Connect with us

Jamiyat

Davolanish xarajati davlat hisobidan bo‘ladigan kasalliklar ro‘yxati ko‘paytiriladi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-noyabr kuni orfan kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordamni yaxshilash, farmatsevtika sohasidagi islohotlarning ijrosi hamda yangi loyihalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Mamlakatimizda irsiy va tug‘ma kasalliklar bilan tug‘ilishning oldini olish, kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga chalingan bolalarga o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va davolashga qaratilgan tibbiy hamda ijtimoiy yordam tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Bugungi kunda 5 turdagi orfan va irsiy-genetik kasalliklarga chalingan jami 2174 nafar bola davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bepul diagnostika, dori vositalari va maxsus shifobaxsh oziq-ovqat bilan ta’minlanib kelinmoqda.

Shu bilan birga, ushbu turdagi kasalliklarning diagnostika qilish sifatining yaxshilanishi natijasida orfan kasalliklarining yangi turlari aniqlanmoqda va davolanishga muhtoj bolalarning soni ortib bormoqda.

Taqdimotda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida axborot berildi.

Unga ko‘ra, endilikda davolanishi davlat hisobidan qamrab olinadigan kasalliklarning soni 5 tadan 10 taga kengaytiriladi,

yosh chegarasi 18 dan 21 ga uzaytiriladi.

Dasturni amalga oshirish uchun 2026-2030 yillarda jami 961 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Davlatimiz rahbari tegishli qarorni imzolab, dasturni tasdiqladi.

Shuningdek, Prezidentimizga farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteri sanoat hududida amalga oshirilayotgan loyihalar, sifat va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimot qilindi.

Tarmoq korxonalari tomonidan qiymati 5 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi, 172 million dollarlik mahsulotlar eksport qilindi hamda 286 million dollar investitsiya, shundan 257 million dollar xorijiy sarmoyalar o‘zlashtirildi.

35 ta mahalliy korxona tomonidan 205 turdagi dori vositalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, ular eksport qilinayotgan davlatlarning soni esa 55 taga yetdi. Shu yilning o‘zida qiymati 29 million dollarlik 16 ta loyiha ishga tushirildi hamda 830 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Sifat va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida dori vositalarini ishlab chiqaruvchi 61 ta korxonada GMP, 486 ta distribyutorlar omborida GDP hamda 9450 ta dorixonada GPP standarti joriy qilindi.

referent mamlakatlarning narx reyestrida mavjud emas.

Taklif etilayotgan chora-tadbirlarga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan 2,6 ming turdagi retseptli dorilarning narxi o‘rtacha 40-50 foizga tushishi kutilmoqda.

Taqdimot davomida farmatsevtika mahsulotlarining davlat xaridlarini amalga oshirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari haqida ham axborot berildi.

Shifoxonalarda sifatsiz mahsulotlar xaridi va korrupsion omillarni bartaraf qilish maqsadida barcha endilikda davlat xaridlari “farma.xarid.uz” maxsus elektron tizim orqali amalga oshiriladi.

Mazkur elektron tizim ishga tushirilganidan so‘ng davlat xaridlarida faqat ishlab chiqarish, yetkazib berish va mahsulot xavfsizligi bo‘yicha barcha zarur sertifikatlarga (GMP, ISO:13485 GDP) ega ishtirokchilar qatnasha oladi.

Davlat xaridlari jarayonida mahsulotlarning narxi belgilangan referent narxlaridan yuqori bo‘lmasligini ushbu tizimda avtomatik tarzda tekshiriladi.

Davlatimiz rahbari 2026 yil 1 yanvarga qadar ushbu tizim doirasida davlat tibbiyot muassasalarida dori vositalari va tibbiy jihozlar ehtiyojlarini shakllantirish hamda qoldiqlarni samarali boshqarish bo‘yicha maxsus platformani ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Prezidentimizga, shuningdek, aholini sifatli, xavfsiz va samarador dori vositalari bilan ta’minlash maqsadida dori vositalari va tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning yangi tartibi taqdimot qilindi.

Unga ko‘ra, dori vositalarini texnologiyalar transferi orqali ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Xorijiy farmatsevtika kompaniyalari tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilarning quvvatlaridan foydalangan holda ishlab chiqarish va tezlashtirilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish imkoni yaratiladi.

Yangi turdagi, biotibbiy hujayra mahsulotlar qatoriga kirgan, shikastlangan to‘qimalarni davolash, a’zolarning qismlarini o‘stirish, organizmning funksional imkoniyatlarini tiklash uchun qo‘llaniladigan dori vositalarini tibbiyot amaliyotiga tatbiq qilish imkoniyati yaratiladi.

“Djenerik” dori vositalarining klinik sinovlarini o‘tkazish va natijalarini baholash xalqaro standartlarga muvofiq amalga oshiriladi hamda ularni ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlari qisqartiriladi.

Endilikda xavfsizlik klassifikatsiyasi bo‘yicha 1-sinfga mansub tibbiy jihozlar laboratoriya sinovlaridan (steril, o‘lchov vositali va invaziv tibbiy jihozlar bundan mustasno) va klinik tadqiqotlardan o‘tkazilmaydi.

