonjon Yo‘ldoshev tayyorladi



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qorako‘l tumani hokimligi fermer ayolga 607 mln so‘mdan oshiq kompensatsiya to‘ladi

Published

on


Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani hokimligi fermer ayolga 607 million 309 ming 171 so‘m kompensatsiya to‘lashga majbur bo‘ldi.

Bu haqda «Xabar.uz»ga  ma’lum qilgan MIB jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta inspektori Ixtiyor Olimovning ta’kidlashicha, Qorako‘l tumanidagi «Uchqun Do‘rman zamini» va «Do‘rmon Omad nur» fermer xo‘jaliklariga ko‘p yillardan buyon yoshi ulug‘ fermer ayol Oltinoy Sottiyeva rahbarlik qilib kelgan. 2018-yilda belgilangan rejalarni bajarib kelgan fermer xo‘jaliklari kutilmagan muammoga duch kelgan. Tuman hokimining 2018-yil iyundagi qarori bilan fermer xo‘jaliklari bilan tuzilgan yer ijara shartnomasi bekor qilinib, ular foydalanib kelgan 203 gektar yer maydoni hokimlik zaxirasiga olingan va boshqa fermerlarga taqsimlab berilgan.

Fermer xo‘jaliklari mazkur qarordan norozi bo‘lib, sudga murojaat qilishgan. Natijada tuman Ma’muriy sudining 02.08.2018-yildagi qarori bilan hokim qarori bekor qilingan. Biroq, shunga qaramasdan, nizo shu bilan tugamagan.  Tuman hokimligi fermer xo‘jaligi bilan tuzilgan ijara shartnomasini bekor qilish talabi bilan sudga da’vo kiritgan.  Ish tuman va viloyat sudlarida ko‘rib chiqilib, oxir-oqibat, Oliy sudgacha yetib borgan.

Oliy sud iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining 23.01.2019-yildagi qarori bilan birinchi va apellyasiya instansiyalari qarorlari bekor qilingan. Shundan keyin ham yer maydonlari fermerlarga qaytarib berilmagan. Nizoli masala prokuratura tomonidan o‘rganilib, Bosh prokuror aralashuvidan so‘ng yer maydonlari yana fermer xo‘jaliklariga qaytarilgan.

Oltinoy Sottiyeva viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi orqali sudga murojaat qilib, 2017-yilning noyabr oyidan 2018-yilning iyuligacha qilingan xarajatlar va olinishi mumkin bo‘lgan daromadlar uchun kompensatsiya undirishni talab qilgan. Sud fermer xo‘jaliklari da’vosini qanoatlantirgan.

Qorako‘l tumanlararo iqtisodiy sudining 12.12.2023-yildagi ijro hujjatiga ko‘ra, Qorako‘l tuman hokimligidan «Uchqun Do‘rman zamini» fermer xo‘jaligi foydasiga 333 million 286 ming 744 so‘m, «Do‘rmon Omad nur» fermer xo‘jaligi foydasiga esa 273 million 979 ming 227 so‘m kompensatsiya undirish belgilangan.

Ijro hujjati 26.03.2024-yilda Majburiy ijro byurosining Qorako‘l tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlari boshlangan. Qonunchilikka muvofiq, hokimlikka qarorni ixtiyoriy bajarish uchun muddat berilgan bo‘lsa-da, tuman hokimligi sud qaroridan norozi ekanini bildirib, uni bajarmay kelgan. Shu bilan birga, yuqori instansiya sudlariga bir necha bor shikoyat arizalari kiritilgan. Biroq, bu arizalarning barchasi sud tomonidan rad etib kelingan.

Ijro jarayonida tuman hokimligining hisob raqamlariga band qo‘yilgan, ko‘chmas mulklari va avtotransport vositalariga ta’qiq o‘rnatilgan. Hokimlik hisob raqamida ortiqcha mablag‘ yo‘qligini vaj qilib kelgan bo‘lsa-da, ijro harakatlari va sud qarorlari ortidan oxir-oqibat qarorni bajarishga majbur bo‘lgan.

Bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan harakatlar natijasida tuman hokimligidan fermer xo‘jaliklari foydasiga jami 607 million 309 ming 171 so‘m kompensatsiya mablag‘i undirilgan. Ijro ishi amalda yakunlangan.

Oltinoy Sottiyeva undirilgan mablag‘larning bir qismini qishloqni obodonlashtirishga, qolgan qismini esa fermer xo‘jaligini rivojlantirishga sarflashini bildirgan.

– Bu voqea, nafaqat, bir fermer ayolning g‘alabasi, balki, qonun ustuvorligi va haqiqat yo‘lidagi matonatli kurashning ham yorqin namunasi bo‘ldi, – deydi Ixtiyor Olimov.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.