Dunyodan
Anqarada NATO sammiti boshlandi
NATOning ikki kunlik sammiti Turkiyaning poytaxti Anqarada boshlandi. Yigʻilishda NATOga aʼzo 32 davlat rahbarlari, shuningdek, Ukraina, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yevropa Ittifoqi vakillari ishtirok etdi. Sammitning ochilishi munosabati bilan Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an prezidentlik saroyida ishtirokchilarni sharaflash uchun rasmiy kechki ziyofat uyushtirdi.
Sammitning asosiy ishchi sessiyasi bugun, 8-iyul kuni bo‘lib o‘tadi, unda Ukrainaga harbiy yordamni davom ettirish, Yevropaning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, NATO a’zolari o‘rtasida mudofaa xarajatlarini oshirish kabi masalalar muhokama qilinadi. Shuningdek, u kelgusi yillar uchun Alyansning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi.
NATO Bosh kotibi Mark Rutte so‘nggi bir yarim yil ichida Yevropa davlatlari va Kanada mudofaa va xavfsizlik xarajatlarini sezilarli darajada oshirganini aytdi. Hozirda ularning mudofaa xarajatlari YaIMning 4 foizini tashkil qiladi.
Sammitdagi yana bir muhim mavzu – AQShning NATOdagi ishtiroki. AQSh prezidenti Donald Tramp Anqaraga yetib kelgach, ba’zi Yevropa davlatlarini AQShni Eronga qarshi amaliyotlarida qo’llab-quvvatlamagani uchun tanqid qildi va NATO harakatlaridan “juda hafsalasi pir bo’lganini” aytdi. Shu bilan birga, u Yevropa davlatlari mudofaa sohasiga ko‘proq mablag‘ ajratishi kerakligini yana bir bor ta’kidladi.