Iqtisodiyot
“Bu iqtisodiy siyosatga zid” – mutaxassis markirovkalash qoidasini buzganlik uchun jarimani aylanmaga bog‘lamaslikni taklif qildi
1,5 mln so‘mlik kamomad uchun 5 mlrd jarima qo‘llangan…markirovkalash qoidasini buzganlik uchun jarima qonuniy aylanmaga bog‘langan ekan, tadbirkorda riskni kamaytirishning yagona yo‘li qonuniy aylanmani kamaytirish bo‘ladi”, – dedi soliq maslahatchisi Murod Muhammadjonov SSPda o‘tkazilgan ochiq muloqotda. U markirovkalash qoidasini buzganlik uchun aniq jarima belgilashni taklif qildi.
18 iyul kuni moliya-iqtisodiy sohada faoliyat yurituvchi mutaxassislar — auditorlar, buxgalterlar va soliq maslahatchilari ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Unda soliq maslahatchisi Murod Muhammadjonov markirovkalash qoidasini buzganlik uchun jazo chorasini aylanmaga bog‘lamaslikni taklif qildi.
“Markirovkalash qoidasini buzgani uchun jazo o‘tgan oyda qonuniy ishlagan aylanmasiga bog‘liq bo‘lsa, har qanday tadbirkorlik sub’yektida riskini kamaytirishning yagona yo‘li qonuniy aylanmani kamaytirish bo‘ladi. Shu sabab markirovka uchun jazo chorasi 50 mln so‘mmi, 100 mln so‘mmi, [aniq bo‘lishi kerak]”, – dedi mutaxassis.
Uning taklifini zal qo‘llab-quvvatlab, qarsak chaldi. Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov esa markirovkada xato yoki kontrafakt mol sotib qo‘ysa, jarima yuqori, arzonroq qilish kerak, demoqchimisiz, deya aniqlashtiruvchi savol berdi.
Unga javoban Muhammadjonov “bu tizimdan maqsad – noqonuniy ishlovchilarni qonuniy ishlashga o‘tkazish, ammo tadbirkor qonuniy ishlaganidan kelib chiqib jazolanadigan bo‘lib qolyapti”, deya ta’kidladi.
“Jazo summasini kamaytirishning yagona yo‘li oq aylanmani kamaytirish bo‘lib qolyapti. Ya’ni bu hozirgi iqtisodiy siyosatga teskari. Aniq bir summa qo‘yaylik, chunki kuni kecha “Laktel” (Lactalis Central Asia) masalasi ko‘tarildi, 1,5 mln so‘mlik kamomad uchun 5 mlrd jarima qo‘llangan. Sherzod Davletovich eshitganidan keyin bunchalik bo‘lishi mumkin emas. deb aytdi”, – dedi u.
Bundan tashqari, u markirovka bilan bog‘liq huquqbuzarlik mezoni kassirga bog‘liq bo‘lib qolayotgani va xatoni tuzatish imkoni yo‘qligini ta’kidladi.
“Kassir qaysidir tovarning markirovkasini urmasa, butun biznes jazolanishi kerak bo‘lib qolyapti. O‘zimiz ham soliq maslahatchisi sifatida borib o‘rganyapmiz, ayrim holatlarda tovarning markirovkasi urilgan, lekin kassa apparatga urilmagan holatlar bor. Aynan shunday holatlarni bartaraf etish uchun yo‘l-yo‘riq yo‘q. Tovar urib bo‘lindi, orqaga qaytarish imkoni yo‘q. Shu kamchilikni tuzatish imkonini yaratib berish kerak”, – dedi Murod Muhammadjonov.
Ma’lumot uchun, Soliq kodeksiga binoan fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzish, shuningdek, tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish — realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning ikki foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik jarima qo‘llanganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston 2026 yilda 167 mlrd dollarlik YaIMga erishishni rejalashtirmoqda
2026 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotini 6,6 foizga oshirish va yalpi ichki mahsulot hajmini 167 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Prezident huzurida o‘tgan yig‘ilishlarda 2026 yil uchun mamlakatning asosiy iqtisodiy ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. Davlat siyosatida asosiy e’tibor aniq iqtisodiy natijalarga erishish, investitsiyalarni keng jalb qilish va tarmoqlar samaradorligini oshirishga qaratiladi.
Ma’lum qilinishicha, 2025 yilda yalpi ichki mahsulot 7,7 foizga o‘sib, 147 mlrd dollardan oshgan. Iqtisodiy o‘sishning asosiy qismi xizmatlar sohasi hisobiga ta’minlangan.
Joriy yilda 50 mlrd dollar xorijiy investitsiya jalb qilish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ularning samaradorligi va eksportga yo‘naltirilganligi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi.
Sanoatni kamida 8,5 foizga oshirish, avtomobil ishlab chiqarish hajmini 510 mingtaga yetkazish va mahalliy kooperatsiyani kengaytirish vazifalari qo‘yildi.
Qurilish sohasida hajmni 400 trln so‘mga yetkazish va kamida 17 foizlik o‘sishni ta’minlash rejalashtirilgan. Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish uchun budjetdan 40 trln so‘m mablag‘ ajratiladi.
Shuningdek, 2026 yilda kichik va o‘rta biznesda energiya samaradorligini oshirish, gaz va elektr energiyasi sarfini qisqartirish bo‘yicha choralar ko‘riladi.
