Iqtisodiyot
Dollar, yevro va rubl qiymatlari oshdi
Markaziy bank 2025-yil 6-fevraldan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 13,71 so‘mga oshib, 12 279,48 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 16,20 so‘mga oshdi va 14 508,21 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 833,94 so‘m (+18,80).
Rossiya rubli 159,25 so‘m etib belgilandi (+0,18).
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda kafe va restoranlar daromadi keskin oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-mart holatiga O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida 27 243 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda.
2026-yilning yanvar-fevral oylarida ushbu korxonalarning savdo aylanmasi 33,7 trln so‘mga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 14,6 foizga oshganini ko‘rsatadi.
Ma’lumot uchun, faqat yanvar oyining o‘zida korxonalarning savdo aylanmasi 15,2 trln so‘mni tashkil etgan. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18,9 foizga yuqori.
Iqtisodiyot
O‘zMIJ IPO‘si boshlandi: aksiyalar ikkita bozorda sotiladi
O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi o‘z aksiyalarining birlamchi ommaviy joylashtirilishini boshladi. IPO 29-apreldan start oldi va 12-maygacha davom etadi. Taklif doirasida aksiyalar mahalliy va xalqaro bozorlarda sotuvga chiqarilmoqda.
Jamg‘arma ma’lumotiga ko‘ra, bir dona oddiy aksiya narxi 4,65 so‘m etib belgilangan. Shu bilan birga, global depozitar tilxatlar 25 AQSh dollaridan taklif qilinmoqda. Bitta GDR 64 700 ta aksiyaga teng hisoblanadi.
Muomalaga chiqarilgan aksiyalar hajmidan kelib chiqib, kompaniyaning bozor kapitallashuvi taxminan 1,95 milliard dollarga baholanmoqda. Yagona sotuvchi sifatida Iqtisodiyot va moliya vazirligi ishtirok etib, investorlarga aksiyadorlik kapitalining qariyb 30 foizini taklif qilmoqda.
IPO ikki transhda amalga oshiriladi. Birinchi qismi Toshkentdagi institutsional va chakana investorlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, savdolar «Toshkent» respublika fond birjasida tashkil etiladi.
Xalqaro transh doirasida esa global depozitar tilxatlar xorijiy investorlarga taklif qilinadi. Jamg‘arma ularni London fond birjasining asosiy bozorida joylashtirish uchun ariza topshirgan.
Yakor investorlar sifatida «BlackRock», «Franklin Resources», «Redwheel» hamda «Allan & Gill Gray Foundation» ishtirok etmoqda. Ular jami 300 million dollarlik aktivlarni sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun alohida imtiyozlar joriy etilgan. Ular 12 milliard so‘mgacha bo‘lgan arizalarda 5 foiz chegirma bilan aksiya sotib olishi mumkin.
Obuna 12-may kuni yakunlanadi. 13-mayda joylashtirish natijalari e’lon qilinishi va Londonda shartli savdolar boshlanishi kutilmoqda. 18 maydan esa asosiy savdolar start oladi. IPO yakunlanganidan so‘ng, aksiyalarni 180 kun davomida sotmaslik majburiyati ham belgilangan.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda qaysi sohalarda yuqori haq to‘lanadi?
Avvalroq O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar-mart oylarida o‘rtacha oylik nominal ish haqi 6 mln 825,9 ming so‘mni tashkil etgani haqida xabar berilgandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, iqtisodiy faoliyat turlari kesimida eng yuqori maosh moliya sektorida qayd etilgan. Bank, sug‘urta, lizing va kredit faoliyatida o‘rtacha ish haqi 18 mln 595,8 ming so‘mga yetgan.
Shuningdek, axborot va aloqa sohasi ham yuqori daromadli yo‘nalishlardan biri bo‘lib, bu yerda o‘rtacha maosh 16 mln 525,4 ming so‘mni tashkil etgan.
