Connect with us

Jamiyat

Farg‘onada 270 tup daraxt noqonuniy ko‘chirildi. Hujjatlar Bosh prokuraturada

Published

on


Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar “Huvaydo” MFY hududidan oqib o‘tgan “Besholish” soy bo‘yidan 270 tup ko‘p yillik sog‘lom daraxtlar noqonuniy ko‘chirilishi holati bo‘yicha tegishli o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, ushbu yer maydonida ko‘p yillik qimmatbaho daraxtlar mavjudligiga qaramasdan, 2022-yil 22-yanvarda Quvasoy shahar hokimi tomonidan auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi qaror (31-11-167-Q/25-sonli) qabul qilingan.

Shuningdek, ushbu yer maydonida ko‘p qavatli turar joy binolari, yirik universal va ixtisoslashtirilgan savdo do‘konlari, supermarketlar, restoranlar qurish loyihasini amalga oshirish va auksion savdolariga chiqarish maqsadida yer maydoni 2 ta lotga bo‘lingan holda “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilgan. 

Ta’kidlash joizki, kelishish jarayonida Quvasoy shahar ekologiya bo‘limi tomonidan 2025-yil 3-fevralda “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ko‘p yillik daraxtlar mavjud bo‘lganligi sababli ushbu yer maydonida loyihani amalga oshirish mumkin emasligi ko‘rsatilgan va rad javobi berilgan.

Shunga qaramasdan, Quvasoy shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari v.b. N.M.ning topshirig‘iga asosan 11–14-fevral kunlari shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan maxsus texnikalar yordamida 270 tup (qarag‘ay, kashtan, katalpa, yapon saforasi, tut, aylant) daraxt 16 ta joyga noqonuniy ravishda ko‘chirib o‘tqazilgan va 9 tup daraxt ko‘chirish jarayonida nobud qilingan.

Shuningdek, hokimlik mansabdor shaxslarining noto‘g‘ri qarorlari va noqonuniy topshiriqlari oqibatida ko‘chirilgan daraxtlar kelgusida nobud bo‘lishi xavfi yuqori bo‘lgan yer maydonlariga ekilgan.

Daraxtlarni noqonuniy ko‘chirish oqibatida tabiatga umumiy 1 mlrd 829 mln 437 ming 500 so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi. 

To‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborilgan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

1400 dollar olgan hokim yordamchisi ushlandi

Published

on


Xorazm viloyatida fuqaroni oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan hokim yordamchisi 1400 AQSh dollarini olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olindi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda Hazorasp tumanidagi “Ziyolilar” mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi I.R. fuqaro D.R.ni Toshkent gumanitar fanlar universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, evaziga 1 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (pora berishga dalolat qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayni vaqtda ushbu holat bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

2500 dollar talab qilgan sudya yordamchisi qo‘lga tushdi

Published

on


Jinoyat ishlar bo‘yicha Qarshi tuman sudining sudya yordamchisi fuqaroni boshqa hududdagi ish joyiga o‘tkazib berishni va’da qilib, evaziga 2500 AQSh dollari talab qilgan vaqtida tezkor tadbirda ushlandi.

Ma’lum qilinishicha, sudya yordamchisi Majburiy ijro byurosining Qashqadaryo viloyati tumanlaridan biridagi bo‘limida joriy yil may oyidan faoliyat yurita boshlagan fuqaroga o‘zining mansabdor tanishlari orqali ishga joylashtirib qo‘yganini aytgan.

Shuningdek, u kelgusida mazkur xodimni o‘zi istagan tumandagi MIB bo‘limiga o‘tkazib berishini bildirib, buning uchun 2500 AQSh dollari so‘ragan.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda sudya yordamchisi talab qilingan pul mablag‘ini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Tibbiyot muassasalariga ishga kiritish bilan bog‘liq firibgarliklar aniqlandi

Published

on


Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida fuqarolarni tibbiyot muassasalariga ishga joylashtirishni va’da qilib, ulardan minglab dollar va pul mablag‘larini olgan shaxslar fosh etildi. Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Jarqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tez tibbiy yordam stansiyasining sobiq xodimi 4 nafar fuqaroni mazkur muassasaga haydovchi vazifasiga ishga kiritib qo‘yishini aytib aldagani aniqlandi.

