Sport
«Budyo-Glimt» «Inter»ni, Syorlot «Bryugge»ni musobaqadan chiqarib yubordi
Yevropa yashil maydonlarida Chempionlar ligasi pley-off javob o‘yinlarining to‘rttasi yakuniga yetdi.
Safardan durang bilan qaytgan «Atletiko Madrid» o‘z maydonida norveg hujumchisi Syorlotning xet-trigi hisobiga «Bryugge»ni yirik hisobda taslim etdi. Norvegiyaning «Budyo-Glimt» klubi esa ikki o‘yinda ham o‘tgan yilgi finalchi «Inter»ni mag‘lubiyatga uchratdi. «Nyukasl» javob o‘yinida «Qorabog‘»ni yenggan bo‘lsa, «Bayer» — «Olimpiakos» o‘yinida darvozalar daxlsiz qoldi, birinchi o‘yin natijasiga ko‘ra, leverkuzenliklar keyingi bosqichga chiqishdi.
YChL. Pley-off. Javob o‘yinlari
Atletiko — Bryugge 4:1 (umumiy hisob 7:4)
Gollar: Syorlot 23, 76, 87, Kardoso 48 — Ordonez 36.
Inter — Budyo-Glimt 1:2 (umumiy hisob 2:5)
Gollar: Bastoni 76 — Hauge 58, Even 72.
Nyukasl — Qorabog‘ 3:2 (umumiy hisob 9:3)
Gollar: Tonali 4, Joelinton 6, Botman 52 — Duran 51, Jafarkuliyev 57.
Bayer — Olimpiakos 0:0 (umumiy hisob 2:0)
«Atletiko Madrid», «Nyukasl Yunayted», «Bayer Leverkuzen» va «Budyo-Glimt» 1/8 finalga yo‘l oldi.
Ertangi oqshom Yevropa Chempionlar ligasi pley-off javob o‘yinlarining yana to‘rttasi o‘tkaziladi:
Atalanta — Borussiya D (birinchi o‘yin — 0:2)
Yuventus — Galatasaroy (birinchi o‘yin — 2:5)
PSJ — Monako (birinchi o‘yin — 3:2)
Real Madrid — Benfika (birinchi o‘yin — 1:0)