Sport
Boks bo‘yicha JCh. O‘zbekiston 6 ta oltin medal bilan turnirni ikkinchi o‘rinda yakunladi
Kechki dasturda Abdumalik Halokov va Akmaljon Isroilov ishonchni oqlab, O‘zbekiston hisobiga beshinchi va oltinchi oltin medallarni keltirdi. Ammo Navbahor Hamidova hamda Jahongir Zokirov finalda Qozog‘iston vakillariga yutqazishdi.
Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi
O‘zbekiston boks jamoasi Angliyaning Liverpul shahri mezbonlik qilgan jahon chempionatining so‘nggi kunida kechki dasturda ham yana 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi va oltin medallar sonini 6 taga yetkazib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Kechki dasturda dastlab -60 kg vaznli bokschilar final bahsida Abdumalik Halokov ringga ko‘tarildi va braziliyalik Luiz Gabriel de Oliveyra ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, delegatsiya hisobiga beshinchi oltin medalni keltirdi.
Bokschining o‘zi uchun bu ikkinchi bor jahon chempionligi bo‘ldi. Halokov bu safargi turnir davomida turkiyalik Mehmetxan Chinor, italiyalik Jiuseppe Kanoniko, qozog‘istonlik Bibars Jyeksen hamda yaponiyalik Shunsuke Kitamotoni mag‘lub etgandi (yarimfinaldagi raqib qoshi yorilgani tufayli jangni davom ettira olmadi).
Shundan keyin ayollar jamoasining finaldagi yagona vakili Navbahor Hamidova (-65 kg) o‘z ishtirokini o‘tkazdi. Ammo u hal qiluvchi bahsda prinsipial raqib, qozog‘istonlik Aida Abikeyevaga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi va kumush medal bilan kifoyalandi.
U birinchi va ikkinchi raundlarni o‘z hisobiga yozib qo‘ygandi, ammo hal qiluvchi raunddagi sustkashligi tufayli g‘alabani boy berdi.
Bu Hamidova uchun jahon birinchiliklaridagi ikkinchi kumush bo‘ldi.
-85 kg vaznli bokschilar final bahsida esa Akmaljon Isroilov angliyalik Tign Stott ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi va jamoa hisobiga oltinchi oltin medalni keltirdi.
19 yoshli Isroilov finalga qadar yo‘lda avstraliyalik Lachlan Lavson, ispaniyalik Rikardo Fresneda hamda avstriyalik Michayel Fares Derouichega imkon qoldirmagandi.
Uning oltinidan so‘ng turnir jadvali peshqadamlari – O‘zbekiston va Qozog‘iston hisobidagi oltinlar soni tenglashdi (qozog‘istonliklarning uchta oltinini ayollar jamoasi keltirgan) va barchasi +90 kg vazn toifasidagi final jangida hal qilinadigan bo‘ldi.
Bu bahsda Jahongir Zokirov Oybek O‘ralboyga qarshi ringga ko‘tarildi, superfinal yakunida esa hakamlar g‘alabani Qozog‘iston vakiliga berishdi. Jahongir 1-raundda 3:2, ikkinchi raundda 4:1 hisobida ustun kelgandi. Lekin 3-raundda faollik ko‘rsatmagani sababli hakamlar qozog‘istonlik bokschiga ustunlik berishdi va umumiy ochkolar bo‘yicha (havaskor boksda raundlar kesimida hisoblanmaydi) O‘zbekiston vakili 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Zokirov turnirdagi ishtirokini jazoirlik Mourad Kadini mag‘lub etish bilan boshlagan, keyingi bosqichlarda germaniyalik Nikita Putilov, norvegiyalik Omar Shiha va xitoylik Danabiyeke Bayikevuzidan ustun kelib, finalga chiqqandi.
13 sentabr kuni o‘tkazilgan erkaklar o‘rtasidagi dastlabki finalda Fazliddin Erkinboyev (-75 kg) Bolgariya vakili Kivan Ramini mag‘lub etib, oltin medallar hisobini ochib bergandi. Undan tashqari, shu kungi yarimfinal janglarida ayollar jamoasidan Cabina Boboqulova, Feruza Kazakova va Aziza Zokirova bronza medallarga sazovor bo‘lishgandi. 14 sentabr kuni kunduzgi dasturdagi finallarda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-65 kg), Javohir Ummataliyev (-80 kg), To‘rabek Habibullayev (-90 kg) hamda Abdumalik Xalokov (-60 kg) o‘z janglarida g‘alaba qozongandi.
Shu tariqa, O‘zbekiston boks jamoasi 60 davlatdan 500 dan ortiq bokschilar o‘zaro bahs olib borgan turnirni 6 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza bilan yakunlab, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Qozog‘iston 7 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza bilan birinchi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston erkaklar va ayollar jamoalari Liverpuldagi turnirga jami 18 nafar bokschi bilan tashrif buyurgandi. Yakunda shundan 11 sportchi sovrindor bo‘ldi, 7 nafari esa medalsiz qoldi: erkaklar jamoasida Shodiyor Meliqo‘ziyev (-50 kg), Mirazizbek Mirzaxalilov (-55 kg) va Shavkatjon Boltayev (-70 kg) chorakfinaldayoq ishtirokini to‘xtatdi, ayollar jamoasida esa Nigina O‘ktamova (-54 kg), Humorabonu Mamajonova (-57 kg), Sitora Turdibekova (-60 kg) va Oltinoy Sotimboyeva (-80 kg) medallargacha yetib kela olishmadi.
Sport
Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempioni bo‘ldi
Niderlandiyaning Amsterdam shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi musobaqadagi tarixiy medalga sazovor bo‘ldi.
Yengil vaznli sportchilar o‘rtasidagi juftlik dasturida (LM2x) Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev dueti oltin medal sohibi bo‘ldi. Bu o‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilarning kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida qo‘lga kiritgan birinchi oltin medalidir.
Musobaqada kumush medal Germaniya, bronza medali esa AQSh sportchilariga nasib etdi.
Sport
EChL 2026/2027. Umumiy guruh bosqichi taqvimi e’lon qilindi
UEFA Chempionlar ligasi 2026/2027-yilgi mavsumi umumiy bosqichi to‘liq taqvimni e’lon qildi.
Bu bosqichda har bir jamoa 8 ta o‘yin o‘tkazadi: 4 tasi o‘z maydonida, 4 tasi safarda.
Joriy mavsumdan e’tiboran bir jamoa bir raqib bilan ketma-ket uch mavsum davomida o‘z maydonida o‘ynashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Umumiy bosqichning 1-turi uch kun — seshanba, chorshanba va payshanba (8-9-10-sentyabr) kunlariga taqsimlanadi. Qolgan turlar ikki kun davomida o‘tkaziladi. So‘nggi turda esa barcha uchrashuvlar bir vaqtda boshlanadi.
1-turni Abduqodir Husanov va «Manchester Siti» safarda «Portu»ga qarshi o‘tkazadi. Boshlanishi: bizning vaqt bilan 9 sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:01 da.
Umarali Rahmonaliyev va «Sabah» esa Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi debyutida «Manchester Yunayted» maydonida sinovdan o‘tadi. Boshlanishi: bizning vaqt bilan 11-sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da.
Manba: UEFA
Sport
Rossiyalik shaxmatchilar O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Olimpiadada qatnashmaydi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Prezident kengashi rossiyalik shaxmatchilarni Butunjahon shaxmat Olimpiadasida ishtirok etishiga ruxsat bermadi. Bu haqda Rossiya shaxmat federatsiyasi ijrochi direktori Aleksandr Tkachyov TASS agentligiga ma’lum qildi.
«Jahon shaxmat Olimpiadasida terma jamoalarimiz qatnashmaydi. Kengash ushbu qarorni FIDE prezidenti vazifasini bajaruvchi janob Vishvanatan Anandning tashabbusi bilan qabul qildi», — dedi Tkachyov.
Butunjahon shaxmat Olimpiadasi 16–27 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
2025 yilning dekabrida Xalqaro shaxmat federatsiyasi Bosh assambleyasi rossiyalik sportchilarga nisbatan cheklovlarni to‘liq va qisman bekor qilish uchun ovoz bergan edi. Rossiyalik shaxmatchilarning qaytishiga 61 delegat ovoz bergan, 51 delegat qarshi chiqqan.
Biroq 2026 yil yanvarda Buyuk Britaniya, Germaniya, Norvegiya, Estoniya va Ukraina shaxmat federatsiyalari FIDEning rossiyalik shaxmatchilarga nisbatan sanksiyalarni to‘liq bekor qilish haqidagi qaroriga e’tiroz bildirish niyatida ekani xabar qilindi. Shundan so‘ng, 2026 yil iyun oyida sanksiyalar qayta joriy etildi.
Avvalroq mazkur Olimpiadani Magnus Karlsen va yana bir qator shaxmat yulduzlari ham o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgandi.
Sport
Krishtianu Ronaldu mavsum nihoyasida futbol bilan xayrlashishi mumkin
Krishtianu Ronaldu joriy mavsum nihoyasida professional futboldagi faoliyatiga yakun yasashi mumkin. Bu haqda u Vogue jurnaliga intervyusida ma’lum qildi.
«Ehtimol, bu futboldagi so‘nggi yilim bo‘lishi mumkin, o‘zimdan ulkan meros qoldirishni istayman», — dedi Ronaldu.
Besh karra «Oltin to‘p» egasi ta’kidlashicha, bo‘sh vaqtini hordiq va sayohatlarga ajratmoqchi.
Krishtianu Ronaldu professional futbolga kirib kelganiga 25 yil bo‘ldi. Birinchi katta o‘yinini 2002-yil 14-avgustda Lissabonning «Sporting» klubi safida Milanning «Inter»iga qarshi o‘tkazgan.
Sport
«Arsenal» «Manchester Siti»ni yirik hisobda yengib, Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi
Londonning «Arsenal» klubi o‘z tarixida 18-marta Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi. Jamoa Kardiffda «Manchester Siti»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
O‘yinning 23-soniyasida Rikkardo Kalafiori hisobni ochdi. One Football nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, bu 1968 yildan beri superkubok o‘yinining birinchi daqiqasida urilgan birinchi va kubok tarixidagi eng tezkor gol bo‘ldi.
London jamoasi safida yana Kay Xaverts (28) va Martin Edegor (48) gol urishdi.
O‘tgan mavsumda «Arsenal» Premer ligada g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, manchesterliklar Angliya kubogini qo‘lga kiritdi.
«Shaharliklar» safida Abduqodir Husanov to‘liq harakat qildi.
-
Iqtisodiyot4 days ago
Oziq-ovqat ishlab chiqarishda qaysi hududlar yetakchi?
-
Iqtisodiyot5 days agoPrezident ishtirokida umumiy qiymati 50 trln so‘mlik loyihalar ishga tushirildi
-
Siyosat1 day ago
Prezidentning Mustaqillik bayrami tabrigidan o‘rin olgan asosiy fikrlari
-
Sport21 hours ago
EChL 2026/2027. Umumiy guruh bosqichi taqvimi e’lon qilindi
-
Sport11 hours ago
Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempioni bo‘ldi
-
Jamiyat10 hours ago
Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Hindiston yetakchilariningg tarixiy muzokaralari bo‘lib o‘tdi
