Sport
Fazliddin Erkinboyev – jahon chempioniga aylandi, yana 7 ta oltin uchun imkoniyat bor
O‘zbekiston boks jamoasi 1 oltin va 3 bronza bilan umumiy reytingda birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bugun yana yettita final janglari bo‘lib o‘tadi.
Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi
Angliyaning Liverpul shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha 2025 yilgi jahon chempionatida o‘zbekistonlik bokschilar ishtirokidagi dastlabki final bahsi o‘tkazildi.
–75 kg vazn toifasida finalgacha yetib kelgan Fazliddin Erkinboyev Bolgariya vakili Kivan Ramiga qarshi ringga chiqdi. Jangda Faziliddin raqibidan ustunligini ko‘rsata oldi va chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bu – O‘zbekiston hisobidagi dastlabki oltin medalga aylandi.
Erkinboyev finalgacha bo‘lgan yo‘lda nimchorak finalda turkiyalik Sulton O‘smonlini (5:0), chorakfinalda belgiyalik Hamza Sririni (5:0), yarimfinalda esa asli o‘zbekistonlik, turnirda Ozarboyjon nomidan qatnashayotgan Saidjamshid Jafarovni (4:1) mag‘lubiyatga uchratgandi.
13 sentabr kungi yarimfinal janglarida ayollar jamoasidan Cabina Boboqulova, Feruza Kazakova va Aziza Zokirova navbatdagi raqiblarga mag‘lub bo‘lib, bronza bilan kifoyalandi.
Final. -75 kg: Fazliddin Erkinboyev – Kivan Rami (Bolgariya) 5:0
Shuningdek, kun davomida ringga ko‘tarilgan yana uch nafar bokschimiz final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Yarim finallar:
-48 kg: Sabina Boboqulova – Nazim Kizaybay (Qozog‘iston) 1:4
-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev – Lasha Guruli (Gurjiston) raqib ringga chiqmadi
-80 kg: Javohir Ummataliyev – Gabriel Veochich (Xorvatiya) 5:0
-51 kg: Feruza Kazakova – Buse Naz Chaqiro‘g‘li (Turkiya) 1:4
-70 kg: Aziza Zokirova – Lekeisha Pergoliti (Avstraliya) 0:5
-85 kg: Akmaljon Isroilov – Mixail Fares (Avstriya) 5:0
Bungacha Nigina O‘ktamova, Sitora Turdibekova, Oltinoy Sotimbayeva, Humorabonu Mamajonova, Mirazizbek Mirzaxalilov, Shavkatjon Boltayev va Shodiyor Meliqo‘ziyev chorakfinalda mag‘lub bo‘lib, turnirni medalsiz yakunlagandi.
Shu tariqa, o‘zbekistonliklar 1 oltin va 3 bronza bilan umumjamoa hisobida Hindistonni (1 oltin, 1 bronza) ortda qoldirib, 1-o‘ringa ko‘tarildi.
14 sentabr kuni turnirning so‘nggi kunida O‘zbekiston vakillari ishtirokidagi 7 ta final janglari bo‘lib o‘tadi:
-80 kg: Javohir Ummataliyev –
-90 kg: To‘rabek Habibullayev –
-65 kg: Navbahor Hamidova – Aida Abikeyev (Qozog‘iston)
-60 kg: Abdumalik Xalokov –
-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev – Yuri Reys (Braziliya)
-85 kg: Akmaljon Isroilov –
+90 kg: Jahongir Zokirov –
Boks. JCh-2025. Medallar jamg‘armasi:
Sport
Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempioni bo‘ldi
Niderlandiyaning Amsterdam shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi musobaqadagi tarixiy medalga sazovor bo‘ldi.
Yengil vaznli sportchilar o‘rtasidagi juftlik dasturida (LM2x) Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev dueti oltin medal sohibi bo‘ldi. Bu o‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilarning kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida qo‘lga kiritgan birinchi oltin medalidir.
Musobaqada kumush medal Germaniya, bronza medali esa AQSh sportchilariga nasib etdi.
Sport
EChL 2026/2027. Umumiy guruh bosqichi taqvimi e’lon qilindi
UEFA Chempionlar ligasi 2026/2027-yilgi mavsumi umumiy bosqichi to‘liq taqvimni e’lon qildi.
Bu bosqichda har bir jamoa 8 ta o‘yin o‘tkazadi: 4 tasi o‘z maydonida, 4 tasi safarda.
