Jamiyat

Firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi AQShdan ekstraditsiya qilindi

Published

on


AQShning Immigratsiya va bojxona politsiyasi xodimlari kuzatuvida ushbu shaxs Toshkentga olib kelinib, Interpol xodimlariga topshirildi.

O‘zbekiston Interpolining Milliy markaziy byurosi ko‘magida qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShda qo‘lga olindi.

Qayd etilishicha, ushbu shaxs Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik sodir etganlikda ayblanmoqda.

O‘zbekiston Interpol MMB xodimlari va AQShning vakolatli organlari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar, qo‘shma tezkor harakatlar hamda o‘zaro ma’lumotlar almashish natijasida, Amerika tomoni bilan hamkorlikda qidiruv e’lon qilingan shaxsni mamlakat hududidan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

AQShning Immigratsiya va bojxona politsiyasi (ICE) xodimlari kuzatuvida gumonlanuvchi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportga keltirilgan va keyinchalik javobgarlikka tortish maqsadida byuro xodimlariga topshirilgan.

Avvalroq xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ikki ayol O‘mondan ekstraditsiya qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version