Jamiyat
bugungi xarid ertaga qanday ustunlik berishi mumkin?
Texnikani oqilona tanlash bu – doimo foydalanuvchiga uzoq yillar davomida ustunlik beradigan strategik qaror hisoblanadi. Maktab o‘quvchilari va talabalarga, ayniqsa, shunchaki “hozir va shu yerda” ishlayotgan kompyuter emas, balki kelajakdagi vazifalarni uddalay oladigan va bir necha yildan so‘ng almashtirishni talab qilmaydigan uzoq muddatli vosita kerak bo‘ladi.
Aynan shuning uchun ham NVIDIA 5000-seriyali videokarta o‘rnatilgan noutbukka sarmoya kiritish o‘zini oqlaydigan yechimdir. TUF va ROG turkumlari texnologiyalar cho‘qqisida qolish, yangi dasturlar bilan samarali ishlash va o‘yinlardan to‘liq zavq olish imkonini beradigan kelajakka mo‘ljallangan zamin yaratadi.
ROG Strix G16 va G18 — uzoq muddatli kuchga bo‘lgan ishonch
ROG Strix G16 va G18 qurilmalarining kuchli imkoniyatlari kelajakdagi samaradorlikka ajoyib sarmoya bo‘lishi mumkin. Ushbu modellar kompyuter xarid qilish bir lahzalik qaror emas, balki barcha kelgusi o‘quv yillariga ta’sir qilishini tushunadiganlar uchun yaratilgan.
Maksimal konfiguratsiyaga ega Strix G16 va G18 modellari asosida Intel Core Ultra 9 275HX protsessori hamda noutbuklar uchun mo‘ljallangan NVIDIA GeForce RTX 5080 videokartasi joylashgan. Bu qudratli tandem nafaqat bugungi yuqori unumdorlikni, balki ertangi vazifalar uchun sezilarli mustahkamlik zaxirasini ham ta’minlaydi. Shu sababli, foydalanuvchi yildan yilga tobora talabchan bo‘lib borayotgan dasturiy ta’minotning yangi versiyalarini osonlikcha boshqaradi va endigina chiqayotgan o‘yinlardan zavq oladi.
DDR5 tezkor xotirani 64 GBʼgacha kengaytirish va qo‘shimcha SSD o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘lgan bu noutbuklar har qanday chaqiriqqa — keng ko‘lamli kurs loyihalaridan tortib shaxsiy kontent yaratishgacha tayyor. Strix G16 va G18 egasi nafaqat yuqori unumdorlikka, balki eng mas’uliyatli vaqtda ham ishonchsiz qoldirmaydigan mustahkamlikka ega bo‘ladi. Bu kelajakni ko‘zlaganlar uchun haqiqatan ham aqlli tanlov.
ROG Zephyrus G16 — ijodkorlik va mobillikka sarmoya
ROG Zephyrus G16 bu — unumdorlik bilan birga mobillikni ham qadrlaydigan odamlar uchun puxta o‘ylangan sarmoyadir. ASUS ushbu noutbukni hatto o‘qishda ham o‘z ijodkorligini namoyish etishdan bosh tortmaydigan kreativ odamlarning vazifalari va ehtiyojlari uchun yaratdi. Bunda katta kuch foydalanuvchini ish stoliga bog‘lab qo‘ymasdan ixcham korpusga joylashtirilgan.
Zephyrus G16’ni ta’lim uchun ajoyib sarmoyaga aylantiradigan eng asosiy afzalliklardan biri uning OLED-ekranidir. U ajoyib yorqinlik va aniq rang uzatishni ta’minlaydi, bu esa grafika va video sohasidagi mutaxassislar va havaskorlar uchun juda muhimdir. Bunday ekran uzoq yillar davomida o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi va uning tasvirni muallif o‘ylaganidek aniq yetkaza olishi qulaylik bilan ishlashga va maksimal natijaga erishishga yordam beradi.
Yupqaligi va yengilligiga qaramay, Zephyrus G16 unumdorlikni yo‘qotmaydi. Zephyrus G16 ichida Intel Core Ultra 9 285H protsessori va maksimal komplektatsiyadagi noutbuklar uchun NVIDIA GeForce RTX 5090 videokartasi joylashgan. Bu kombinatsiya nafaqat ishda katta quvvatni, balki kelajak uchun sezilarli mustahkamlik zaxirasini ham ta’minlaydi. Sovitish tizimida suyuq metall qo‘llanadi, tez zaryadlanishni qo‘llab-quvvatlovchi 90 Vt/soatlik katta quvvatli batareya esa rozetka izlashdan xavotirlanmay, istalgan joyda o‘rganish va ijod qilish imkonini beradi.
