Iqtisodiyot
chegirma — xuddi 100% to‘lovdagidek!
O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. NRG kompaniyasi va Asakabank hamkorligida mamlakatimizda ilk bor joriy etilgan «Siz uchun» ipoteka mahsuloti taqdim etildi.
Endilikda xonadon xaridorlari ipoteka orqali xarid qilgan taqdirda ham, xuddi to‘liq to‘lov qilgandek chegirmaga ega bo‘lishlari mumkin. Bu — yangi imkoniyat, shaffoflik va haqiqiy foyda standarti.
«Siz uchun» — nima va nima uchun muhim?
«Siz uchun» — bu oddiy ipoteka dasturi emas, balki xaridor manfaatini markazga qo‘ygan yangi falsafa.
Dastur zamonaviy uy-joyga ortiqcha to‘lovlarsiz ega bo‘lishni va o‘z uyi haqidagi orzuni kechiktirmasdan ro‘yobga chiqarishni istaganlar uchun ishlab chiqilgan.
Shu paytgacha bozorda yagona tamoyil amal qilgan: chegirmalar faqat 100% to‘lov amalga oshirilganda taqdim etilar edi.
Endi esa vaziyat o‘zgardi. Yurtimizning eng ishonchli banklaridan biri bilan hamkorlik tufayli, NRG endi qisman to‘lov asosida ham ayni darajadagi qulayliklarni taklif etmoqda.
«Siz uchun» dasturi shartlari:
• Boshlang‘ich to‘lov — 15% dan boshlab
• Ipoteka foiz stavkasi — yillik 18% dan boshlab
• Kredit muddati — 20 yilgacha
• Kredit miqdori — 2 milliard so‘mgacha
• Eng muhimi: to‘liq to‘lovdagidek chegirma!
Ushbu taklifning o‘ziga xosligi nimada?
Bunday tajriba O‘zbekistonda hali qo‘llanilmagan.
Avvallari ipoteka — bu chegirma yo‘qligi va uy-joyning yuqori yakuniy narxi degani edi.
Endi esa NRG va Asakabank eski qarashlarni o‘zgartirib, ipoteka haqiqatan ham foydali bo‘lishi mumkinligini isbotlamoqda.
«Biz bu model ustida uzoq vaqt mehnat qildik. Maqsadimiz — ko‘chmas mulk bozorini yanada shaffof, adolatli va moslashuvchan qilishdir.
«Siz uchun» — xaridorlarning haqiqiy ehtiyojlarini inobatga oladigan mahsulot», — deb ta’kidlaydi NRG rahbariyati.
Dastur qayerda amal qiladi?
«Siz uchun» dasturi NRG’ning barcha turar-joy majmualarida amal qiladi.
Ipotekani qayerda rasmiylashtirish mumkin?
• NRG savdo ofisida
• Asakabankning barcha filiallarida
Maslahat olish uchun qisqa raqamga qo‘ng‘iroq qiling: 1060 va 1152
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha qaysi hudud yetakchi?
2026-yil yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan jami 4,1 trln so‘mlik kiyim-kechak ishlab chiqarildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Andijon viloyatiga to‘g‘ri keldi. Ushbu hududda 1,8 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, respublikada mutlaq yetakchiga aylandi.
Shuningdek, Toshkent viloyatida 524,6 mlrd so‘m, Namangan viloyatida 438,6 mlrd so‘mlik kiyim ishlab chiqarilgan. Bu hududlar ham yuqori ko‘rsatkichlar bilan ajralib turibdi.
Farg‘ona viloyatida 371,4 mlrd so‘mlik, Toshkent shahrida esa 310,3 mlrd so‘mlik kiyim ishlab chiqarilgan.
So‘nggi o‘rinlarda esa Surxondaryo viloyati 10,4 mlrd so‘m va Jizzax viloyati 19,3 mlrd so‘mlik ko‘rsatkich bilan qayd etilgan.
Boshqa hududlar orasida Samarqand viloyati 158 mlrd so‘m, Buxoro viloyati 117,4 mlrd so‘m, Qashqadaryo viloyati 89 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan.
Iqtisodiyot
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
“Soliq va tadbirkorlik sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, mazkur sohada muhim o‘zgartishlar amalga oshirildi.
Xususan, Jinoyat kodeksining 179-moddasiga o‘zgartirish kiritilib, soxta tadbirkorlik uchun jarima, muayyan huquqlardan mahrum qilish va ozodlikdan mahrum qilish kabi sanksiyalar nazarda tutilmoqda.
Endilikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadini ko‘zlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni) soliqlardan ozod qilish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat ko‘rish maqsadida tadbirkorlik sub’yektini tashkil etish BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilanmoqda.
Shuningdek, 184-modda (soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) – jinoyat tarkibi aniqlashtirilib, jarima, majburiy to‘lovlarni undirish va ozodlikdan mahrum qilish choralari qayta belgilandi, ilk huquqbuzarlikda zarar to‘liq qoplansa, javobgarlikdan ozod etish tartibi saqlab qolindi, jinoyat ishlarida jamoat himoyachisi ishtiroki ta’minlandi.
