Connect with us

Jamiyat

Buxoroda neft va gaz bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazilmoqda

Published

on


Bugun qadimiy va doimo navqiron Buxoro shahrida neft va gaz sohasi mutaxassislarining bilim va mahorat sinovi boshlandi. Bu – «Bir makon – bir yo‘l» doirasida kasbiy mahorat bo‘yicha SNPS xalqaro musobaqasi 2025 bo‘lib, u ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilayapti.

Musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Niger, Myanma va Benin davlatlaridan jami 9 jamoa ishtirok etmoqda. Ular orasida qit’alarni bog‘lovchi yetakchi energetika kompaniyalari bor: «Asia Gas Pipeline», «CNPCI Turkmenistan», «Bieneu -Shymkent Gas Pipeline», «West African Gas Pipeline Company», «Kazakhstan–China Pipeline & MunaiTas – KazTransOil», «South-East Asia Pipeline», «China Petroleum Engineering & Construction Corporation», «O‘ztransgaz» va albatta «Asia Trans Gas» MChJ — O‘zbekiston va Xitoy hamkorligidagi qo‘shma korxona.

«Buxoro doimo mahorat, ilm va mehnat ramzi bo‘lib kelgan. Shuning uchun ham bu shaharda xalqaro musobaqa o‘tkazilishi biz uchun iftixor va katta mas’uliyat. Bu nafaqat raqobat, balki tajriba almashish va do‘stlik maydonidir,» — dedi Otabek Komilov, «Asia Trans Gas» MChJ QK sining Buxoro Magistral Gaz Quvurlarini Boshqarish Bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari.

Tanlov dasturi oltita yo‘nalishni bo‘yicha bo‘lib o‘tadi, bular:

-Yuk ko‘tarish ishlari musobaqasi

-Elektrotexnika bo‘yicha musobaqa

-Quvurlarni o‘rnatish musobaqasi

-Payvandlash musobaqasi

-Avtomatlashtirish va o‘lchov asboblari bo‘yicha musobaqa

-Katod himoyasi mutaxassislari mahorat musobaqasi.

Kurash asosiy 36 ta medal uchun olib boriladi. Ulardan 8 ta oltin, 12 ta kumush va 16 ta bronza. Shuningdek, «Eng yaxshi tashkilotchi bo‘lim» va «Ilg‘or mehnat fidoyisi» nominatsiyalari bo‘yicha alohida mukofotlar ham beriladi.

«CNPC «Belt and Road» xalqaro musobaqasi mahorat, aniqlik va jamoaviy ruh bayramidir. Haqiqiy professionallik nafaqat bilim, balki tajriba almashishga tayyorlik bilan ham namoyon bo‘ladi. Shuning uchun, har bir ishtirokchi, natijadan qat’i nazar, allaqachon g‘olibdir – axir ular o‘z mamlakatini, kompaniyasi va kasbining eng yaxshi an’analarini namoyish etadilar,» – deya izoh berdi «O‘zbekneftgaz» AJ raisining qurilish va transport bo‘yicha o‘rinbosari G‘ayrat Yuldoshev.

Musobaqa CNPC (Xitoy milliy neft korporatsiyasi) tomonidan «O‘zbekneftegaz» AJ ko‘magi bilan tashkillashtirilgan bo‘lib, «Asia Trans Gas» MChJ QK unga mezbonlik qilmoqda.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, bunday tadbirlar nafaqat ishtirokchilar malakasini oshiradi, balki mamlakatlar o‘rtasidagi ishonch va do‘stlikni mustahkamlaydi.

«Iqtidorli kadrlar zamonaviy korxonalarni rivojlantirish uchun asosiy resurs hisoblanadi. Malakali xalqaro ishchi kuchini rivojlantirish quvurlarning xavfsiz va barqaror ishlashini ta’minlash uchun juda muhimdir. «Korxonaning asosiy resursi sifatida odamlar» konsepsiyasiga sodiq qolgan holda, CNPC «yuqori malakali kadrlar giganti» loyihasini amalga oshirmoqda, kadrlar tayyorlash tizimini yaratmoqda, rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirmoqda, xodimlarni rivojlantirishni kuchaytirmoqda, o‘z hududlarida xorijiy xodimlarning malakasini oshirish dasturini amalga oshirmoqda va quvur operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro va ixtisoslashgan yuqori malakali temir armiyasini yaratmoqda,» – deya ta’kidladi Xu Xumin, CNPC Inson resurslari departamenti bosh direktorining o‘rinbosari.

Tanlov 29-31 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Buxoro Magistral Quvurlar Bosh Boshqarmasi hududida musobaqa uchun maxsus maydonlar qurilgan bo‘lib, ular real ish jarayonlari olib boriladigan maskanlarga maksimal o‘xshash tayyorlangan. Bu ishtirokchilar o‘zlarini real vaziyatda xis qilishlari uchun muhim omil.