Eksportni diversifikatsiya qilish, yangi bozorlar va mahsulotlar hisobiga uni oshirish, shuningdek ichki bozorda narx-navo barqarorligini ta’minlash ham ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.
Barcha islohotlar “hujjatdan natijaga” tamoyili asosida amalga oshiriladi va ularning ijrosi qat’iy nazorat ostida bo‘ladi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida qog‘oz sanoatida sezilarli o‘sish kuzatildi
2026 yil yanvar oyida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 668,2 mlrd so‘mlik qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,8 foizga oshgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar oyida mamlakatda yirik korxonalar tomonidan jami 668,2 mlrd so‘mlik qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 17,8 foizga o‘sgan. Bu esa qog‘oz sanoatida ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada oshganini ko‘rsatadi.
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, bu yerda 281 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati — 206,1 mlrd so‘m, Andijon viloyati — 49,2 mlrd so‘m, Samarqand viloyati — 34,4 mlrd so‘m va Farg‘ona viloyati — 32,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Shuningdek, Xorazm viloyatida 22,1 mlrd so‘m, Namangan viloyatida 20,2 mlrd so‘m, Buxoro viloyatida 11,1 mlrd so‘m, Jizzax viloyatida 4 mlrd so‘m, Sirdaryo viloyatida 3 mlrd so‘m, Navoiy viloyatida 2,1 mlrd so‘m va Qashqadaryo viloyatida 1,6 mlrd so‘mlik qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Eng past ko‘rsatkichlar esa Surxondaryo viloyatida 0,5 mlrd so‘m va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 0,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Iqtisodiyot
Rubl keskin «sho‘ng‘imoqda». Bayramdan keyin vaziyat qanday bo‘ladi?
Rubl keskin «sho‘ng‘imoqda». Bayramdan keyin vaziyat qanday bo‘ladi?
Source link
Iqtisodiyot
Xizmatlar bozorining qariyb 40 foizi Toshkentda — statistika
Xizmatlar bozorining qariyb 40 foizi poytaxt Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 80,5 trln so‘mni tashkil etdi.
Hududlar kesimida bozor xizmatlari hajmi quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Resp. – 2,5 trln so‘m
Andijon viloyati – 3,9 trln so‘m
Buxoro viloyati – 3,1 trln so‘m
Jizzax viloyati – 1,7 trln so‘m
Qashqadaryo viloyati – 3,9 trln so‘m
Navoiy viloyati – 1,9 trln so‘m
Namangan viloyati – 4,1 trln so‘m
Samarqand viloyati – 5,9 trln so‘m
Surxondaryo viloyati – 2,6 trln so‘m
Sirdaryo viloyati – 1 trln so‘m
Toshkent viloyati – 5,2 trln so‘m
Farg‘ona viloyati – 5,3 trln so‘m
Xorazm viloyati – 2,7 trln so‘m
Toshkent shahri – 32,3 trln so‘m.
Iqtisodiyot
NBU auksion ob’yektlar bo‘yicha Telegram-guruhni ishga tushirdi
O‘zbekiston Milliy banki o‘z mulk ob’yektlarini E-auksion elektron (https://e-auksion.uz/home) savdo platformasi orqali sotmoqda. Ushbu aktivlarni shaffof shartlar asosida xarid qilish mumkin, potensial xaridorlar esa takliflar bilan oldindan tanishib, o‘zlariga mos variantlarni tanlashlari mumkin.
Qulaylik yaratish va xaridorlarni tezkor xabardor qilish maqsadida “NBU MULKLAR MARKAZI” Telegram-guruhi (https://t.me/+y1TR4UMS1hAyOTIy) tashkil etilgan bo‘lib, unda auksionga qo‘yilgan ob’yektlar va ularni xarid qilish imkoniyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar muntazam e’lon qilib boriladi.
Mavjud ob’yektlar haqida batafsil ma’lumotni Telegram-guruh (https://t.me/+y1TR4UMS1hAyOTIy) orqali yoki quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib bilib olishingiz mumkin:
☎️ +998 93 111-55-11
-
Turk dunyosi4 days agoTurkiyaning Baykal K2 bir tomonlama hujumga uchragan uchuvchisiz samolyotining toʻda harakatini sinovdan oʻtkazdi
-
Dunyodan2 days ago
Eron Hormuz boʻgʻozi orqali cheklangan oʻtishga ruxsat beradi
-
Jamiyat1 day ago
Tadbirkor boshpanasiz bo‘lgan 5 ta oilani uy-joy bilan ta’minladi
-
Jamiyat3 days ago
Ichki ishlar xodimlarining qo‘pol muomalasi va tergov sifatidan norozilik ko‘paygan – Prezident
-
Siyosat23 hours agoSoʻnggi savdo maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston temir yoʻllari importi eksportdan 2,5 barobar koʻp
-
Iqtisodiyot2 days agopayme Tez QR orqali to‘lovni 3% keshbek bilan ishga tushirmoqda
-
Iqtisodiyot3 days agoMetandan go‘shtgacha. Narxi keskin oshgan mahsulot va xizmatlar
-
Iqtisodiyot4 days ago«Yomg‘ir va qorda ham foydalanishga tayyor bo‘ladi» – Toshkent-Andijon pulli yo‘li haqida nimalar ma’lum?
