Dunyodan

Eronga qarshi harbiy operatsiya “hal qiluvchi bosqich”ga kirdi, – Isroil mudofaa vaziri

Published

on


Isroil mudofaa vaziri Yisrael Katz Eronga qarshi harbiy amaliyotlar “hal qiluvchi bosqich”ga kirganini ma’lum qildi. Bu haqda Isroilning Ynet nashri xabar berdi.

“Biz hal qiluvchi bosqichda turibmiz va kerak bo’lganda davom etamiz”, dedi vazir.

10 mart kuni Ynet manbalariga tayanib, Eronga qarshi harbiy amaliyotlar yana kamida ikki hafta davom etishi haqida xabar berdi.

28 fevral kuni AQSh Isroil bilan hamkorlikda Eronga qarshi harbiy operatsiya boshladi. Amerika va Isroil kuchlari harbiy ob’ektlarga, jumladan, havo mudofaa tizimlari, raketa tizimlari, bazalar va dengiz ob’ektlariga hujum qildi. AQSh hukumati operatsiyadan maqsad Eron armiyasini zaiflashtirish va uning raketa va yadroviy dasturlariga barham berish ekanini aytdi.

Amaliyot boshlanganidan beri Eron hududiga yuzlab havo hujumlari uyushtirildi. Hujum nishonlari qo‘mondonlik punktlari, qurol-yarog‘ omborlari va raketa otish moslamalari bo‘lgan. Bunga javoban Eron hukumati AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari va ittifoqchilariga raketa va uchuvchisiz samolyotlar bilan hujum qila boshladi. Bu mintaqada ziddiyatning tez kuchayishiga (eskalatsiyasiga) olib keldi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version