Joriy mavsumdan e’tiboran bir jamoa bir raqib bilan ketma-ket uch mavsum davomida o‘z maydonida o‘ynashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Umumiy bosqichning 1-turi uch kun — seshanba, chorshanba va payshanba (8-9-10-sentyabr) kunlariga taqsimlanadi. Qolgan turlar ikki kun davomida o‘tkaziladi. So‘nggi turda esa barcha uchrashuvlar bir vaqtda boshlanadi.
1-turni Abduqodir Husanov va «Manchester Siti» safarda «Portu»ga qarshi o‘tkazadi. Boshlanishi: bizning vaqt bilan 9 sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:01 da.
Umarali Rahmonaliyev va «Sabah» esa Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi debyutida «Manchester Yunayted» maydonida sinovdan o‘tadi. Boshlanishi: bizning vaqt bilan 11-sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da.
Manba: UEFA
Sport
Rossiyalik shaxmatchilar O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Olimpiadada qatnashmaydi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Prezident kengashi rossiyalik shaxmatchilarni Butunjahon shaxmat Olimpiadasida ishtirok etishiga ruxsat bermadi. Bu haqda Rossiya shaxmat federatsiyasi ijrochi direktori Aleksandr Tkachyov TASS agentligiga ma’lum qildi.
«Jahon shaxmat Olimpiadasida terma jamoalarimiz qatnashmaydi. Kengash ushbu qarorni FIDE prezidenti vazifasini bajaruvchi janob Vishvanatan Anandning tashabbusi bilan qabul qildi», — dedi Tkachyov.
Butunjahon shaxmat Olimpiadasi 16–27 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
2025 yilning dekabrida Xalqaro shaxmat federatsiyasi Bosh assambleyasi rossiyalik sportchilarga nisbatan cheklovlarni to‘liq va qisman bekor qilish uchun ovoz bergan edi. Rossiyalik shaxmatchilarning qaytishiga 61 delegat ovoz bergan, 51 delegat qarshi chiqqan.
Biroq 2026 yil yanvarda Buyuk Britaniya, Germaniya, Norvegiya, Estoniya va Ukraina shaxmat federatsiyalari FIDEning rossiyalik shaxmatchilarga nisbatan sanksiyalarni to‘liq bekor qilish haqidagi qaroriga e’tiroz bildirish niyatida ekani xabar qilindi. Shundan so‘ng, 2026 yil iyun oyida sanksiyalar qayta joriy etildi.
Avvalroq mazkur Olimpiadani Magnus Karlsen va yana bir qator shaxmat yulduzlari ham o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgandi.
Sport
Krishtianu Ronaldu mavsum nihoyasida futbol bilan xayrlashishi mumkin
Krishtianu Ronaldu joriy mavsum nihoyasida professional futboldagi faoliyatiga yakun yasashi mumkin. Bu haqda u Vogue jurnaliga intervyusida ma’lum qildi.
«Ehtimol, bu futboldagi so‘nggi yilim bo‘lishi mumkin, o‘zimdan ulkan meros qoldirishni istayman», — dedi Ronaldu.
Besh karra «Oltin to‘p» egasi ta’kidlashicha, bo‘sh vaqtini hordiq va sayohatlarga ajratmoqchi.
Krishtianu Ronaldu professional futbolga kirib kelganiga 25 yil bo‘ldi. Birinchi katta o‘yinini 2002-yil 14-avgustda Lissabonning «Sporting» klubi safida Milanning «Inter»iga qarshi o‘tkazgan.
Sport
«Arsenal» «Manchester Siti»ni yirik hisobda yengib, Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi
Londonning «Arsenal» klubi o‘z tarixida 18-marta Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi. Jamoa Kardiffda «Manchester Siti»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
O‘yinning 23-soniyasida Rikkardo Kalafiori hisobni ochdi. One Football nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, bu 1968 yildan beri superkubok o‘yinining birinchi daqiqasida urilgan birinchi va kubok tarixidagi eng tezkor gol bo‘ldi.
London jamoasi safida yana Kay Xaverts (28) va Martin Edegor (48) gol urishdi.
O‘tgan mavsumda «Arsenal» Premer ligada g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, manchesterliklar Angliya kubogini qo‘lga kiritdi.
«Shaharliklar» safida Abduqodir Husanov to‘liq harakat qildi.
-
Iqtisodiyot5 days ago
Oziq-ovqat ishlab chiqarishda qaysi hududlar yetakchi?
-
Siyosat2 days ago
Prezidentning Mustaqillik bayrami tabrigidan o‘rin olgan asosiy fikrlari
-
Jamiyat14 hours ago
Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Hindiston yetakchilariningg tarixiy muzokaralari bo‘lib o‘tdi
-
Sport24 hours ago
EChL 2026/2027. Umumiy guruh bosqichi taqvimi e’lon qilindi
-
Sport14 hours ago
Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempioni bo‘ldi