Musobaqa shartlari bo‘yicha quvur o‘rnatish ustalari quvurlarni aniq yig‘ish va ulashni amalga oshiradilar, so‘ngra nuqtali payvandlash, geometrik aniqlik va jamoaviy ish muvofiqligini namoyish etadilar. Payvandchilar CNPC standartlari bo‘yicha argonsimon va yarim avtomatik payvandlashda raqobatlashadi, ildiz va qopqoq payvandlarini yuqori sifat va tashqi ko‘rinish talablari bilan bajaradilar. Takelajchilar 25 tonnalik KAMAZ KLINTSY kranini boshqaradi, bu og‘ir yukni aniq ko‘tarish va o‘rnatishni talab qiladi. E’tiborlisi shundaki, uning barqarorligini tekshirish uchun tennis koptoklaridan foydalaniladi.

«Buxoroga borishimizni eshitib quvondim. Ilgari mamlakatingiz to‘g‘risida eshitganman, lekin internetda Buxoro deb qidiruv berganimda bu go‘zal shahar rasmlarini ko‘rib xayratlandim. Chiroyli maskan, mehmondo‘st odamlar. Biz, ishtirokchilar uchun barcha sharoitlar a’lo darajada yaratilgan. Bizni tantanali kutib olishdi. Musobaqa uchun ham barchasi yuqori darajada tashkillashtirilgan. Bugun ochilish marosimidan so‘ng Texnik Xavfsizlik qoidalari to‘g‘risida aloxida ma’lumot berildi. Bugun va ertaga medallar uchun kurashamiz. G‘olib bo‘lmasam ham bunday nufuzli xalqaro musobaqada qatnashishimning o‘zi men uchun g‘alaba!» – deya o‘rtoqlashdi Myanmadan kelgan ishtirokchi Kaung Myat Kyav.

G‘oliblarni tadqirlash va tantanali yopilish marosimi 31 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Tadbir nafaqat kasbiy mahorat bahsi, balki O‘zbekistonning xalqaro nufuzi uchun ham muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimiz ishonchli hamkor va Markaziy Osiyodagi texnologik va kadrlar tayyorlash markazi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu musobaqa nafaqat kuchlilar bellashuvi, balki tajriba va insoniy qadriyatlarni bog‘lovchi ko‘prikdir.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Buk-kafe ochgan tadbirkorlarga imtiyoz beriladi

Published

on


2026 yilda Farg‘ona viloyatidagi 100 ta mahallada namunaviy mahalla kutubxonalari tashkil etiladi. Buk-kafe ochgan tadbirkorlarga soliq va ijara to‘lovlaridan imtiyoz beriladi.

Axborot xurujlari avj olayotgan hozirgi davrda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish har qachongidan ham dolzarb. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasidagi yig‘ilishda aytib o‘tdi.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, shu maqsadda 2026 yilda viloyatdagi 100 ta mahallada namunaviy mahalla kutubxonalari tashkil etiladi, buk-kafe ochgan tadbirkorlarga soliq va ijara to‘lovlaridan imtiyoz beriladi.

Shavkat Mirziyoyev “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasida har ikki yilda Xalqaro kitobxonlik festivalini o‘tkazish, ushbu tadbirga dunyoning mashhur yozuvchi va shoirlarini taklif qilish tashabbusini bildirdi.

Prezident o‘zbek adabiyoti tarixida Qo‘qon adabiy muhitining o‘rni beqiyos ekani, bu zaminda 300 dan ziyod shoir va adib yashab ijod qilganini ham qayd etdi.

Shunday adiblarni yetishtirgan Qo‘qon UNESCO’ning “Adabiyot shahri” maqomini olishga ham munosib. Lekin bunday boy meros haligacha tizimli o‘rganilmagani, ilmiy tadqiqotlar olib borilmagani qayd etildi

Shu bois, Qo‘qon adabiy muhiti antologiyasi va elektron platformasini yaratish, Adabiyot va ijod maktabini tashkil etish taklif qilindi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Navoiyda maktab o‘quvchilari boshqaruvidagi mashina YTHga uchradi

Published

on


Hodisa Karmana tumanida sodir bo‘lgan. YTH oqibatida 16 yoshli yigit vafot etgan. Yana bir o‘quvchi shifoxonada qolmoqda.

Karmana tumanida maktab o‘quvchilari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, YTH 22 aprel kuni soat 21:00 lar atrofida tumanning Malik mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Ichida Hazora qishlog‘idagi 22-umumta’lim maktabining ikki o‘quvchisi bo‘lgan Cobalt yo‘ldan chiqib ketgan.

YTH oqibatida 9-sinf o‘quvchisi I.H. shifoxonada vafot etgan. 11-sinf o‘quvchisi esa tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Navoiy viloyati IIB YHXB maktabda yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazgan.