TUF A16 va TUF F16 — vaqt sinovidan o‘tgan ishonchlilik
O‘qish uchun noutbuk tanlashda nafaqat joriy vazifalarni bajara oladigan, balki uzoq yillar xizmat qiladigan va cho‘ntakka ko‘p zarar yetkazmaydigan qurilmani topish muhim. TUF A16 va TUF F16 noutbuklari aynan shunday variantdir. Ular yuqori unumdorlik, chidamlilik va arzon narx o‘rtasidagi optimallikni izlayotganlar uchun yaratilgan. Bu shunchaki o‘yin vositasi emas, balki har qanday sinovga bardosh bera oladigan butun o‘quv yili uchun ishonchli hamkordir.
TUF A16 va TUF F16 maksimal konfiguratsiyada AMD Ryzen 9 8940HX va Intel Core Ultra 9 275HX kuchli protsessorlari bilan jihozlangan. Ular noutbuklar uchun NVIDIA GeForce RTX 5070 videokartasi bilan birgalikda katta hajmdagi ish uchun ajoyib unumdorlikni yaratadi. Ular yordamida loyihalar ustida tez ishlash, grafikali taqdimotlar tayyorlash, shuningdek, o‘quv yili davomida chiqadigan zamonaviy o‘yinlarni ishga tushirish mumkin. DLSS 4 texnologiyalari va kadrlar generatsiyasi tufayli o‘yinlardagi unumdorlikni 4 barobargacha oshirish va kechikishni 75% ga kamaytirish mumkin.
TUF seriyasining asosiy afzalligi uning MIL-STD-810H harbiy-sanoat standartlariga mos keladigan ishonchliligidir. Bu shuni anglatadiki, noutbuk maktab va talabalar hayotining barcha qiyinchiliklariga, xoh ryukzakdagi tasodifiy zarbalarga, xoh kun davomida faol foydalanishga bo‘lsin, qiyinchiliksiz bardosh bera oladi. Shu bilan birga, noutbuklar o‘zining mustahkamligiga qaramay, yetarlicha yengil va ixcham bo‘lib qolmoqda: TUF A16 og‘irligi 2,2 kg, TUF F16 esa 2,3 kg.
90 Vt/soat sig‘imli katta batareya noutbuklardan uzoqroq foydalanishga yordam beradi va ularni juda zarur bo‘lganda atigi 30 daqiqada 50 foizgacha quvvatlash mumkin. Bu, ayniqsa, dars yoki ma’ruzaga tez tayyorgarlik ko‘rish kerak bo‘lganda juda qulay. 2.5K, 165 Gs chastotali va G-SYNC qo‘llab-quvvatlaydigan displey ajoyib tasvirni uzatadi va sRGB rang maydonining 100% qamrovi aniq rang tasvirini kafolatlaydi.
Hatto eng ehtiyotkor foydalanuvchi bilan ham noxushliklar yuz berishi mumkin: masalan, qahva to‘kilishi, noutbukning tasodifiy urilishi yoki tarmoqdagi kuchlanishning pasayishi. ASUS foydalanuvchilarni ortiqcha tashvishlardan xalos etishga qaror qildi va ASUS Perfect Warranty dasturini ishga tushirdi. Endilikda 2025 yil 1 yanvardan keyin sotib olingan ASUS, ROG va TUF noutbuklari ana shunday kutilmagan holatlardan ham himoyalangan. Shunchaki qurilmani sotib olganingizdan keyin 90 kun ichida ASUS akkauntingizda ro‘yxatdan o‘tkazishingiz kerak — shunda xotirjamroq bo‘lishingiz mumkin. Batafsil ma’lumot uchun havola orqali o‘ting.
ASUS noutbuklarini O‘zbekistondagi elektronika do‘konlaridan, shuningdek, rasmiy hamkor: nout.uzʼdan xarid qilishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida
Jamiyat
Serra-Leonedan yuborilgan kokain Toshkentda ushlandi
Toshkent shahrida Serra-Leonedan kurerlik jo‘natmasi orqali olib kirilgan 728 gramm kokain musodara qilindi. Giyohvandlik vositasi avtoehtiyot qismlari ichiga yashirilgan bo‘lib, uni qabul qilib olgan shaxs qo‘lga olindi.