Prezidentimiz bildirilgan takliflarni ma’qullab, 2025 yil yakuni bo‘yicha 166 million dollarlik 32 ta investitsiya loyihasini to‘liq ishga tushirib, 1500 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmini yanada oshirish, retseptli dorilarning narxlarini tushirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Toshkentda havoni ifloslantirayotgan korxona rahbariga chora ko‘rildi

Published

on


O‘rganish davomida ushbu sanoat korxonasida chang-gaz tozalash uskunasi mavjudligi, biroq belgilangan me’yorlardan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan «TEXNOPARK» MChJ ga tegishli cho‘yan quyish sexining atmosfera havosiga zararli ta’siri ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida ushbu sanoat korxonasida chang-gaz tozalash uskunasi mavjudligi, biroq belgilangan me’yorlardan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarayotganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, bu borada hech qanday ekologik ekspertiza xulosasi berilmaganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan korxona rahbariga belgilangan tartibda chora ko‘rilib, atmosfera havosini ifloslantirayotganligi sababli qo‘shimcha to‘lovlar hisoblandi.

Bundan tashqari, sanoat korxonasiga atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarning oldini olish, avtomatik stansiyalar o‘rnatish va ekologik ekspertiza xulosasi olinishi yuzasidan majburiy ko‘rsatmalar berildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda narkokuryyerlik bilan shug‘ullanib kelgan ikki talaba ozodlikdan mahrum etildi

Published

on


Ma’lum bo‘lishicha, ular sintetik giyohvandlik moddalarini tanishi tashlab bergan geolokatsiyalardan olib, universitet yotoqxonasida dozalarga qadoqlab, aytilgan lokatsiyalarga yuborishgan.

Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ikki nafar talaba xolislar ishtirokida tekshirilganda,yonidan 120 gr Alfa PVP sintetik giyohvandlik moddalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, 2007 yilda tug‘ilgan talabaning vaqtincha yashab kelayotgan universitet yotoqxonasidagi xonasi ko‘zdan kechirilganda 400 gr Alfa PVP sintetik giyohvandlik moddalari borligi aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, bu talabalar ushbu sintetik giyohvandlik moddalarini tanishi tashlab bergan geolokatsiyalardan olib, universitet yotoqxonasida dozalarga qadoqlab, aytilgan lokatsiyalarga yuborishgan.

Tezkor tadbirlar natijasida bir marotabalik 2600 ta dozaga teng bo‘lgan jami 520 gr sintetik giyohvandlik moddalarining noqonuniy muomalasi oldi olindi.

Mazkur holat yuzasidan talabalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismiga ko‘ra 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasi qo‘llanilgan.

Shuningdek, sintetik giyohvandlik vositalarining manbaini hamda qolgan jinoiy sheriklarini aniqlash maqsadida tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Hokimlik Nurafshonda prokuratura uchun 4,5 mlrd so‘mga avtoturargoh qurilayotgani haqidagi xabarlar bo‘yicha izoh berdi

Published

on


Toshkent viloyati hokimining qaroriga muvofiq, Nurafshonda viloyat prokuraturasiga qarashli salkam 1 gektar maydonda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha kompleks loyiha moliyalashtirilmoqda.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahrida Toshkent viloyati prokuraturasi uchun avtoturargoh qurilishi yuzasidan tarqalgan muhokamalar bo‘yicha munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, shaharda viloyat prokuraturasiga qarashli salkam 1 gektar maydonda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha kompleks loyiha moliyalashtirilyapti. Bu bo‘yicha viloyat hokimining qarori qabul qilingan.

Qarorda hududda avtoturargoh, xizmat ko‘rsatish, elektromobillarni zaryadlash nuqtalari, yashil maydonlar, piyodalar yo‘laklari, drenaj va irrigatsiya tizimlari qurilishi, quyosh panellarini o‘rnatish nazarda tutilgan.

“Ajratilayotgan 4,5 milliard so‘mni faqatgina avtoturargoh uchun deb talqin etmaslik to‘g‘ri bo‘lardi. Qaror matnida muayyan sabablarga ko‘ra, mablag‘ ajratish maqsadi “avtoturargoh majmuasi qurish uchun” deb emas, “avtoturargoh qurish uchun” deb izohlangani shunday bahsli muhokamalarga sabab bo‘lganini tushungan holda qo‘shimcha izoh berishni lozim topdik”, deyiladi hokimlik munosabatida.

Ta’kidlanishicha, loyiha qiymati 5,9 mlrd so‘mga baholangan. Viloyat hokimligi va buyurtmachi xizmati mutahassislari tarafidan obektning kurilish-montaj ishlari qiymati qayta ko‘rib chiqilib, ayrim ish turlari muvofiqlashtirilishi natijasida umumiy xarajat miqdori 4,5 mlrd so‘mga maqbullashtirilgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

20:47 O‘zbekistonliklar Yaponiyadagi qurilishlarga ishga yuboriladi

Published

on



20:47

O‘zbekistonliklar Yaponiyadagi qurilishlarga ishga yuboriladi



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya kuni munosabati bilan 615 kishini afv etdi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan davlatimiz tomonidan olib borilayotgan insonparvarlik siyosatining amaliy tasdig‘i sifatida «Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 615 nafar shaxs afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 220 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 123 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 97 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 175 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 9 nafarini chet el fuqarolari, 29 nafarini ayol, 23 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 264 nafarini yoshlar (shulardan, 2 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 9 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.