Jamiyat

Davlat xizmatlari yagona reyestri bo‘yicha tartib belgilandi

Published

on


Davlat xizmatlari yagona reyestrini yuritish tartibi belgilandi. 

Adliya vazirligi tomonidan “Davlat xizmatlari yagona reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3707, 21.11.2025 y.).

Mazkur Nizomda Davlat xizmatlari yagona reyestrini yuritish tartibi belgilandi.  Davlat xizmatlari yagona reyestri Adliya vazirligi tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.

Davlat xizmatlari yagona reyestri “Davlat xizmatlari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimida yuritiladi. Reyestrda har bir davlat xizmatining pasporti yuritiladi.

Davlat xizmatini Davlat xizmatlari yagona reyestriga kiritish va undan chiqarish, davlat xizmati ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish davlat xizmati ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

Reyestrdagi ma’lumotlar jismoniy va yuridik shaxslar uchun ochiq hisoblanadi.

 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version