Foto: Videodan kadr / DXX
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona organlari xodimlari tomonidan «Xavfsiz va sog‘lom yurt» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi navbatdagi tezkor operatsiya o‘tkazildi.
Ma’lum qilinishicha, Serra-Leone davlatidan yuborilgan kurerlik jo‘natmasini Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi xususiy kurerlik xizmati orqali qabul qilib olmoqchi bo‘lgan Yashnobod tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs ushlangan.
Tekshiruv davomida avtoehtiyot qismlari ichiga yashirilgan 728 gramm kokain borligi aniqlanib, giyohvandlik vositasi protsessual tartibda musodara qilindi.
Shuningdek, gumonlanuvchining yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, zip-paketlarga joylangan kukunsimon moddalar hamda tarkibida narkotik moddalar mavjud bo‘lgan shirinliklar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Jamiyat
Xitoyda ishlab chiqarilgan ayrim o‘yinchoqlar savdodan chiqarildi
Xitoyda ishlab chiqarilgan ayrim bolalar o‘yinchoqlari savdodan chiqarildi.
Jizzax shahridagi savdo nuqtalaridan birida o‘tkazilgan nazorat xaridlari davomida Xitoyda ishlab chiqarilgan ayrim bolalar o‘yinchoqlarida xavfsizlik talablariga nomuvofiqliklar aniqlandi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Jizzax hududiy bo‘limi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda Mesh Squezee Ball savdo belgili, stressga qarshi o‘rgimchak shaklidagi yumshoq o‘yinchoqlardan namunalar olinib, laboratoriya sinovlaridan o‘tkazildi.
Sinov natijalariga ko‘ra, mazkur mahsulotlarda o‘tkir hid mavjudligi hamda formaldegid miqdori belgilangan me’yorlardan yuqoriligi aniqlandi.
Mutaxassislarning qayd etishicha, formaldegid moddasi inson salomatligiga, xususan, nafas yo‘llari, ko‘z va teriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, allergik holatlarni kuchaytirishi mumkin.
Shuningdek, tekshiruv davomida mahsulot yorliqlarida zarur ma’lumotlar davlat tilida aks ettirilmagani ham qayd etildi. Aniqlangan holatlar «Bolalar o‘yinchoqlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament» talablariga zid deb topildi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan savdo subyektlariga tegishli ko‘rsatmalar berilib, mahsulotlarni savdodan chiqarish va realizatsiyasini to‘xtatish bo‘yicha choralar ko‘rildi.
Jamiyat
Hokim yordamchilariga oid yana bir korrupsiyaviy holat fosh etildi
Andijon va Sirdaryo viloyatlarida hokim yordamchilari ishtirokida imtiyozli mablag‘larni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirish holatlari aniqlandi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi departament tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida bir nechta hududda imtiyozli mablag‘larni talon-toroj qilish bilan bog‘liq holatlar fosh etildi.
Jumladan, departamentning Oltinko‘l tumani bo‘limi aniqlagan holatga ko‘ra, «U.T.» va «Q.A.» MChJning mas’ul shaxslari, Qayirma mahallasi hokim yordamchisi hamda boshqa shaxslar o‘zaro til biriktirib, fuqarolarga issiqxona faoliyatini kengaytirish uchun ajratilgan 442,3 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar amalda bajarmagan ishlar hujjatlarda bajarilgan deb rasmiylashtirilgan.
Yana bir holat Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida aniqlangan. Unda Toshkent mahallasi sobiq hokim yordamchisi va boshqa shaxslar ushbu mahallada yashovchi sakkiz nafar fuqaroga ajratilgan 248 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘larini ta’minotchi korxonalar orqali talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.
Shuningdek, Departamentning Andijon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda «L.A.» MChJ rahbari va Farobiy mahallasi sobiq hokim yordamchisi fuqarolarga ajratilgan 163 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Jamiyat
Qurilishi tugallanmagan uylarga ko‘chirish holatlariga chek qo‘yiladi
O‘zbekistonda qurilishi tugallanmagan va belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilinmagan ko‘p kvartirali uylarga fuqarolarni ko‘chirish holatlarining oldini olish maqsadida qonunchilik kuchaytirilmoqda. Buning uchun mas’ul shaxslarga jinoiy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.
Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Qonunchilik palatasi majlisida mazkur masalaga oid qonun loyihasi ko‘rib chiqilib, deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.
Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda mamlakatda shaharsozlik sohasini takomillashtirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, ayrim hollarda qurilishi tugallanmagan hamda rasman foydalanishga topshirilmagan ko‘p kvartirali uylarga fuqarolarning noqonuniy ko‘chib kirishiga yo‘l qo‘yilmoqda.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bunday holatlar aholi xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘dirishi mumkin. Shu bois sohada faoliyat yuritayotgan sub’yektlar mas’uliyatini oshirish va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan huquqiy mexanizmlarni kuchaytirish zarur.
Qonun loyihasiga muvofiq, Jinoyat kodeksiga ko‘p kvartirali uylar qurilishi uchun mas’ul shaxslar yoki mansabdor shaxslar tomonidan foydalanishga qabul qilinmagan uylarga fuqarolarning ko‘chib kirishiga yo‘l qo‘yganlik uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri jinoiy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.
Shuningdek, Shaharsozlik kodeksiga buyurtmachilar va pudratchilar zimmasiga belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilinmagan ko‘p kvartirali uylarga fuqarolarning ko‘chib kirishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish majburiyatini yuklovchi normalar kiritilishi nazarda tutilgan.
Muhokamalar davomida deputatlar qonun loyihasining dolzarbligi va ahamiyatini ta’kidlab, uni yanada takomillashtirish yuzasidan qator taklif va tavsiyalar bildirdi. Yakunda qonun loyihasi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborildi.
Jamiyat
Toshkentda 3,2 kgga yaqin narkotiklar qo‘lga olindi
Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida noqonuniy muomalada bo‘lgan qariyb 3,2 kilogramm giyohvandlik vositalari musodara qilindi. Holatlar yuzasidan bir necha nafar gumonlanuvchi qo‘lga olinib, ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
«Xavfsiz va sog‘lom yurt» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent shahar boshqarmasi hamda poytaxt IIBB xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi qator tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Dastlabki holatda Bektemir tumani hududida harakatlanayotgan Gentra rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirildi. Avtomashinada Yashnobod tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro bo‘lgan. Tekshiruv chog‘ida transport vositasi salonidan bir nechta zip-paketlarga qadoqlangan och sariq rangli kukunsimon moddalar topildi.
Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilar avvaldan yashirib qo‘ygan xufiya joy hamda ijaraga olgan xonadon ko‘zdan kechirildi. U yerdan ham kukunsimon moddalar, elektron tarozilar va giyohvandlik vositalarini qadoqlashda foydalaniladigan anjomlar aniqlandi.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, musodara qilingan moddalar 1,2 kilogramm geroin va 100 gramm mefedron ekani tasdiqlangan. Ma’lum qilinishicha, mazkur ikki shaxs ham muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlari uchun sudlangan.
Yana bir tezkor tadbirda Shayxontohur tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaroning yashash xonadonidan 47 gramm gashish va 34 gramm opiy musodara qilindi.
Tergov harakatlari davomida uni narkotik moddalar bilan ta’minlab kelgani gumon qilinayotgan Olmazor tumanida yashovchi 1980 va 1985 yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro ham ushlandi. Ularning avtomashinalari va yashash xonalari tekshirilganda, 1,8 kilogramm gashish hamda 12 gramm opiy aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Har ikki holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.
-
Jamiyat4 days agoBektemir tumanida «zakladchik»lar qo‘lga olindi
-
Sport5 days agoAngliya-Norvegiya bahsi boshlanish vaqti kechiktirilishi mumkin
-
Dunyodan4 days ago
Frantsiyada ko’pchilik qo’rqqan narsa yuz berdi.
-
Jamiyat5 days agoDori narxini sun’iy oshirgan yuzlab dorixonalar aniqlandi
-
Siyosat3 days ago
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya bildirdi
-
Sport4 days agoInfantino yana JCh ishtirokchilari sonini oshirish g‘oyasi haqida gapirdi
-
Jamiyat4 days agoEnergetika tizimidagi ayrim rahbarlar ishdan olindi
-
Jamiyat5 days agoQashqadaryoda firibgarlikda gumonlangan mutaxassis ushlandi
