Jamiyat
«Energosavdo» yuriskonsultiga nisbatan jinoiy ish ochildi
«Energosavdo» yuriskonsultiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJning «Energosavdo» filiali Andijon bo‘linmasi yetakchi yuriskonsulti pishloq ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi MChJga nisbatan rasmiylashtirilgan dalolatnomaga ko‘ra, elektr energiyasidan noto‘g‘ri foydalanish bo‘yicha hisoblangan 788,4 mln so‘mlik moddiy zararni bartaraf etib berish evaziga 5 ming AQSh dollari talab qilgan.
Joriy yilning 1-may kuni u so‘ralgan pul mablag‘idan 500 AQSh dollarini olgan.
DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u qolgan 4500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda yuriskonsultga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda
Jamiyat
Nasldor qoramol olib kirish uchun soliq imtiyozi joriy etildi
O‘zbekistonda chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirish va mahsuldorlikni oshirish maqsadida xorijdan nasldor qoramol, qo‘y va echkilarni import qilish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi. Shuningdek, aholi xonadonlarida olingan nasldor buzoqlar uchun subsidiya ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Prezidentning “Chorvachilik tarmog‘i va yaylov xo‘jaligini zamonaviy boshqaruv tizimi va yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–179-son qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2026–2028 yillarda chorvachilik tarmog‘ini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilangan. Jumladan, go‘sht va sut mahsulotlarini sanoat usulida qayta ishlash darajasini 50 foizga yetkazish hamda nasldor qoramollar ulushini 90 foizgacha oshirish rejalashtirilgan.
Hujjatga ko‘ra, 2027 yil hosilidan boshlab paxta va boshoqli don ekinlari joylashtirilishi rejalashtirilgan yer maydonlarining 50 foiziga ozuqabop ekinlar ekishga ruxsat beriladi.
Shuningdek, 2026 yil 1 iyuldan 2030 yil 1 yanvarga qadar aholi xonadonlarida identifikatsiya qilingan sigirlardan olingan har bir nasldor buzoq uchun subsidiya ajratiladi.
Xususan:
— sun’iy urug‘lantirish orqali olingan nasldor buzoq uchun 500 ming so‘m;
— embrionlarni ko‘chirib o‘tkazish (transplantatsiya) orqali olingan nasldor buzoq uchun 700 ming so‘m subsidiya beriladi.
Bundan tashqari, 2026 yil 1 iyundan 2029 yil 1 yanvarga qadar xorijdan nasldor qoramol, qo‘y va echkilarni O‘zbekistonga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.
Jamiyat
Marketpleyslarning xaridor oldida javobgarligi qonunan belgilanmoqda
Oliy Majlis Senatining 15-yalpi majlisida «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan yangi qonun muhokama qilindi. Hujjat elektron savdo sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, iste’molchilar huquqini himoya qilish va raqobat muhitini kuchaytirishni nazarda tutadi.
Qonun bilan Soliq kodeksi hamda «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi qonunga bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Ular elektron to‘lovlar, transchegaraviy savdo, raqamli mahsulotlar eksporti va importining huquqiy mexanizmlarini belgilashga qaratilgan.
Eng muhim yangiliklardan biri — elektron tijorat operatorlarining mas’uliyatiga oid norma hisoblanadi. Unga ko‘ra, sotuvchi iste’molchining qonuniy talablarini bajara olmagan yoki javobgarlikni bajarish imkoni bo‘lmagan holatlarda, elektron tijorat operatori ham iste’molchi oldida subsidiar javobgar bo‘lishi mumkin.
Senatorlar muhokamalar davomida raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan bir paytda elektron savdo bozori uchun aniq va zamonaviy huquqiy baza zarurligini ta’kidladi.
Yangi norma onlayn savdoda ishonchni oshirishi mumkin. Chunki iste’molchi endi faqat sotuvchiga emas, balki ayrim holatlarda savdo platformasiga ham murojaat qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Senatda qayd etilishicha, qonun elektron savdo bozorida shaffoflikni oshirish va xalqaro standartlarga mos huquqiy muhit yaratishga qaratilgan.
Senatorlar fikricha, ushbu choralar mahalliy va xorijiy sotuvchilar o‘rtasida teng raqobat sharoitini ta’minlashga xizmat qiladi. Ayniqsa, transchegaraviy elektron savdo tez rivojlanayotgan sharoitda soliq tushumlarini nazorat qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Muhokamalar yakunida senatorlar qonunni ma’qullashdi.
Jamiyat
Endi dorivor o‘simliklarni olish uchun davlatga to‘lov qilinadi
Hukumatning 245-sonli qarori bilan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash tartibini belgilaydigan yangi nizom tasdiqlandi. Hujjatga ko‘ra, endi dorivor va texnik xomashyo sifatida foydalaniladigan yovvoyi o‘simliklar maxsus ruxsatnoma asosida va haq evaziga yig‘iladi.
Yangi tartib jismoniy hamda yuridik shaxslarga tatbiq etiladi. Ular yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlik obyektlarining foydalanuvchisi sifatida faoliyat yuritishi mumkin.
Nizomda oziq-ovqat maqsadida ishlatiladigan yovvoyi o‘simliklarni yig‘ish ham maxsus foydalanish tartibi asosida amalga oshirilishi belgilangan. Bu jarayon uchun zaxira hajmlari va hududlar oldindan aniqlanadi.
Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi yovvoyi o‘simliklarning texnik va dorivor xomashyosi zaxiralarini baholaydi hamda ularni maxsus foydalanish tartibida yig‘ish imkoniyatlarini belgilaydi.
O‘simliklar o‘sadigan yer maydoni kamida 0,1 gektar bo‘lishi, o‘t qoplamasi esa 10 foizdan kam bo‘lmasligi lozim.
