Jamiyat
Elektropoyezd chiptasini Toshkent jamoat transporti bilan bog‘lovchi tariflar joriy etiladi
Toshkent shahriga elektropoyezdda kelib, avtobus va metroga chiquvchilar uchun integratsiyalashgan tariflar joriy etiladi. Hukumat qaroriga ko‘ra, bunday tariflar 2026 yil 1 sentabrgacha amal qila boshlashi kerak. Qaror asosida, bundan buyon shahardan 12 kilometrgacha chetga chiquvchi yo‘nalishlar ham shahar avtobus yo‘nalishlari hisoblanadi. Avtobus, elektrobus va trolleybuslar importi utilizatsiya yig‘imidan ozod etildi.
Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari
Shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 1 sentabriga qadar poytaxt jamoat transporti va shahar atrofi temiryo‘l qatnovlarida yo‘lkira haqini to‘lashning integratsiyalashgan tizimi, shu jumladan, “elektropoyezd-avtobus” va “elektropoyezd-metro” jozibador tarif rejalari joriy etiladi.
Shuningdek, shahar chetidan 5 kmgacha yoki transport bosh rejalariga muvofiq shahardan ko‘pi bilan 12 kmgacha chetga chiquvchi yo‘nalishlar ham endilikda shahar avtobus yo‘nalishlari hisoblanadi.
Qarorga asosan, haydovchi bilan birga 60 yoki undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan, Yevro-5 va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan M3 toifadagi (III sinfga mansub bo‘lmagan) yangi transport vositalarini (avtobus/elektrobus yoki trolleybuslar) 2027 yil 31 dekabrga qadar import qilishda utilizatsiya yig‘imining nol stavkasi qo‘llaniladi.
Mazkur qarorda yo‘lkirani avtobusga chiqish paytida to‘lash majburiy bo‘lishi ham belgilab qo‘yildi. Unga ko‘ra, 1 sentabrdan boshlab, avtobusga chiqayotgan paytda yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilar chiptasiz yurgan deb hisoblanadi va bu jarimaga sabab bo‘lishi mumkin.
Jamiyat
Namanganda IIB tergovchisi va advokat qo‘lga olindi
Tergovchi va advokatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Namangan viloyati IIB Tergov boshqarmasi tergovchisi o‘zining ish yurituvida bo‘lgan, Chust tumanida yashovchi, 2006-y.t. fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini uning foydasiga ijobiy hal qilib, tugatib yuborish evaziga ishga aloqador bo‘lmagan advokat orqali 40 ming AQSh dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Chust tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokatlar hay’ati advokati gumonlanuvchining otasidan 40 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, advokatdan 30 ming AQSh dollarini olgan vaqtida tergovchining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.
Hozirda tergovchiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan, advokatga esa JKning 212-moddasi (pora olish-berishda vositachilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,«qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Jamiyat
Yo‘lkirani avtobusga chiqish paytida to‘lash majburiy bo‘ladi
O‘zbekistonda shahar avtobuslari yo‘lkirasini avtobusga chiqayotgan paytda to‘lash qoidasi o‘rnatilmoqda. 1 sentabrdan boshlab, avtobusga chiqayotgan paytda yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilar chiptasiz yurgan deb hisoblanadi va bu jarimaga sabab bo‘lishi mumkin. Bu yangi qoida brutto-shartnoma asosidagi shahar avtobus yo‘nalishlariga taalluqli.
2026 yil 1 sentabrdan boshlab shahar avtobuslarida yo‘lkirani avtobusga chiqish paytida to‘lash majbur bo‘ladi.
Transport vazirligining xabar berishicha, bunday tartib 3 iyun kuni imzolangan hukumat qarorida ko‘zda tutilgan.
Yangi qoidaga ko‘ra, yo‘lovchi yo‘lkira haqini validatorlar bilan jihozlangan avtobusga chiqish vaqtida, quyidagi usullar orqali to‘lashi kerak:
transport kartasini validatorga tekkizgan holda uni validatsiya qilish;
bank kartasi, smartfon va boshqa kontaksiz elektron to‘lov turlaridan foydalanish (NFC, QR, Biometric, BLE, UWB va boshqa texnologiyalar yordamida to‘lash);
ijtimoiy/transport kartasini validatorga tekkizgan holda imtiyozli yoki bepul yurish huquqini tasdiqlash.
