Connect with us

Jamiyat

«Elektron retsept» bosqichma-bosqich joriy etiladi, avvaliga antibiotiklar majburiy bo‘ladi

Published

on


Sog‘liqni saqlash vzirligi Toshkent shahri va 15 ta tajriba-sinov hududida bosqichma-bosqich joriy etilayotgan «Elektron retsept» tizimini joriy etish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, kelib tushayotgan murojaat va takliflarni inobatga olgan holda, yuzaga kelayotgan savollarga aniqlik kiritish hamda yangi tizimga barqaror o‘tishni ta’minlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qo‘shimcha tashkiliy hamda tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Vazirlikda davlat va xususiy tibbiyot tashkilotlarining yetakchi shifokorlari, tegishli idoralar vakillari va soha ekspertlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Konstruktiv muloqot davomida «Elektron retsept» tizimini joriy etish bilan bog‘liq masalalar, shuningdek, bu borada tibbiyot xodimlarining tajribasi va bemorlar ehtiyojlarini hisobga olgan holda ayrim tartib-taomillarni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Tizim mutaxassislari o‘rtasida muntazam muloqotni ta’minlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Ekspertlar kengashini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Haftaning har juma kuni tibbiyot va farmatsevtika sohasi vakillari hamda boshqa tegishli mutaxassislar ishtirokida ushbu Kengashning ochiq yig‘ilishlari o‘tkaziladi.

Uchrashuv doirasida «Elektron retsept» tizimining amaldagi ishlash mexanizmlari yuzasidan ham tushuntirish berildi.

Ta’kidlanganidek, xususiy tibbiyot tashkilotlari va shifokorlarning «Elektron retsept» moduliga ulanishi bepul bo‘lib, buning uchun +998 (71) 202-50-00 raqami orqali murojaat qilish kerak.

Shuningdek, muloqotda retsept (shu jumladan elektron retsept)ni yozish faqat shifokor vakolatiga kirishi alohida qayd etildi.

Bemorlarni davolash uzluksizligini ta’minlash maqsadida, ma’lum bir tibbiyot muassasasida zarur dori vositasi yo‘q bo‘lgan hollarda, shifokor retsept yozib beradi. Tegishli ma’lumotlarni rasmiylashtirish va elektron tizimga kiritish esa dorixona muassasasining farmatsevti tomonidan amalga oshiriladi.

Qayd etilganidek, fuqaro dorixonaga murojaat qilganda, dori vositasi farmatsevt tomonidan elektron retsept, QR-kodli hujjat yoki JShShIR asosida beriladi.

Chet el fuqarolari esa elektron retsept olish uchun umumiy shartlarda davlat tibbiyot muassasalarida ro‘yxatdan o‘tish huquqiga ega.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tunu kun ishlaydigan 1003 qisqa raqamli Call-markaz faoliyat yuritmoqda. Fuqarolar u orqali «Elektron retsept» tizimi bilan bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha maslahat va tushuntirishlar olish imkoniga ega.

Yotoq rejimida bo‘lgan bemorlar, shuningdek, surunkali kasalliklarga chalingan shaxslar maslahat va elektron retsept olish uchun o‘z oilaviy shifokoriga telefon orqali murojaat qilishi mumkin. Agar bemor oilaviy shifokorining telefon raqamini bilmasa, unga 1003 qisqa raqamli Call-markaz orqali zarur yordam ko‘rsatiladi.

Tibbiyot mutaxassislari va ekspertlar ishtirokidagi muhokamalar yakunida bildirilgan taklif va fikr-mulohazalarni hisobga olgan holda, amalga oshirilayotgan mexanizmlarni mustahkamlash va aniqlashtirish, “Elektron retsept” tizimini joriy etishning keyingi bosqichma-bosqich tartibini belgilash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i qabul qilindi.

Unga ko‘ra:

 1) Toshkent shahri va 15 ta tajriba-sinov tuman (shahar)lari hududida «Elektron retsept» tizimi bosqichma-bosqich joriy etilib, shifokor tomonidan dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomlanishi bo‘yicha elektron retseptlar rasmiylashtiriladi va elektron tizimga kiritiladi;

2) zarur texnik imkoniyatlar mavjud bo‘lganda, tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari DMED axborot tizimiga bepul ulanadi hamda ularning axborot tizimlari Sog‘liqni saqlash vazirligining raqamli platformasiga integratsiya qilinadi;

3) «Elektron retsept» tizimi asosida beriladigan dori vositalarining ro‘yxati bosqichma-bosqich shakllantirilib, bunda alohida ro‘yxatlar ijtimoiy xavf va sohada yuzaga keladigan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda har bir bosqichda Ekspertlar kengashi tomonidan tayyorlanadi hamda tasdiqlanadi;

4) tizimli ta’sirga ega antibiotiklar, sintetik antibakterial preparatlar hamda gormonal dori vositalari uchun elektron retsept majburiy bo‘lishini nazarda tutuvchi birinchi bosqich belgilanadi;

5) shifokorning elektron retseptlarni yozish bo‘yicha vakolatlari, shu jumladan muayyan tibbiyot tashkilotida mavjud bo‘lmagan dori vositalarini tayinlash va keyinchalik dorixonalar farmatsevtlari tomonidan ushbu ma’lumotni tizimga kiritishning huquqiy asoslari mustahkamlanadi;

6) dorixonalarda retseptli dori vositalarini elektron retsept asosida berish (shu jumladan, bemorning JShShIRi orqali) tartibi belgilanadi, qolaversa, tizim to‘liq joriy etilgunga qadar va favqulodda vaziyatlarda istisno tariqasida qog‘oz ko‘rinishidagi retseptlarni rasmiylashtirish imkoniyati saqlab qolinadi;

7) bemor yoki uning vakilida elektron retsept bo‘lmagan taqdirda, dorixona farmatsevtiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (qog‘oz yoki elektron shaklda) asosida JShShIRni kiritib, tizim orqali elektron retsept bilan tanishish va retsept bo‘yicha dori vositasini berish huquqini taqdim etuvchi  mexanizm belgilanadi;

8) yurtimiz va chet el fuqarolarining tibbiy yordam va dori vositalarini olish (shu jumladan shoshilinch holatlarda) huquqlari ta’minlanadi, shuningdek, tizimni joriy etish bosqichlari va dori vositalari ro‘yxatlari to‘g‘risida aholi rasmiy manbalar orqali xabardor qilib boriladi;

9) doimiy tushuntirish ishlari va qayta aloqa tizimi, shu jumladan kecha-kunduz ishlaydigan 1003 Call-markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, u orqali:

– yotoq rejimidagi va surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarning o‘z oilaviy shifokoriga murojaat qilishi;

– oilaviy shifokorga (tegishli hollarda tor soha mutaxassislariga) masofadan turib murojaat qilgan holda elektron retsept olishi;

– ko‘rsatmalar mavjud bo‘lganda, patronaj xizmatining tashkil etilishi va zarur tibbiy xizmatlar uyda ko‘rsatilishi ta’minlanadi;

10) davolovchi shifokorning qaroriga ko‘ra, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarga:

– 60 kungacha davolanish davrida — Xalqaro kasalliklar tasnifiga muvofiq kodlanadigan, surunkali kasalliklarni davolashda tayinlanadigan, shuningdek, anabolik faolligi bilan ajralib turadigan dori vositalari uchun;

– 90 kungacha davolanish davrida — boshqa tayyor dori vositalari uchun (reimbursatsiya doirasida — 30 kungacha) retseptlar yozishning alohida tartibi belgilanadi.

Ushbu hollarda elektron retsept va tegishli QR-kodning amal qilish muddati belgilangan davolash kursi davriga muvofiq uzaytiriladi.

«Elektron retsept» tizimi, eng avvalo, davolash xavfsizligini oshirish, dori vositalarini tayinlashda mas’uliyatni kuchaytirish va ularning aylanmasini tartibga solishga qaratilgan. Ushbu tizim doimiy monitoring asosida fuqarolar va tibbiyot xodimlarining fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Hindiston yetakchilariningg tarixiy muzokaralari bo‘lib o‘tdi

Published

on


Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida mehmon davlatimiz rahbarini Mustaqillik kuni bilan samimiy tabrikladi. Ushbu tarixiy tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga olib chiqib, o‘zaro hamkorlikda yangi bosqichni boshlab berishi ta’kidlandi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. O‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmi ilk bor 1 milliard dollardan oshdi, qo‘shma korxonalar soni esa 7 barobarga ko‘paydi, haftasiga 14 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaparvoz amalga oshirilmoqda.  Ikki davlat rahbarlari 2030-yilga qadar o‘zaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga kelishib oldilar. Shuningdek, energetika, farmatsevtika, metallurgiya, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi kabi ustuvor sohalarda yangi sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Hamkorlikni samarali muvofiqlashtirish maqsadida tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasida yangi muvofiqlashtiruvchi mexanizm ta’sis etiladigan bo‘ldi. Tomonlar parlamentlararo, Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi doirasidagi muloqotlarni faollashtirishga kelishib oldilar. Andijon va Gujarat, Farg‘ona va Haryana, Samarqand va Agra o‘rtasidagi hududlararo yaqin sheriklik aloqalari ham yuqori baholandi.

Gumanitar sohada ta’lim va madaniyat yo‘nalishidagi aloqalar kengaymoqda. Hozirda O‘zbekistonda Hindistonning 4 ta universiteti faoliyat yuritmoqda. Madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda Lal Bahodur Shastri nomidagi Hind madaniyati markazi va Mahatma Gandi nomidagi Hindshunoslik markazi muhim o‘rin tutmoqda.

Shuningdek, O‘zbekistonda yoga tobora ommalashib borayotgani va ushbu sohadagi hamkorlik faol rivojlanayotgani qayd etildi.

Tashrif doirasida Madaniy almashinuv bo‘yicha besh yillik dastur imzolanishi, madaniyat kunlari va kinofestivallar muntazam o‘tkazilishi belgilandi. Rahbarlar BMT, ShHT va BRIKS kabi xalqaro tashkilotlar doirasida bir-birini izchil qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishlarini bildirdilar. Muzokaralar yakunida belgilangan barcha vazifalar bo‘yicha aniq «yo‘l xaritalari» ishlab chiqilishiga kelishib olindi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Published

on


Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi. 

Jamshid Sharopov Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

​Jamshid Sharopov 1984-yil 27-yanvarda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 2005-yilda Buxoro davlat universiteti, 2009 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi-iqtisodchi.

​Mehnat faoliyatini 2002-yilda AT “Paxta Bank”ning Buxoro viloyati boshqarmasi bank jarayonlari bo‘limi iqtisodiy bo‘linmasi mutaxassisi sifatida boshlab, ATB “Agrobank” Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i (2014-2020), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i (2020-2021), Shofirkon tumani hokimi (2021-2023), ATB “Agrobank” agrosanoat majmuasi korxonalarini moliyalashtirish departamenti direktori o‘rinbosari (2023-2026) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

​Ayni paytga qadar u ATB “Agrobank” muammoli kreditlar bilan ishlash departamenti direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz mukofotlandi

Published

on


«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida»gi Prezident farmoni e’lon qilindi.

Mukofotlanganlar ro‘yxati:

“Do‘stlik” ordeni bilan

Ivan Sao – “BYD Auto” kompaniyasining Yevropa sotuv bo‘limi bosh direktori o‘rinbosari

Klod Imoven – Fransiyaning “MEDEF International” harakatining O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi

Masayoshi Fujimoto – “Sojitz” kompaniyasi direktori

Sabine Maxl – BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori

Turaman Sinan – Shayxontohur tumanidagi “Outdoor Factory Toshkent” mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Toshkent shahri

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Qahorova Nilufar Hamroyevna – AQShning Garvard universiteti huzuridagi Boston bolalar shifoxonasi loyiha menejeri 

Yuldasheva Nodira Muxamedovna – Kanadaning Toronto shahridagi Kanadadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi asoschisi, “Sog‘lom yo‘l” tibbiy va diagnostik markazi rahbari 

“Shuhrat” medali bilan

Abdullayeva Shahlo Abdirashidovna – Koreya Respublikasining Kvangju shahridagi Migrant ayollar huquqlarini himoya qilish va ta’lim berish markazi rahbari.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi

Published

on


Podpolkovnik Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura bosqichida tahsil olgan.

Tayinlov Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining jamoat xavfsizligi va kriminogen vaziyatga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.

Sessiyada viloyatdagi jinoyatchilik holati ham tahlil qilindi. Joriy yilning hisobot davrida hududdagi 723 ta mahallaning 528 tasida (73 foiz) bironta ham jinoyat sodir etilmagan. Ichki ishlar xodimlarining tashabbusi bilan aniqlanadigan jinoyatlar soni 40 foizga yaxshilangan.

Shu bilan birga, 28 ta mahalla «qizil» toifada qolayotgani qayd etildi.

Yangi IIB boshlig‘iga jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, har bir mahallada xavfsizlikni ta’minlash, aholi bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash vazifalari yuklatildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Raqobat qo‘mitasi «Maktab bozorlari»da narxlarni asossiz oshirmaslikka chaqirdi

Published

on


Yangi o‘quv yili arafasida O‘zbekiston hududidagi umumta’lim maktablari, dehqon bozorlari va savdo majmualarida mavsumiy «Maktab bozorlari» tashkil etilmoqda.

Raqobat qo‘mitasi mavsumiy savdo jarayonlarida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, raqobat muhitini ta’minlash hamda aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan ta’minlash muhimligini ta’kidladi.

Qo‘mita ota-onalar va o‘quvchilarga xarid vaqtida mahsulotning sifati, ishlab chiqaruvchisi, narxi va boshqa muhim ma’lumotlarga e’tibor qaratishni tavsiya qildi.

Tadbirkorlarga esa «Maktab bozorlari»da sotilayotgan mahsulotlar sifati va narxlarining asosliligini ta’minlash, iste’molchilarga zarur axborotlarni taqdim etish hamda ularning huquqlariga rioya qilish majburiyati eslatildi.

Raqobat qo‘mitasi maktab bozorlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni darsliklar, maktab formalari, o‘quv-yozuv qurollari va boshqa anjomlar narxlarini asossiz oshirmaslikka hamda qonunchilik talablariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.

Fuqarolar «Maktab bozorlari»da narxlarni asossiz oshirish holatlariga duch kelsa, Raqobat qo‘mitasining 1159 ishonch telefoni orqali murojaat qilishi mumkin.

Qo‘mita tomonidan maktab bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida monitoring ishlari olib borilishi ma’lum qilindi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.