Qonun rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston aholisining katta qismi qaysi sohalarda ishlaydi?
O‘zbekiston aholisining katta qismi qaysi sohalarda ishlaydi?
Source link
Iqtisodiyot
O‘zbekiston importida qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?
2026-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida import hajmi 8,1 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 29,8 foizga o‘sgan. Ushbu davrda mamlakat 135 dan ortiq davlatdan tovar va xizmatlar import qilgan.
Import tarkibida eng katta ulushni Xitoy egalladi. Ushbu davlatdan 2,8 milliard dollarlik mahsulot olib kirilgan.
Rossiya ikkinchi o‘rinda bo‘lib, import hajmi 1,4 milliard dollarni tashkil etgan. Qozog‘iston esa 677 million dollarlik ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rindan joy olgan.
Koreya Respublikasi 306,1 million dollar, Turkiya 259,8 million dollar, Germaniya 182,6 million dollarlik import bilan keyingi o‘rinlarni egallagan.
Shuningdek, Hindistondan 179,3 million dollarlik, Belarusdan 144,3 million dollarlik tovarlar import qilingan.
Turkmaniston 121,5 million dollar, AQSh esa 98,6 million dollarlik ko‘rsatkich bilan kuchli o‘nlikka kirgan.
Iqtisodiyot
Biznes-ombudsman Toshkentning dizayn-kodi masalasida e’tiroz bildirdi
Qonunga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir qiladigan hujjatlar loyihasi Biznes-ombudsman bilan majburiy tartibda kelishilishi kerak, lekin poytaxt kengashi shahar dizayn-kodini tasdiqlash haqidagi qarorini kelishmasdan qabul qilgan. Qolaversa, ranglarni bir xillashtirish talabi tadbirkorlarning intellektual mulk huquqiga zid.
Toshkent dizayn-kodidan render-parcha / Foto: Toshkent shahar hokimligi
Toshkent shahar kengashi shahar dizayn-kodini joriy etish bo‘yicha 2026 yil 17 fevral kuni qabul qilgan qaror qayta ko‘rib chiqilishi kerak. Biznes-ombudsman qarorni o‘rganib chiqib, shunday xulosaga keldi.
Prezidentning tadbirkorlar huquqlari bo‘yicha vakili bayonotiga ko‘ra, qarorning ayrim bandlari amaldagi qonunchilikka zid.
Xususan, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonun talablariga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etuvchi loyihalar Biznes-ombudsman bilan majburiy tartibda kelishilishi lozim. Biroq ushbu qaror Vakil bilan kelishilmasdan qabul qilingan.
Qarorda reklama vositalari uchun belgilangan “past to‘yingan” yoki “neytral” rang kabi tushunchalarning huquqiy mezoni ochib berilmagan. Bundan tashqari, ranglarni bir xillashtirish talabi tadbirkorlarning intellektual mulk (ro‘yxatdan o‘tgan brend) huquqlariga zarar yetkazishi mumkin. Bir necha obektlarga ega bo‘lgan tarmoq tashkil etgan brendlarning manfaatlari inobatga olinmagan.
Yangi talablarga moslashish uchun belgilangan 3 oylik muddat yetarli emas. Jarayonni tadbirkorlarga ortiqcha yuklama tug‘dirmagan holda, bosqichma-bosqich amalga oshirish tartibi nazarda tutilmagan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Biznes-ombudsman xalq deputatlari Toshkent shahri kengashiga mazkur qarorning tadbirkorlik faoliyatiga daxldor qismlarini qayta ko‘rib chiqish, normalarga o‘zgartirish kiritish va kuchga kirish muddatini uzaytirish yuzasidan rasmiy xulosa kiritdi.
Biznes-ombudsman qayta ko‘rib chiqishda o‘z xodimlari ishtirok etishini so‘ramoqda.
-
Siyosat5 days agoPrezident Shavkat Mirziyoyev JSST bosh direktorini qabul qildi
-
Siyosat4 days agoPrezident Mirziyoyev mintaqaviy sammitda yashil savdo yoʻlaklari va yagona iqlim investitsiya strategiyasini taklif qildi
-
Jamiyat4 days ago
Giyohvand moddalar aylanmasini nazorat qilishning milliy tizimi takomillashtiriladi
-
Jamiyat4 days agoShavkat Mirziyoyev Ostonaga yetib bordi
-
Iqtisodiyot3 days ago
Markaziy bank: 24-aprelda dollar pasayadi
-
Iqtisodiyot3 days agoQirg‘iziston ilk marta Yevropa Ittifoqining sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi kurashish mexanizmiga tushdi
-
Dunyodan3 days ago
Buyuk Britaniyada “chekmaydigan avlod” dunyoga keldi
-
Jamiyat5 days ago
Toshkent viloyatida 11 mansabdor ishdan olindi, yana 8 nafari jazolandi
