Iqtisodiyot
Bozor xizmatlari hajmi bo‘yicha yetakchi hududlar ma’lum qilindi
2025 yil yanvar–dekabr oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 050,3 trln so‘mni tashkil etgan. Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab xizmatlar sohasi barqaror o‘sishni saqlab qolgan. Ayniqsa, yirik shaharlar va iqtisodiy faol hududlarda xizmatlar hajmi sezilarli darajada yuqori bo‘lgan.
Hududlar kesimida bozor xizmatlari hajmi quyidagicha qayd etilgan:
Toshkent shahri — 397,4 trln so‘m;
Samarqand viloyati — 78,2 trln so‘m;
Toshkent viloyati — 71,8 trln so‘m;
Farg‘ona viloyati — 71,8 trln so‘m;
Namangan viloyati — 56,3 trln so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 54,1 trln so‘m;
Andijon viloyati — 54 trln so‘m;
Buxoro viloyati — 42,6 trln so‘m;
Xorazm viloyati — 36,9 trln so‘m;
Surxondaryo viloyati — 35,6 trln so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 35,2 trln so‘m;
Navoiy viloyati — 25,7 trln so‘m;
Jizzax viloyati — 24,6 trln so‘m;
Sirdaryo viloyati — 14,6 trln so‘m.
Ma’lumotlarga ko‘ra, xizmatlar sohasida Toshkent shahri mutlaq yetakchi bo‘lib qolmoqda. Mutaxassislar bunga poytaxtda savdo, transport, moliyaviy xizmatlar, ta’lim, tibbiyot va raqamli xizmatlar ulushining yuqoriligi sabab bo‘layotganini ta’kidlamoqda.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda savdo xizmatlari hajmi 75 trln so‘mdan oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida mamlakatda savdo xizmatlari hajmi 75,1 trillion so‘mni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,4 foizga ko‘pdir.
Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etildi. Poytaxtda uch oy davomida 28,4 trillion so‘mlik savdo xizmatlari ko‘rsatilgan. Bu mamlakat umumiy hajmining salmoqli qismini tashkil qiladi.
Ikkinchi o‘rinda Toshkent viloyati — 6,7 trillion so‘m, keyingi o‘rinlarda esa Farg‘ona viloyati — 5,8 trillion so‘m va Samarqand viloyati — 5,6 trillion so‘m bilan qayd etildi.
Namangan viloyatida savdo xizmatlari hajmi 4,2 trillion so‘mni tashkil etgan. Andijon viloyatida bu ko‘rsatkich 4 trillion so‘mga yetgan.
Qashqadaryo viloyatida 3,7 trillion so‘mlik, Buxoro viloyatida 3,6 trillion so‘mlik savdo xizmatlari ko‘rsatilgan. Surxondaryo viloyatida esa hajm 3,2 trillion so‘m bo‘lgan.
Xorazm viloyatida 2,5 trillion so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Jizzax viloyatida 2,3 trillion so‘mlik savdo xizmatlari qayd etilgan.
Navoiy viloyatida mazkur ko‘rsatkich 1,7 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, Sirdaryo viloyatida 945,7 milliard so‘mlik savdo xizmatlari ko‘rsatilgan.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda qaysi fintex ilovalar ko‘p yuklab olinmoqda?
2026-yil 1-may holatiga ko‘ra, «Soliq» mobil ilovasidan foydalanish ko‘rsatkichlari O‘zbekistondagi fintex platformalar orasida eng yuqori natijalardan birini qayd etdi.
Ushbu ilova foydalanuvchilari soni 16,9 milliondan oshgan. Shundan 15,8 million nafar foydalanuvchi faol hisoblanadi. Shaxsi tasdiqlangan foydalanuvchilar soni esa 12,3 million nafarga yetgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil aprel oyi holatida to‘lov va moliyaviy xizmatlar bozoridagi reytingda «Soliq» ilovasi 60,3 foiz ulush bilan birinchi o‘rinni egallagan. Bu yo‘nalishda keyingi o‘rinlardan «Alif», «Xazna», «Uzum Bank» va «Payme» platformalari joy olgan.