Yo‘lkira yuqorida sanab o‘tilgan usullar orqali avtobusga chiqish vaqtida to‘lanmagan (tasdiqlanmagan) taqdirda, yo‘lovchi avtobusda chiptasiz yurgan deb hisoblanadi.
Mazkur qoida 2026 yil 1 sentabrdan e’tiboran, brutto-shartnoma asosidagi shahar avtobuslarida amal qila boshlaydi.
Jamiyat
Jizzaxda bolalar uchun xavfli o‘yinchoqlar aniqlandi
Jizzax shahridagi savdo nuqtalaridan birida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida Xitoyda ishlab chiqarilgan ayrim bolalar o‘yinchoqlari xavfsizlik talablariga javob bermasligi aniqlandi. Shu munosabat bilan mahsulotlarni savdodan chiqarish va realizatsiyasini to‘xtatish choralari ko‘rildi.
Foto: Nazorat inspeksiyasi
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Jizzax hududiy bo‘limi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarda bir qator bolalar o‘yinchoqlaridan namunalar olinib, laboratoriya sinovlari o‘tkazildi.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, ayrim mahsulotlarda o‘tkir hid mavjudligi, himoya qoplamasining namlikka chidamsizligi, mayda detallarning mustahkam biriktirilmagani, mexanik ta’sirga bardosh bermasligi hamda formaldegid miqdori belgilangan me’yorlardan yuqori ekani aniqlangan.
Mutaxassislar formaldegid bolalarning nafas yo‘llari, ko‘z va teriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, allergik reaksiyalarni kuchaytirishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Shuningdek, o‘yinchoqlardagi mayda qismlarning oson ajralishi bolalarning ularni yutib yuborishi yoki jarohat olishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Shu asosda savdo sub’yektlariga ogohlantirish xatlari yuborilib, mazkur mahsulotlarni sotuvdan chiqarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Jamiyat
O‘zbekistonda bolalar soni qancha?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvar holatiga yurtimizda 0–14 yoshdagi jami bolalar soni 11 630 879 nafarni tashkil etadi.
Shundan:
O‘g‘il bolalar – 6 030 736 nafar
Qiz bolalar 0-14 yosh oralig‘idagi O‘g‘il bolalar– 5 600 143 nafar
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 485 250 nafarni tashkil etmoqda. Shundan 19,3 mln erkaklar, 19,1 mln ayollardir.
Jamiyat
1,5 gektar yerni «sotish» bahonasida 750 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi
Toshkent viloyatida davlat zaxirasidagi 1,5 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxs 750 ming dollar talab qilib, oldindan 20 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan yer maydonini noqonuniy rasmiylashtirib berish bilan bog‘liq holat fosh etildi.
Aniqlanishicha, Toshkent shahrida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan shaxs tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirib, Yangiyo‘l tumanida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 1,5 gektar yer maydonini arxitektura hamda kadastr tizimlarida ishlovchi mansabdor tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytgan.
Evaziga u 750 ming AQSh dollari talab qilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi so‘ralgan mablag‘ning bir qismi sifatida oldindan 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
DXX fuqarolarni shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelgan taqdirda idoraning 1520 qisqa raqami orqali murojaat qilishga chaqirdi. Ma’lum qilinishicha, murojaat etuvchilarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
-
Dunyodan3 days ago
Myanmadagi portlash 46 kishining hayotiga zomin bo’ldi: tafsilotlar
-
Sport4 days agoParijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar YeChLdagi g‘alabani nishonlash chog‘ida ko‘chalarda mashinalar yoqib yuborilgan, politsiyachilar bilan to‘qnashuvlar ro‘y bergan va yuzlab fanatlar qo‘lga olingan.
-
Iqtisodiyot3 days agoMetan-shoxobchalarda gaz narxi ko‘tarildi
-
Jamiyat4 days ago
Onani norozi qilib baxtga erishib bo‘lmaydi
-
Iqtisodiyot3 days agoXitoyning ikki yirik kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirish niyatida
-
Dunyodan4 days ago
«PSJ»ning g‘alabasidan keyin butun Fransiya bo‘ylab 800 ga yaqin odam hibsga olindi
-
Siyosat4 days agoPutin Armanistonga jiddiy tahdid qildi
-
Dunyodan3 days agoEron va AQSh barcha muzokaralarni to’xtatdi
