Iqtisodiyot
Cobalt sotuvi 30 foizga pasaydi, elektromobillarga talab oshgan. O‘zbekiston avtomobil bozori sharhi
Avtomobil modellari qatori yetakchisi – Chevrolet Cobalt sotuvi joriy yilning 4 oyida 30 mingtaga yetmagan, bu qariyb 30 foizlik pasayishni ko‘rsatadi. Damas, Tracker va Onixʼga talab esa sezilarli oshgan. BYD Uzbekistan o‘tgan yili shu davrda 843 ta Yuan Up sotgan edi, joriy yilda esa bu ko‘rsatkich 2752 mingtaga yetdi.
O‘zbekiston avtomobil sanoati korxonalari 2026 yilning dastlabki 4 oyida 121 601 ta avtomobil sotdi, deya xabar berdi “O‘zavtosanoat” AJ. Bu ko‘rsatkich – o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14 760 taga yoki 13,8 foizga ko‘p.
Bir yillik dinamikaga qaralsa, BYD Uzbekistan sotuvlarini keskin oshirgani e’tiborli. Kompaniya o‘tgan yili yanvar-aprel oylarida 5953 ta avtomobil sotgan bo‘lsa, joriy yilning shu davrida sotuvlari 83,5 foizga oshgan va 10 927 taga yetgan.
Shuningdek, hisobot davrida Khorezm Auto sotuvlari 30 foizga (28 789 tadan 37 559 taga) ADM Jizzakh sotuvlari 19 foizga (12 120 tadan 14 460 taga) oshgan.
Bozor yetakchisi UzAuto Motors’da esa 2 foizlik pasayish kuzatilgan: yanvar-aprel oylarida sotilgan avtomobillar soni 59 427 tadan 58 168 taga qisqargan.
Avtomobil brendlari kesimidagi raqamlarga kelsak, Chevrolet brendining bozordagi ulushi 80 foizdan pasayganini ko‘rish mumkin: o‘tgan yil 4 oylikda bu brendga mansub avtomobillar bozorning 82,5 foizini tashkil etgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 78,7 foizgacha tushgan.
Eng ommabop Chevrolet modellari sotuvining o‘zgarishi
Eng ommabop Chevrolet modellarini ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari
Umuman olganda, Chevrolet sotuvlari 8,5 foizga oshganini ham qayd etish lozim. Lekin boshqa brendlar, aniqrog‘i BYD (+83%) va Kia (+15%) sotuvlari bozor yetakchisiga qaraganda tezroq o‘sgani natijasida o‘tgan bir yil davomida Chevrolet’ning bozordagi dominant ulushi 3,8 foiz punktga qisqargan.
Avtomobil modellari qatori yetakchisi – Chevrolet Cobalt sotuvi joriy yilning 4 oyida 30 mingtaga yetmagan, bu – 29 foizlik pasayishni ko‘rsatadi.
Damas, Tracker va Onix’ga talab esa sezilarli oshgan: Damas sotuvi 34 foizga (25,6 mingta sotilgan), Tracker xaridorlari 35 foizga (14 mingta), Onix sotuvlari esa 2,4 barobarga (13,8 mingta) ko‘paygan.
Chevrolet brendidan tashqarida eng ko‘p sotilayotgan model hamon Kia Sonet bo‘lib qolmoqda: bu avtomobil joriy yil 4 oylikda 7189 ta sotildi, bu – bir yil oldingiga qaraganda 37 foizga ko‘p.
Keyingi o‘rindagi BYD Song Plus Champion DMI sotuvlari 2 barobarga oshgan (3,8 mingta sotilgan, +93%), lekin o‘sish sur’ati bo‘yicha yetakchi u emas.
BYD Uzbekistan o‘tgan yili shu davrda qariyb 843 ta Yuan Up sotgan edi, joriy yilda esa bu ko‘rsatkich 2752 mingtaga yetdi. Ya’ni bu modelga talab o‘tgan bir yil davomida 3,2 barobarga oshgan.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Wabtec» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan birga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Tog‘-kon korxonalari karer texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.
«Wabtec» lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.
Iqtisodiyot
Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.
«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.
Iqtisodiyot
Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti
Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).
Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).
Iqtisodiyot
Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi
Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).
Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).
Iqtisodiyot
O‘zbekiston shokolad importining qariyb 70 foizi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 46 davlatdan qariyb 28,5 ming tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan.
Import qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati 123,7 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming tonnaga yoki 6 foizga ko‘p.
Import hajmi bo‘yicha Rossiya keskin ustunlik qilgan. Yilning dastlabki yetti oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 19,5 ming tonna shokolad mahsulotlari yetkazib berilgan.
Rossiyadan kelgan shokolad mahsulotlari umumiy importning qariyb 70 foizini tashkil etgan. Keyingi o‘rinda Ukraina bo‘lib, undan 2,2 ming tonna mahsulot import qilingan.
Qozog‘istondan 914 tonna, Belarusdan 805,2 tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan. Litvadan import 746,2 tonnani tashkil etgan.
Turkmaniston 715,2 tonna, Turkiya esa 569,5 tonna ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarda qayd etilgan. Qolgan davlatlar hisobiga 3 ming tonna mahsulot to‘g‘ri kelgan.
-
Iqtisodiyot4 days ago
Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi
-
Jamiyat3 days ago
Toshkentda xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi
-
Iqtisodiyot18 hours ago
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
-
Jamiyat14 hours ago
Tadbirkorlar jarimaning 50 foizini to‘lab, qolgan qismidan ozod etilishi mumkin
-
Jamiyat13 hours ago
O‘zbekiston do‘konlarida 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi
