Dunyodan
Britaniya radiosi qirol Charlzning o‘limi haqida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatgani uchun uzr so‘radi
Britaniyaning Karolin radiosi Charlz III ning texnik xatolik tufayli vafot etgani haqida noto‘g‘ri xabar bergani uchun tinglovchilardan uzr so‘radi.
19-may kuni tushdan keyin asosiy studiyadagi kompyuter xatosi favqulodda vaziyatlarda butun mamlakat bo‘ylab radiostansiyalar o‘rnatgan “Monarxning o‘limi” protokolini tasodifan faollashtirgani xabar qilingan edi.
Radiostansiyaning bosh direktori Piter Mur Facebook’dagi bayonotida hodisaga texnik nosozlik sabab bo‘lganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qirol Charlzning o‘limi haqidagi xabardan keyin radioeshittirishlar ham vaqtincha to‘xtatilgan.
“ Biz darhol dasturni qayta tikladik va translyatsiya paytida uzr so’radik.”
Radioeshittirish qancha muddatga to‘xtatilishini ma’lum qilganicha yo‘q. Biroq stansiya saytida 19-may kuni soat 13:58 dan 17:00 gacha translyasiya yozuvlari bo‘lmasligi aytilgan.
Bu voqea qirol Charlz va qirolicha Kamillaning Shimoliy Irlandiyaga tashrifi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgan. O’shanda ular Belfastdagi folklor ansamblini tomosha qilishgan.
Ma’lumot uchun, 1964-yilda asos solingan Radio Caroline mashhur norasmiy radiostantsiya bo‘lib, Angliya qirg‘oqlari yaqinidagi kemalardan eshittirishlar olib borardi.