Jamiyat
Chimyon tog‘ida yo‘ldan adashib qolgan 7 kishi qutqarildi
FVV qutqaruvchilari Chimyon tog‘ida 7 kishiga yordam berdi. Ular sayr qilish uchun borib, yo‘ldan adashib qolgan.
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Kuni kecha Toshkent viloyati FVBga Bo‘stonliq tumani «Chimyon» MFY hududidagi Chimyon tog‘iga 7 nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borib, yo‘ldan adashib qolishi natijasida tog‘dan tusholmay qolgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadidan bir guruh qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, fuqarolar tog‘dan xavfsiz hududga olib tushilgan.
Tan jarohati olganlar yo‘q.