Jamiyat
Farg‘onada birovlarning nomiga mashina olib, o‘zlashtirib yuborgan shaxs aniqlandi
Farg‘ona viloyatida 6 nafar fuqaro nomiga avtomobil xarid qilib o‘zlashtirgan shaxs aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘qon shahri bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.Unda fuqaro A.S. 6 nafar fuqaroni aldab, ularning nomiga tijorat banki filialidan ajratilgan avtokredit to‘lovlarini o‘zi to‘lab yurishiga ishontirib, jami 1,2 mlrd so‘m kredit mablag‘lari hisobiga sotib olingan 8 ta avtotransport vositasini boshqa shaxslarga sotib yuborib, o‘zlashtirganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.