Iqtisodiyot
bu moliyaviy tizim uchun yangi ogohlantirishmi?
2025 yil sentabr oyida AQShning ikki yirik avtomobil sohasidagi kompaniyasi – First Brands Group va Tricolor Holdings ketma-ket bankrotlik e’lon qildi. Mutaxassislar bu hodisalarni “shadow banking”, ya’ni bank tizimidan tashqarida ishlaydigan xususiy moliyalashtirish bozoridagi xavfli jarayonlarning boshlanishi sifatida baholamoqda.
First Brands Group avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi global kompaniya bo‘lib, filtrlar, tormoz tizimlari va yoritish elementlari kabi mahsulotlar yetkazib berardi. 29 sentabr kuni u AQShda “Chapter 11” bankrotlik himoyasi uchun ariza berdi. Kompaniya majburiyatlari 10 milliard dollardan oshgan, aktivlari esa atigi 1-10 milliard dollar oralig‘ida baholangan.
Bankrotlikning asosiy sababi sifatida ortiqcha qarz yuki va agressiv kengayish siyosati tilga olinmoqda. First Brands so‘nggi yillarda bir nechta raqobatchi kompaniyalarni sotib olgan, bu esa kredit yukini keskin oshirgan. Shuningdek, kompaniya balansdan tashqari moliyalashtirish (off-balance sheet financing) va faktoring mexanizmlaridan haddan tashqari foydalanib, o‘zini likvid deb ko‘rsatgan. AQSh Adliya vazirligi (DOJ) kompaniya atrofida tergov boshlab, 2,3 milliard dollarga yaqin mablag‘ yo‘qolganini, ayrim aktivlar esa bir nechta marta garovga qo‘yilganini aniqlagan.
Oradan ko‘p o‘tmay, sub-prime (kredit reytingi past) segmentda faoliyat yuritgan Tricolor Holdings ham “Chapter 7” bo‘yicha to‘liq tugatilish jarayonini boshladi. Kompaniya asosan AQShda bank hisobraqamiga ega bo‘lmagan, asosan ispan tilida so‘zlashuvchi aholiga mo‘ljallangan avtomobil kreditlari va ijarasi bilan shug‘ullangan. U o‘z faoliyatini aktivlarga asoslangan qimmatli qog‘ozlar (ABS) orqali moliyalashtirgan, biroq yuqori darajadagi risklar va kredit to‘lovlarining kechikishi tufayli defoltga uchradi.
Tricolor bankrotligi natijasida ayrim banklar sezilarli yo‘qotishlarga duch keldi. Masalan, Fifth Third Bancorp 178 million dollar zarar haqida e’lon qildi. JPMorgan Chase rahbari Jyeymi Dimon bu holatni “yashirin qarz sektoridagi kengroq muammolarning boshlanishi” deb atadi va “agar bitta muammo ko‘rinsa, demak yana boshqalari ham chiqadi” deya ogohlantirdi.
Ekspertlarning fikricha, ikki kompaniyaning qulashida umumiy jihatlar bor: ular rasmiy bank tizimidan tashqarida faoliyat yuritgan, kredit risklarini ikkilamchi bozorlarda yashirgan va regulyatorlar uchun shaffof bo‘lmagan tuzilmalardan foydalangan. The Washington Post yozishicha, bu jarayonlar 2007–2008 yillardagi ipoteka inqirozini eslatmoqda va hozirgi “xususiy kredit” sektori yetarli nazorat qilinmayotganidan darak beradi.
Angliya banki rahbari Endryu Beyli bu holatlarni “moliya tizimidagi chuqurroq zaifliklarning belgisi” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, First Brands va Tricolor — “ko‘mir konidagi kanareykalar”, ya’ni tizimdagi xavflarni oldindan bildiruvchi signallar bo‘lishi mumkin.
Bu bankrotliklar fond bozorlari va obligatsiya segmentida ishonchni pasaytirdi. AQShning bir qator mintaqaviy banklari aksiyalari arzonlashdi, riskli qarz bozorida esa foiz stavkalari oshdi. Investorlar endi xususiy kredit sektorini yanada diqqat bilan kuzatmoqda, chunki bu sohadagi har qanday uzilish moliya tizimi uchun yangi “domino effekti”ni keltirib chiqarishi mumkin.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Wabtec» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan birga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Tog‘-kon korxonalari karer texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.
«Wabtec» lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.
Iqtisodiyot
Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.
«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.
Iqtisodiyot
Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti
Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).
Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).
Iqtisodiyot
Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi
Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).
Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).
Iqtisodiyot
O‘zbekiston shokolad importining qariyb 70 foizi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 46 davlatdan qariyb 28,5 ming tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan.
Import qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati 123,7 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming tonnaga yoki 6 foizga ko‘p.
Import hajmi bo‘yicha Rossiya keskin ustunlik qilgan. Yilning dastlabki yetti oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 19,5 ming tonna shokolad mahsulotlari yetkazib berilgan.
Rossiyadan kelgan shokolad mahsulotlari umumiy importning qariyb 70 foizini tashkil etgan. Keyingi o‘rinda Ukraina bo‘lib, undan 2,2 ming tonna mahsulot import qilingan.
Qozog‘istondan 914 tonna, Belarusdan 805,2 tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan. Litvadan import 746,2 tonnani tashkil etgan.
Turkmaniston 715,2 tonna, Turkiya esa 569,5 tonna ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarda qayd etilgan. Qolgan davlatlar hisobiga 3 ming tonna mahsulot to‘g‘ri kelgan.
-
Iqtisodiyot5 days ago
Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi
-
Jamiyat4 days ago
Toshkentda xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi
-
Iqtisodiyot2 days ago
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
-
Jamiyat1 day ago
Tadbirkorlar jarimaning 50 foizini to‘lab, qolgan qismidan ozod etilishi mumkin
-
Jamiyat1 day ago
O‘zbekiston do‘konlarida 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi
