Sport
“Do‘stlar, biz bu kunga yetdik, uddaladik!” – oson kechmagan mundial yo‘li haqida katta suhbat
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatida o‘ynaydigan bo‘ldi. BAAga qarshi o‘tgan oxirgi o‘yin taassurotlari, guruhdagi holatdan kelib chiqib tanlangan taktika, aeroportdan qaytgan muxlislar, Shukurov “effekti”, mundialga chiqish uchun avvalgi urinishlar, murabbiylar almashishining jamoa o‘yiniga ta’siri hamda Shomurodovning milliy jamoadagi o‘rni haqida milliy jamoa himoyachisi Rustam Ashurmatov va futbol sharhlovchisi Hasan Turdialiyev bilan suhbatlashdik.
{Yii::t(}
O’tkazib yuborish 6s
O’tkazib yuborish
BAAga qarshi o‘yin yakunidagi eyforiyani oldin ham hech his qilganmisiz?
– Yo‘q, buni, bu emotsiyani so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Lekin siz aytib o‘tgandek, bu narsani oldin his qilib ko‘rmaganman. To‘g‘ri, xursandchiliklar bo‘lgan, yaxshi kunlar bo‘lgan, lekin hatto o‘sha Osiyo chempioni bo‘lganimizda ham, to‘g‘ri xursand bo‘lganmiz boshida, hatto o‘sha o‘yinda gol ham urish nasib etgan edi, lekin baribir milliy jamoaning g‘alabasi boshqa bo‘lar ekan. Ich-ichingizdan xursand bo‘lasiz. Uni so‘z bilan ta’riflash, menimcha, ilojsiz.
Oxirgi o‘yin borasida fikrlaringiz qanday? BAAga qarshi shunday o‘yin kutilganmidi?
Ha, o‘yinimiz sifati hozir kutilgan darajada emas, lekin bosim, hammasiga sabab bosim, deb Telegram-kanalimda ham post qoldirdim. Menimcha, futbolchilar ham bosimni his qilishgan.
Rustam bu fikrga siz nima deysiz? Bosim kattamidi?
Endi bosim bo‘lmadi, lekin hayajon bor edi. Sababi baribir katta o‘yin, O‘zbekiston tarixidagi eng katta o‘yinlardan biri desak ham bo‘ladi. Shuning uchun bosimdan ko‘ra ko‘proq hayajon o‘yin boshida bo‘ldi. Endi bu har bir o‘yindan oldin bo‘ladi, bu normal holat. O‘sha 10-15 daqiqadan keyin bu o‘zidan o‘zi o‘tib ketadi. O‘yinga to‘liq kirib ketasiz. Eng muhimi, shu boshidagi 15 minutni yaxshi o‘tkazib olish, deb murabbiylarimiz ko‘p aytishadi. Undan keyin futbolchilar ochiladi, hamma o‘zini-o‘zi yaxshi his qilib boshlaydi.
Hasan Turdialiyev:
O‘z tajribamdan kelib chiqib aytsam, ikkinchi taym boshidagi konsentratsiya ham sal pand beradi.Har doim o‘yin boshidagi birinchi taym, ikkinchi taym avvali qiyin bo‘ladi. Lekin o‘sha ikkita vaqtdan o‘tib olsak, rostdan ham buyog‘iga o‘yin nazoratini qo‘lga olishimizni taxmin qilgandik.
O‘sha jonli efir jarayonida ham gapirdik. Chunki futbolchilarimizni sifatini yaxshi bilamiz. Eron bilan bo‘lgani kabi sifatli o‘yin ko‘rmagandirmiz, lekin futbolchilarimiz bundan ko‘piga qodirligini bilardik.
Rustam Ashurmatov:
Endi bunga sabab ham bor. Bizga ko‘proq hisob muhim edi. Bizni durang ham qoniqtirgani uchun, biz buni bilgan holatda, vaziyatdan kelib chiqib o‘ynadik.
Misol uchun, biz tavakkal qilib hujumga ham o‘tishimiz mumkin edi, lekin bu baribir katta tavakkal bo‘lar edi. Chunki oldinda jahon chempionati yo‘llanmasi turibdi. Avvalo, orqadagi himoyani mustahkam qilamiz, oldinda imkoniyatimiz bo‘lsa uramiz, degan maqsadda maydonga chiqdik.
Hasan Turdialiyev:
Keyin Birlashgan Arab Amirliklari jamoasining o‘zi ham juda bir katta tavakkal qilib hujumga bordi, deb o‘ylamayman. Ular ham qarshi hujumga tayyor holatda o‘ynadi. Ular ham tavakkal qila olmasdi, sababi bitta gol o‘tkazib yuborsa bo‘ldi, ularda ham hammasi tugar edi. O‘zi o‘yindan oldingi taxminlar davomida o‘zimni fikrimni aytgandim. Raqib oldinga boradi, bizda qarshi hujum uchun imkoniyatlar bo‘ladi, bo‘sh hududlar bo‘lsa, Eldor, Abbos yoki Oston gol uradi, degan fikr o‘tgandi. BAA ham qanaqadir qo‘rqib, sal ehtiyotkorlik bilan o‘ynaganday tuyuldi. Shuning uchun rostdan ham sal qiyinroq ssenariy bilan boshlandi.
Intervyuni to‘liq shaklda “Kun.uz” Youtube kanalida tomosha qiling.
Sport
Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempioni bo‘ldi
Niderlandiyaning Amsterdam shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi musobaqadagi tarixiy medalga sazovor bo‘ldi.
Yengil vaznli sportchilar o‘rtasidagi juftlik dasturida (LM2x) Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev dueti oltin medal sohibi bo‘ldi. Bu o‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilarning kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida qo‘lga kiritgan birinchi oltin medalidir.
Musobaqada kumush medal Germaniya, bronza medali esa AQSh sportchilariga nasib etdi.
Sport
EChL 2026/2027. Umumiy guruh bosqichi taqvimi e’lon qilindi
UEFA Chempionlar ligasi 2026/2027-yilgi mavsumi umumiy bosqichi to‘liq taqvimni e’lon qildi.
Bu bosqichda har bir jamoa 8 ta o‘yin o‘tkazadi: 4 tasi o‘z maydonida, 4 tasi safarda.
Joriy mavsumdan e’tiboran bir jamoa bir raqib bilan ketma-ket uch mavsum davomida o‘z maydonida o‘ynashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Umumiy bosqichning 1-turi uch kun — seshanba, chorshanba va payshanba (8-9-10-sentyabr) kunlariga taqsimlanadi. Qolgan turlar ikki kun davomida o‘tkaziladi. So‘nggi turda esa barcha uchrashuvlar bir vaqtda boshlanadi.
1-turni Abduqodir Husanov va «Manchester Siti» safarda «Portu»ga qarshi o‘tkazadi. Boshlanishi: bizning vaqt bilan 9 sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:01 da.
Umarali Rahmonaliyev va «Sabah» esa Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi debyutida «Manchester Yunayted» maydonida sinovdan o‘tadi. Boshlanishi: bizning vaqt bilan 11-sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da.
Manba: UEFA
Sport
Rossiyalik shaxmatchilar O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Olimpiadada qatnashmaydi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Prezident kengashi rossiyalik shaxmatchilarni Butunjahon shaxmat Olimpiadasida ishtirok etishiga ruxsat bermadi. Bu haqda Rossiya shaxmat federatsiyasi ijrochi direktori Aleksandr Tkachyov TASS agentligiga ma’lum qildi.
«Jahon shaxmat Olimpiadasida terma jamoalarimiz qatnashmaydi. Kengash ushbu qarorni FIDE prezidenti vazifasini bajaruvchi janob Vishvanatan Anandning tashabbusi bilan qabul qildi», — dedi Tkachyov.
Butunjahon shaxmat Olimpiadasi 16–27 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
2025 yilning dekabrida Xalqaro shaxmat federatsiyasi Bosh assambleyasi rossiyalik sportchilarga nisbatan cheklovlarni to‘liq va qisman bekor qilish uchun ovoz bergan edi. Rossiyalik shaxmatchilarning qaytishiga 61 delegat ovoz bergan, 51 delegat qarshi chiqqan.
Biroq 2026 yil yanvarda Buyuk Britaniya, Germaniya, Norvegiya, Estoniya va Ukraina shaxmat federatsiyalari FIDEning rossiyalik shaxmatchilarga nisbatan sanksiyalarni to‘liq bekor qilish haqidagi qaroriga e’tiroz bildirish niyatida ekani xabar qilindi. Shundan so‘ng, 2026 yil iyun oyida sanksiyalar qayta joriy etildi.
Avvalroq mazkur Olimpiadani Magnus Karlsen va yana bir qator shaxmat yulduzlari ham o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgandi.
Sport
Krishtianu Ronaldu mavsum nihoyasida futbol bilan xayrlashishi mumkin
Krishtianu Ronaldu joriy mavsum nihoyasida professional futboldagi faoliyatiga yakun yasashi mumkin. Bu haqda u Vogue jurnaliga intervyusida ma’lum qildi.
«Ehtimol, bu futboldagi so‘nggi yilim bo‘lishi mumkin, o‘zimdan ulkan meros qoldirishni istayman», — dedi Ronaldu.
Besh karra «Oltin to‘p» egasi ta’kidlashicha, bo‘sh vaqtini hordiq va sayohatlarga ajratmoqchi.
Krishtianu Ronaldu professional futbolga kirib kelganiga 25 yil bo‘ldi. Birinchi katta o‘yinini 2002-yil 14-avgustda Lissabonning «Sporting» klubi safida Milanning «Inter»iga qarshi o‘tkazgan.
Sport
«Arsenal» «Manchester Siti»ni yirik hisobda yengib, Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi
Londonning «Arsenal» klubi o‘z tarixida 18-marta Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi. Jamoa Kardiffda «Manchester Siti»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
O‘yinning 23-soniyasida Rikkardo Kalafiori hisobni ochdi. One Football nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, bu 1968 yildan beri superkubok o‘yinining birinchi daqiqasida urilgan birinchi va kubok tarixidagi eng tezkor gol bo‘ldi.
London jamoasi safida yana Kay Xaverts (28) va Martin Edegor (48) gol urishdi.
O‘tgan mavsumda «Arsenal» Premer ligada g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, manchesterliklar Angliya kubogini qo‘lga kiritdi.
«Shaharliklar» safida Abduqodir Husanov to‘liq harakat qildi.
-
Iqtisodiyot4 days ago
Oziq-ovqat ishlab chiqarishda qaysi hududlar yetakchi?
-
Iqtisodiyot5 days agoPrezident ishtirokida umumiy qiymati 50 trln so‘mlik loyihalar ishga tushirildi
-
Siyosat1 day ago
Prezidentning Mustaqillik bayrami tabrigidan o‘rin olgan asosiy fikrlari
-
Sport16 hours ago
EChL 2026/2027. Umumiy guruh bosqichi taqvimi e’lon qilindi
-
Jamiyat5 hours ago
Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Hindiston yetakchilariningg tarixiy muzokaralari bo‘lib o‘tdi
-
Sport6 hours ago
Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempioni bo‘ldi