39,7 foizlik ikkinchi segmentda esa «Paynet» birinchi o‘rinni qayd etgan. Keyingi pog‘onalarda «Payme», «Click SuperApp», «Uzum Bank» va «Hamkor» ilovalari joylashgan.
Shuningdek, reytingda «TBC UZ», «Anorbank», «AVO» va «Ipak yo‘li Mobile» platformalari ham qayd etilgan.
Iqtisodiyot
Eskrou orqali tuzilgan bitimlar soni 40 mingdan oshdi
Eskrou orqali tuzilgan bitimlar soni 40 mingdan oshdi
Source link
Iqtisodiyot
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana oshdi
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari aprel oyida yana o‘sib, qariyb 71 milliard dollarga yetdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1-may holatida mamlakatning xalqaro aktivlari 70,89 milliard dollarni tashkil etgan. Bu mart oyiga nisbatan 1,9 milliard dollarga yoki 2,76 foizga ko‘pdir.
Asosiy ulush yana oltin hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Regulyator omborlaridagi oltin qiymati aprel davomida 743,6 million dollarga oshib, 61,59 milliard dollarga yetgan. Shu bilan birga, oltinning jismoniy hajmi qisqarib, 13,3 million troy unsiyasi yoki taxminan 413,7 tonnani tashkil etdi.
Markaziy bank 2025-yil sentyabridan beri ilk bor tashqi bozorda oltin sotgani qayd etildi. Aprel oyida zaxiralar qariyb 0,1 million unsiyaga, ya’ni 3,1 tonnaga kamaygan. Bu davrda jahon bozorida oltin narxi yuqori darajada saqlangani fond aktivlari qiymatining o‘sishiga ta’sir qildi.
Aprel oyida mamlakatning valyuta zaxiralari ham sezilarli ko‘paydi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, valyuta aktivlari 1,15 milliard dollarga yoki 15,2 foizga oshib, 8,72 milliard dollarga yetgan.
Xususan, xorijiy markaziy banklar va Xalqaro valyuta jamg‘armasida saqlanayotgan mablag‘lar 1,24 milliard dollargacha ko‘tarilgan. Xorijiy banklardagi valyuta mablag‘lari esa 5,92 milliard dollarni tashkil etgan.
Markaziy bankning xorijiy qimmatli qog‘ozlarga kiritgan investitsiyalari ham oshdi. Qimmatli qog‘ozlar portfeli qiymati 1,549 milliard dollarga yetgan bo‘lsa-da, ularning umumiy zaxiralardagi ulushi 2,2 foizgacha pasaygan.
Iqtisodiyot
Bankdan 500 dollargacha naqd valutani pasporsiz olishga ruxsat beriladi
Amaldagi tartibga ko‘ra, ushbu summa 100 AQSh dollarini tashkil etadi.
Bankdan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz 500 dollargacha naqd chet el valutasini olishga ruxsat beriladi. Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan bu haqdagi idoraviy hujjat 2026 yil 8 mayda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Qayd qilinishicha, endi mijozlar bankdan 500 AQSh dollarigacha bo‘lgan naqd chet el valutasini pasport, ID-karta yoki ularning o‘rnini bosadigan boshqa hujjatlarsiz olishi mumkin. Amaldagi tartibga ko‘ra, ushbu summa 100 AQSh dollarini tashkil etadi.
Mazkur tartib 3 oydan keyin kuchga kiradi.
-
Dunyodan4 days agoXitoyda pirotexnika zavodining portlashi oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi
-
Siyosat3 days agoOliy sud 161 nafar Sovet repressiyasi qurbonlarini reabilitatsiya qiladi
-
Siyosat3 days agoOʻzbekistonda Mudofaa vazirligi tarkibida sunʼiy intellekt boʻlimi va kiberxavfsizlik instituti tashkil etildi
-
Iqtisodiyot4 days ago
budjet tarkibida qaysi soliqlarning ulushi ko‘proq?
-
Jamiyat4 days ago
Askiya nozikfahm zakiylar bahsi, «tor» hazillar emas!
-
Iqtisodiyot3 days ago
Dollar kursi 12 100 so‘mdan oshib ketdi
-
Dunyodan4 days agoTahlilchilar neft haqida xavotirli ma’lumotlarni e’lon qilishdi
-
Jamiyat2 days ago
Jizzax viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