Keyingi o‘rinlarda tashish va saqlash hamda sanoat sohalari qayd etilgan. Jumladan, tashish va saqlash sohasida o‘rtacha ish haqi 10 mln 709,3 ming so‘mni tashkil etgan. Sanoat sohasida bu ko‘rsatkich 8 mln 25,6 ming so‘mga teng.
Savdo sohasida ish haqi 7 mln 213,4 ming so‘mni, qurilishda esa 6 mln 496,1 ming so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkichlar respublika bo‘yicha o‘rtacha maoshga yaqin hisoblanadi.
Xizmat ko‘rsatishga oid ayrim sohalarda esa maosh nisbatan pastroq. Jumladan, san’at, ko‘ngil ochish va dam olish sohasida 5 mln 357,7 ming so‘m, yashash va ovqatlanish xizmatlarida 5 mln 331,9 ming so‘m atrofida bo‘lgan.
Eng past o‘rtacha ish haqi ta’lim hamda sog‘liqni saqlash sohalarida qayd etilgan. Ta’lim tizimida o‘rtacha maosh 4 mln 615,9 ming so‘mni tashkil etgan.
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida esa bu ko‘rsatkich 4 mln 111,6 ming so‘mga teng bo‘lgan.
Iqtisodiyot
Dollar kursi 12 ming so‘mdan pasayib ketdi
Markaziy bank 2026-yil 30-apreldan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 54,41 so‘mga tushib, 11 974,79 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 57,63 so‘mga oshdi va 14 008,11 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 170,76 so‘m bo‘ldi (-57,83).
Rossiya rubli 159,64 so‘m etib belgilandi (-0,62).
Iqtisodiyot
Suvni tejaydigan texnologiyalar uchun subsidiya beriladi
Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etganlik uchun subsidiya beriladi.
Hukumat qarori (206-son, 28.04.2026-y.) bilan «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, subsidiya Davlat budjetidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va texnologiya turidan qat’i nazar, har bir konturga joriy qilingan texnologiya uchun faqat 1 marotaba ajratiladi.
Talabgor subsidiyani olish uchun o‘ziga tegishli ekin yer maydonlarini konturlar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlari kesimida belgilangan tartibda Agroportalga kiritgan bo‘lishi lozim.
Talabgor subsidiya ajratilishi uchun Agroportal orqali elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
Arizaga quyidagilar ilova qiladi:
– suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasini qurish bo‘yicha «Tomchi-reestr»ga kiritilgan quruvchi-pudrat tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
– loyiha hujjati va qurilish ishlari yakunlangani to‘g‘risidagi dalolatnoma nusxasi;
– ish bajarilgan konturlarning ma’lumotlari (hududi va lokatsiyasi aniq ko‘rsatiladi).
Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini o‘z mablag‘i hisobidan joriy qilgan talabgorga belgilangan hisob-kitoblarga asosan subsidiyaning 50 foizi oldindan to‘lab beriladi.
-
Jamiyat4 days agoJomboyda mast haydovchi YTH sodir etdi
-
Dunyodan5 days ago
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 20-raundini maʼqulladi (batafsil maʼlumot)
-
Dunyodan5 days ago
Livan-Isroil o’t ochishni to’xtatish muddati uch haftaga uzaytirildi
-
Dunyodan4 days ago
AQSh Eronga qarshi urush uchun har soniyada 11,5 ming dollar sarflamoqda
-
Iqtisodiyot5 days agoBiznes-ombudsman Toshkentning dizayn-kodi masalasida e’tiroz bildirdi
-
Siyosat2 days agoFransiya va Oʻzbekiston taʼlim va madaniyat yoʻli bilan aloqalarni chuqurlashtirmoqda – Elchi Valid Xouk
-
Jamiyat4 days ago
Toshkentda uy-joy ijarasi narxlari qariyb 11 foizga qimmatlagan
-
Sport5 days agoSuperliga. «Paxtakor» va «Neftchi» ta’qibchilardan ilgariladi