Fanlar akademiyasi har yili 15-aprelgacha tuman va shaharlar kesimidagi mavjud zaxiralar bo‘yicha xulosalarni Ekologiya qo‘mitasiga taqdim etadi.
Shundan so‘ng yovvoyi o‘simliklardan maxsus foydalanishning yillik kvotasi shakllantiriladi. U har yili 10-maygacha Ekologiya qo‘mitasi raisi buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Jamiyat
Hafta davomida qanday ob-havo kutilishi e’lon qilindi
Ish haftasi davomida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi.
Bugun kunduzi va hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Vaqti-vaqti bilan asosan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 18-19 mayda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Bugun kunduzi havo harorati 30-35 daraja atrofida bo‘ladi, so‘ng harorat 25-28 darajadan 30-32 darajagacha o‘zgarib turadi.
Toshkentda bugun kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 33-35 daraja bo‘ladi. 19 may kuni kechasi va kun davomida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 25-27 daraja bo‘ladi.
20-mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 30-32 daraja bo‘ladi. 21-22-may kunlari vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat asosan kechalari 15-20 daraja, kunduz kunlari 25-30 daraja bo‘ladi.
Jamiyat
Kontent markazida «Yurt qayg‘usida 365 kun» nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Bugun, 18-may kuni Kontent markazi binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2025-yildagi faoliyatiga bag‘ishlangan «Yurt qayg‘usida 365 kun» nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ijodkor ziyolilar, jamoat arboblari, keng jamoatchilik vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
«Yurt qayg‘usida 365 kun» kitobi «Yangi O‘zbekiston» gazetasi tahririyati ijodiy guruhi tomonidan nashrga tayyorlangan bo‘lib, u Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil davomida serqirra faoliyati, davlat boshqaruvi, xalqaro diplomatiya, iqtisodiy islohotlar, ekologik barqarorlik, ijtimoiy himoya, ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalarida amalga oshirgan ishlarini hujjatli manbalar, tahliliy sharhlar va fotolavhalar asosida jamlagan keng qamrovli to‘plam hisoblanadi.
«Yurt qayg‘usida 365 kun» nomli kitob sahifalarida davlatimiz rahbarining xalq dardi, islohotlar sur’ati, xalqaro maydondagi faol diplomatik tashabbuslari, yoshlar, ta’lim, ma’naviyat va taraqqiyot yo‘lidagi izchil harakatlari keng yoritilgan.
Mazkur kitob vatan qayg‘usi bilan yashagan, xalq ishonchi va mas’uliyatini har kun yurakdan his etgan rahbar faoliyatining badiiy publitsistik ifodasidir. Asar orqali kitobxon nafaqat siyosiy jarayonlarni, balki mamlakat taraqqiyoti ortida turgan ulkan mehnat, matonat va fidoiylikni ham his etadi», – dedi Jurnalistlar uyushmasi rahbari Shuhrat Oripov.
Taqdimotda so‘zga chiqqanlar kitob mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat rahbarining xalq bilan muloqoti va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim bosqichlarini o‘zida aks ettirganini ham ta’kidladi.
«Yangi O‘zbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyati Bosh muharriri, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Salim Doniyorovning qaydicha, kitobni yaratish g‘oyasi jamoatchilik murojaatlari asosida shakllangan.
«Bu g‘oya keng jamoatchilik g‘oyasi desak to‘g‘ri bo‘ladi. O‘quvchilarimiz va mushtariylarimizning doimiy murojaatlari orqasida biz bunday kitoblarni albatta jamlashimiz kerakligini angladik», – dedi S.Doniyorov.
Shuningdek, taqdimotda 2025-yil O‘zbekiston taraqqiyotida hal qiluvchi bosqich bo‘lgani qayd etildi. Jumladan, o‘tgan yili tarixda birinchi marta O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 145 milliard dollardan oshgan. Oltin-valyuta zaxiralari esa 60 milliard dollardan ortgan.
Taqdimot ishtirokchilari kitobda nafaqat raqamlar, balki ular ortida turgan ulkan mehnat, davlat rahbarining tizimli yondashuvi va joylardagi muammolarni hal etish jarayonlari ham tahliliy asosda yoritilganini aytib o‘tishdi.
Shuningdek, «Yurt qayg‘usida 365 kun» keng kitobxonlar ommasi bilan bir qatorda siyosatshunoslar, tarixchilar, tadqiqotchilar, xalqaro munosabatlar mutaxassislari, jurnalistlar, talaba yoshlar hamda Yangi o‘zbekistondagi islohotlar jarayonini chuqur o‘rganishga qiziquvchi mutaxassislar uchun ham muhim manba vazifasini o‘taydi.
-
Jamiyat5 days agoO‘zbekistonga qaytarilgan noyob tarixiy buyumlar ilk bor ilmiy jamoatchilik e’tiboriga havola etildi
-
Siyosat4 days ago
Prezident Bokuga yetib keldi
-
Jamiyat5 days agoAfg‘onistondan olib kelingan qariyb 600 kg narkotik modda to‘xtatib qolindi
-
Jamiyat4 days ago
Bugun O‘zbekistonda quruq va juda issiq ob-havo kutilmoqda
-
Iqtisodiyot4 days agoChorva mollari va asalarilar QQSning nol stavkasi qo‘llanadigan ro‘yxatga kiritildi
-
Siyosat4 days agoOʻzbekiston urbanizatsiya darajasini 2040-yilga borib 65 foizga yetkazishni maqsad qilgan – Prezident Mirziyoyev
-
Dunyodan5 days agoTrampdan keyin Putin Xitoyga tashrif buyurishi kutilmoqda
-
Dunyodan5 days ago
AQSh Eronning tinchlik taklifini rasman rad etdi – OAV
