Dunyodan
Buklanmay cho’ziladigan smartfon haqida nima deyish mumkin?
Texnologiya olamidagi navbatdagi katta yangiliklarni eshitdingizmi? Bu safar Samsung klassik yig‘iladigan ekran o‘rniga o‘zining suriluvchi displey texnologiyasi bilan barchani hayratda qoldirdi.
Hozirgi ikki qavatli uyali telefonlarning eng katta muammosi shundaki, o’rtadagi burma sezilarli bo’ladi. Samsungning yangi patentida ekran katlanmaydi, balki qurilmadan tashqariga chiqib ketadi. Natijada, displey yuzasi butunlay silliq va butunligicha qoladi.
Qurilmaning orqa panelidagi maxsus tugmani bosishingiz bilan ekran motor yordamida yon tomonga siljiydi va smartfoningizni bir zumda to‘laqonli planshetga aylantiradi.
Ushbu yechim foydalanuvchilarga cho’ntagiga sig’adigan kichik qurilmani katta ekranda ishlash qobiliyati bilan birlashtirish imkonini beradi.
Samsung bu texnologiya nafaqat smartfonlar, balki kelajakdagi televizor va monitorlar uchun ham asos bo’lishiga ishonadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu smartfonlar bozorida o’zgarishlar bo’lishi kutilmoqda. Agar bu texnologiya ommaviy ishlab chiqarishga kirsa, u bir necha yil ichida an’anaviy yig‘iluvchi smartfonlardan voz kechishi mumkin. Sizningcha, qaysi biri qulayroq: buklanadigan smartfonmi yoki silliq ekranga ega ushbu teskari modelmi?