U fuqarolardan jami 3 400 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan bo‘lib, tekshiruv davomida ushbu mablag‘ning 600 AQSh dollari qaytarilgani protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Shuningdek, departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda fuqaro N.J. ikki nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali viloyat Perinatal markazi hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filialiga hamshiralik vazifasiga ishga joylashtirib berishini va’da qilgani ma’lum bo‘ldi.

U mazkur xizmat evaziga fuqarolardan 3 300 AQSh dollari va 9,7 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, ayni vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Abdulla Qodiriy ko‘chasida haydovchilar uchun yangi qayrilish joyi tashkil etildi

Published

on


Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy ko‘chasida harakatni tashkil etish sxemasi takomillashtirilib, haydovchilar uchun yangi qayrilish joyi tashkil etildi. Natijada mazkur yo‘nalishda ortiqcha bosib o‘tiladigan masofa qariyb 75 foizga qisqardi.

Foto: Yo‘l harakatini tashkil etish va monitoring markazi

Yo‘l harakatini tashkil etish va monitoring markazi ma’lum qilishicha, avval Ekopark tomonidan harakatlanib kelgan va Movarounnahr hamda Mahatma Gandi ko‘chalari tomon yo‘nalish olmoqchi bo‘lgan haydovchilar ruxsat etilgan joyda qayrilish uchun 2 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tishga majbur edi.

Endilikda esa qayrilib olish imkoniyati bevosita Abdulla Qodiriy ko‘chasining o‘zida tashkil etildi. Buning natijasida haydovchilar uchun taxminan 500 metr masofani bosib o‘tishning o‘zi yetarli bo‘lmoqda.

Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, qayrilib olish uchun zarur bo‘lgan harakat yo‘li qariyb to‘rt baravarga qisqargan. Shu bilan birga, avval ushbu manyovrni amalga oshirish uchun 6–8 daqiqa vaqt sarflangan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich o‘rtacha 1,5–2 daqiqani tashkil etmoqda.

Bu esa har bir haydovchi uchun birgina qayrilish jarayonida o‘rtacha 4–6 daqiqa vaqt tejalishini anglatadi.

Mas’ullar ta’kidlashicha, mazkur yo‘nalishdan har kuni minglab transport vositalari foydalanishini hisobga olganda, o‘zgarish nafaqat haydovchilar uchun qulaylik yaratadi, balki qo‘shni ko‘chalardagi ortiqcha transport oqimini ham kamaytirishga xizmat qiladi.

YHTEM Toshkent shahrida harakatni tashkil etish tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirish, yo‘l harakati xavfsizligi va transport oqimining samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirayotganini ma’lum qildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonning JChdagi o‘yinlari Toshkentning barcha tumanlarida katta ekranlarda namoyish etiladi (ro‘yxat)

Published

on


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi uchrashuvlari Toshkent shahrining barcha tumanlarida o‘rnatiladigan katta ekranlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.

Eng yirik tomosha maydoni «Bunyodkor» stadioni hududida tashkil etiladi — bu yerda 10 ming nafar muxlis birgalikda milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tumanlar kesimidagi maydonlar ro‘yxati:


Bektemir tumani — Rohat mahallasi
Mirobod tumani — «Furqat» bog‘i
Mirzo Ulug‘bek tumani — «Central Park» istirohat bog‘i
Olmazor tumani — «G‘alaba bog‘i»
Sergeli tumani — Markaziy xiyobon
Uchtepa tumani — «Seul Eko park»
Chilonzor tumani — «G‘afur G‘ulom» bog‘i
Shayxontohur tumani — «Anhor-Lokomotiv» bog‘i
Yunusobod tumani — Yunusobod sport majmuasi
Yakkasaroy tumani — «Do‘stlik» bog‘i
Yangihayot tumani — INDEX park
Yashnobod tumani — «Ashxobod» sayilgohi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining guruh bosqichidagi o‘yinlari (Toshkent vaqti bilan):


O‘zbekiston — Kolumbiya: 18 iyun soat 07:00 da
Portugaliya — O‘zbekiston: 23 iyun soat 22:00 da
DR Kongo — O‘zbekiston: 28 iyun kuni 04:30 da.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.