Jamiyat

Elektropoyezd chiptasini Toshkent jamoat transporti bilan bog‘lovchi tariflar joriy etiladi

Published

on


Toshkent shahriga elektropoyezdda kelib, avtobus va metroga chiquvchilar uchun integratsiyalashgan tariflar joriy etiladi. Hukumat qaroriga ko‘ra, bunday tariflar 2026 yil 1 sentabrgacha amal qila boshlashi kerak. Qaror asosida, bundan buyon shahardan 12 kilometrgacha chetga chiquvchi yo‘nalishlar ham shahar avtobus yo‘nalishlari hisoblanadi. Avtobus, elektrobus va trolleybuslar importi utilizatsiya yig‘imidan ozod etildi.

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

Shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 1 sentabriga qadar poytaxt jamoat transporti va shahar atrofi temiryo‘l qatnovlarida yo‘lkira haqini to‘lashning integratsiyalashgan tizimi, shu jumladan, “elektropoyezd-avtobus” va “elektropoyezd-metro” jozibador tarif rejalari joriy etiladi.

Shuningdek, shahar chetidan 5 kmgacha yoki transport bosh rejalariga muvofiq shahardan ko‘pi bilan 12 kmgacha chetga chiquvchi yo‘nalishlar ham endilikda shahar avtobus yo‘nalishlari hisoblanadi.

Qarorga asosan, haydovchi bilan birga 60 yoki undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan, Yevro-5 va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan M3 toifadagi (III sinfga mansub bo‘lmagan) yangi transport vositalarini (avtobus/elektrobus yoki trolleybuslar) 2027 yil 31 dekabrga qadar import qilishda utilizatsiya yig‘imining nol stavkasi qo‘llaniladi.

Mazkur qarorda yo‘lkirani avtobusga chiqish paytida to‘lash majburiy bo‘lishi ham belgilab qo‘yildi. Unga ko‘ra, 1 sentabrdan boshlab, avtobusga chiqayotgan paytda yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilar chiptasiz yurgan deb hisoblanadi va bu jarimaga sabab bo‘lishi mumkin.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version