Jamiyat
Bugun ob-havo mo‘’tadil bo‘lishi kutilyapti
Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15–20° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat 16–18° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10–15° iliq bo‘ladi.
Jamiyat
Qishloq xo‘jaligiga subsidiya ajratish tizimi to‘liq raqamlashtiriladi
O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 22-noyabrdagi «Agrar sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq agrar sohada davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Agrar sohada to‘lovlar agentligi tashkil etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevga paxtachilik va g‘allachilikni moliyalashtirishni samarali tashkil etish hamda agrar sohada subsidiyalar ajratish yangi tizimi yuzasidan qilingan taqdimotda agentlikka yuklatilgan vazifalar ijrosi qanday tashkil etilishi ko‘rib chiqildi.
Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligida 52 turdagi subsidiya ajratilmoqda. Yangi tizimda ushbu jarayon tubdan soddalashtirilib, inson omili tubdan qisqartirilib, byurokratiya kamaytiriladi, arizalarni ko‘rib chiqish to‘liq raqamlashtiriladi va barcha jarayonlar «Agroportal» orqali amalga oshiriladi.
Buning uchun, «Agrosubsidiya» axborot tizimiga 10 dan ortiq vazirlik va idoralarning axborot tizimlari integratsiya qilinadi.
Jumladan, 2026-yil uchun mo‘ljallangan 1,3 trillion so‘mlik subsidiyalarni talabgorlar ishtiroki zarur bo‘lmagan holda davlat idoralari tomonidan proaktiv tarzda, qolgan subsidiyalar ayrim kelishish, xulosa olish va hujjatlarni rasmiylashtirish bosqichlarini chiqarib tashlagan holda soddalashtirilgan tartibda, ortiqcha ovoragarchiliksiz beriladi. Natijada subsidiya ajratish muddatlari keskin qisqaradi.
Davlatimiz rahbari moliyalashtirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, subsidiyalarning manzilliligi va tezkorligini ta’minlash, barcha jarayonlarni raqamlashtirish va fermerlar uchun qulay sharoit yaratish yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.
Ma’lumot uchun, joriy yilda sohaga 2,35 trillion so‘m subsidiyalar yo‘naltirilgan bo‘lib, jumladan, o‘z mablag‘idan paxta yetishtirgan xo‘jaliklarga paxta qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratilishi natijasida 3 430 fermer va klasterlar 151 ming gektar maydonda o‘z mablag‘i hisobidan paxta yetishtirgan va 1,9 trillion so‘m resurs tejalgan.
Yoki, paxta yetishtirishga olingan kreditni joriy yil yakuniga qadar to‘liq qaytargan fermerlarga foiz to‘lovining 4 foiz bandini qaytarib berish imkoniyati tufayli 9 002 ta fermer 2,5 trillion so‘m imtiyozli kreditlarni muddatidan oldin qaytargan.
Jamiyat
Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi
Joriy yil 10 dekabr kuni soat 02:30 dan boshlab A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida qor ko‘chkisi xavfi tufayli transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Qamchiq dovoni orqali avtomobillar harakati vaqtincha cheklandi.
Ayni paytda FVV rahbarligi boshchiligida tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari tomonidan hududda vaziyatni bartaraf etish, xavf darajasini baholash va zarur profilaktika ishlarini olib borish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Qamchiq dovoni orqali harakatlanishning qayta tiklanishi bo‘yicha qo‘shimcha axborot FVV Axborot xizmati tomonidan alohida tarzda e’lon qilinadi. Fuqarolardan rasmiy manbalar orqali beriladigan ma’lumotlarni kuzatib borish so‘ralgan.
Jamiyat
Xovos tumaniga yangi hokim tayinlandi
Xovos tumanida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Tahliliy-tanqidiy ruhda o‘tgan sessiya ishida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi.
Erkinjon Turdimov o‘z nutqida tumanda bir qator muhim yo‘nalishlarda jiddiy qoloqlik va sustkashlik holatlari mavjudligini keskin tanqid qildi.
Kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini oshirish, investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amalda yo‘lga qo‘yish, eksport hajmini ko‘paytirish kabi ustuvor masalalarda tuman birinchi rahbarining tashabbusi, mas’uliyati va talabchanligi yetarli darajada emasligini bildirdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
Shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Yo‘ldoshev Ulug‘bek Xasanovich egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Deputatlar tomonidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan Yuldashev Qomus Mirovich nomzodi Xovos tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Ma’lumot uchun, Qomus Yuldashev 1983-yilda Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida tug‘ilgan. 2004-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan.
Avvalroq Andijon viloyati hokimiga ikki o‘rinbosar va Marhamat tumaniga hokim tayinlangandi. Shuningdek, Otabek Mavlonberdiyev Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va manaviy-marifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Jamiyat
Mirobod tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida piyoda halok bo‘ldi
9 dekabr kuni kechqurun Toshkent shahar Mirobod tumani Islom Karimov ko‘chasida avtobus va yengil avtomashina ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida piyoda voqea joyida vafot etdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, joriy yil 9 dekabr kuni soat taxminan 22:30 larda Yutong rusumli elektrobus haydovchisi Islom Karimov ko‘chasida harakatlanib kelar ekan, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Zarba oqibatida piyoda qarama-qarshi yo‘nalish tomonga yiqilib, shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Haval rusumli yengil avtomashinasi ham uni urib yuborgan.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida piyoda olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘ldi. Huquqni muhofaza qilish organlari marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent shahar IIBB barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan yo‘l qoidalariga qat’iy rioya qilishni, ayniqsa, piyodalar o‘tish joylari va aholi zich hududlarda yanada ehtiyotkor bo‘lishni so‘ragan.
Jamiyat
Ветеринария ва чорвачилик қўмитаси раиси ишдан олинди
Президентнинг қарори билан Баҳромжон Тўраевич Норқобилов бошқа ишга ўтиши муносабати билан ишдан олинди.
У Қишлоқ хўжалиги вазирлиги ҳузуридаги Ветеринария ва чорвачиликни ривожлантириш қўмитаси раиси лавозимидан озод этилди.
Унинг айнан қайси ишга ўтаётгани очиқланмаган.
Норқобилов бу лавозимга 2019 йилда тайинланганди. Аввал у Давлат ветеринария қўмитаси раиси вазифасини бажарувчи лавозимида ишлаган.
-
Sport3 days agoТуркия Суперлигаси. «Башакшеҳир» – «Фенербаҳче». Шомуродов ва Файзуллаев — асосий таркибда
-
Hayot tarzi5 days agoDemi Xestemanning Jessi Gatikaulaning “Me’blari” ga qanday munosabatda bo’ldi
-
Iqtisodiyot3 days agoXitoylik investorlar Jizzaxdagi volfram konini ishga tushirmoqda
-
Jamiyat2 days agoTo‘qqiz qizli Jasur – to‘rt egiz tug‘ilgan xonadondan reportaj
-
Iqtisodiyot4 days agoBMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan hamkorlikda qator loyihalar amalga oshiriladi
-
Dunyodan5 days agoKorruptsiya da’volari dunyoning birinchi raqamli vaziriga qarshi paydo bo’ldi. “ChatGPT-4O” advokat sifatida yollangan
-
Jamiyat5 days ago«Samarqand HET» turk kompaniyasi boshqaruviga beriladi
-
Dunyodan5 days agoBuyuk Britaniya Rossiyaning Ukrainaga nisbatan 11 milliard dollarni tashkil qilmoqchi
