Jamiyat
davlat xizmatlari kompleks tarzda taqdim etiladi
2026 yil 1 yanvardan tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili joriy etilib, bir qator xizmatlar bir vaqtning o‘zida – kompozit tarzda ko‘rsatiladi.
Qonunchilikka ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonida quyidagi xizmatlar bir vaqtning o‘zida taqdim etiladi:
elektron raqamli imzo (ERI) kalitini berish;
bank hisobvaraqlarini ochishga ariza topshirish va ularni faollashtirish;
ayrim faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya/ruxsatnoma olishga ariza yoki xabarnoma yuborish;
ko‘chmas mulk ijara shartnomasini rasmiylashtirish;
QQS to‘lovchisi guvohnomasini olish;
onlayn nazorat-kassa mashinalarini onlayn xarid qilish va ularni soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish;
yuridik shaxs rahbarini tayinlash va uni “Yagona milliy mehnat tizimi” IDAKda hisobga qo‘yish.
Hujjatda, shuningdek, tadbirkor har bir xizmatdan o‘z tanloviga ko‘ra ixtiyoriy foydalanishi, tanlangan xizmatlar uchun esa yagona QR-kod orqali to‘lov qilish imkoniyati yaratilishi belgilangan.