Kun.uz’ning aniqlik kiritishicha, mashina shifoxonadagi o‘quvchining otasiga tegishli bo‘lgan. Biroq u rulni sherigiga berganini aytmoqda. Mashinani kim boshqarganini aniqlash uchun ekspertiza tayinlanishi mumkin.

Avvalroq Navoiyda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘lgandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonda uch oyda 62 kishi ish joyidagi baxtsiz hodisalarda halok bo‘ldi

Published

on


Yanvar-mart oylarida mehnat faoliyati bilan bog‘liq 198 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan. Ularning 49 tasi esa o‘lim bilan yakunlangan. Eng ko‘p baxtsiz hodisa sanoat va qurilish sohalarida qayd etilgan.

O‘zbekistonda 2026 yilning 1-choragida 62 kishi mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar oqibatida halok bo‘lgan. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yanvar-mart oylarida respublikada mehnat faoliyati bilan bog‘liq 198 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan. Ularning 9 tasi guruhiy, 139 tasi og‘ir oqibatli, 49 tasi esa o‘lim bilan yakunlangan.

Baxtsiz hodisalar oqibatida:


146 kishi og‘ir tan jarohati olgan;
15 kishi yengil jarohatlangan;
62 kishi vafot etgan.

Sohalar kesimida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar:


sanoat – 71 ta;
qurilish – 54 ta;
qishloq va suv xo‘jaligi – 9 nafar;
savdo va xizmat – 8 nafar;
transport – 8 ta;
ta’lim – 4 nafar;
sog‘liqni saqlash – 4 nafar.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida kuzatilgan – 44 ta baxtsiz hodisa. Keyingi o‘rinlarda Surxondaryo (36 ta), Toshkent (29 ta), Navoiy (18 ta), Buxoro (16 ta), Andijon (15 ta) viloyatlari qayd etilgan.

O‘zbekistonda 2025 yilda ishdagi baxtsiz hodisalarda 248 ta o‘lim kuzatilgandi.  



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonda har ming oiladan 175tasi ajrashadi – tadqiqot

Published

on


Hududlar kesimida Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatida ajrimlar soni ko‘pligi kuzatilmoqda.

2025 yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda nikoh barqarorligi koeffitsiyenti 175,6 promilleni tashkil etdi. Bu 1000 ta nikohga o‘rtacha 175 ta ajrim to‘g‘ri kelishini anglatadi.

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tahlillariga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich xalqaro miqyosda past bo‘lib, O‘zbekistondagi ajrimlar darajasi ko‘plab boshqa davlatlarga nisbatan «ancha kam ekanini» ko‘rsatadi.

Xususan, nikoh barqarorligi koeffitsiyenti Moldovada – 642,7, Ozarbayjonda – 431,9, Qozog‘istonda – 328,2, Qirg‘izistonda esa – 289,6 promilleni tashkil etadi.

“Tahlillardan ko‘rinadiki, O‘zbekistonda ajrimlar darajasi xalqaro ko‘rsatkichlarga nisbatan ancha past bo‘lib, bu jamiyatda oilaviy qadriyatlar ustuvor ekanini va nikohlar barqarorligini ko‘rsatadi”, deyiladi xulosada.


Oila va gender instituti tayyorlagan nikoh barqarorligi haritasi

Hududlar kesimida tahlil qilinganda, Qashqadaryo, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida nikoh barqarorligi yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatida esa ajrimlar nisbatan yuqoriroq ekani kuzatilmoqda. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Saida Mirziyoyeva Samarqanddagi bir qator infratuzilma loyihalari bilan tanishdi (foto)

Published

on


Saida Mirziyoyeva Samarqand viloyatiga tashrifi davomida bir qator infratuzilma loyihalari hamda «Yangi O‘zbekiston» massivini rivojlantirish ishlari bilan tanishdi.

Xususan, musiqa maktabi kabi yangilanishga muhtoj binolar ko‘zdan kechirildi. «Geologlar» mahallasidagi bog‘cha nafaqat kapital ta’mirlanadi, balki tubdan qayta quriladi. Rekonstruksiyadan so‘ng u Samarqanddagi eng yirik maktabgacha ta’lim muassasasiga aylanadi va 600 nafargacha bolani qabul qiladi.

Tashrif yakunida Samarqand viloyati va tumanlari rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Ta’kidlanishicha, hududlardagi bunday o‘zgarishlar Prezident tomonidan olib borilayotgan tizimli islohotlarning bir qismidir. Bunday tashriflardan asosiy maqsad — topshiriqlar ijrosini qog‘ozdagi hisobotlarda emas, balki joyiga chiqqan holda real ko‘rish va amaliy ko‘mak berishdan iborat.

«Rahbarimiz topshiriqlarining joylardagi ijrosini ta’minlashga jamoam bilan birga ko‘maklashish, haqqoniy holatni qog‘ozlardagi hisobotlarda emas, balki o‘z ko‘zim bilan ko‘rish uchun ham bu yerga tez-tez kelib turaman», — dedi Saida Mirziyoyeva.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.