Jamiyat
“Bizga ajratilgan yerni aldab olib qo‘yishdi” – Toshkentning qoq markazidagi bedodlik
Navoiy ko‘chasidagi uylar ortida joylashgan, shu uylarda yashovchilar uchun avtoturargoh qilib belgilangan yer maydoni Toshkent city qurilishi boshlangan paytda “qaytarib berish” va’dasi bilan to‘sib olingan va shu holicha qaytib ochilmagan. Aholi o‘zini aldangan deb his qilmoqda: mashina qo‘yishga joy yo‘q, axlat idishlari yo‘l ustida, chang-to‘zon…
{Yii::t(}
O’tkazib yuborish 6s
O’tkazib yuborish
Toshkent shahri markazidagi Alisher Navoiy ko‘chasida, sobiq maishiy texnika do‘konlari o‘rnida bir necha yillar avval 8 ta ko‘p qavatli uy qurilgan. Ularda yashovchilarning bir paytlar mashina qo‘yishga avtoturargohi bor edi… Keyin nima bo‘lganini ularning o‘zi quyidagicha hikoya qiladi.
— 2011 yilda Navoiy ko‘chasida mana bu ko‘rib turganingiz oq uylar qurilgan – sakkizta, 27-uydan boshlab 41-uygacha. Bu uylarga yashil zona va mana bu tunuka devorning orqasidagi avtoturargoh qurilgan, bizning uylarimizga biriktirilgan. 2-3 yil undan foydalanganmiz. 2017 yildan boshlab Toshkent city qurilishi boshlandi. Parkovkani to‘sib olgandan keyin qurilish boshlagan. 7-8 yil davomida uylar qurildi.
To‘xtovsiz bezovta bo‘ldik: chang-to‘zon, shovqin-suron… Shahrimizning markazi obod bo‘lishi uchun chidadik. Toshkent city’ning qurilishi bitdi. “Vaqtincha to‘sib olganmiz, keyin ochib beramiz”, deyishgan edi. Hatto qurilish tugaganidan keyin uylaringizning devorlarigacha yuvib beramiz, degan va’dalar ham bo‘lgan. Endi bu va’dalar bajarilmagani yetmaganidek, avtoturargohimizni boshqa bir firmaga, korxonaga biriktirishibdi. Qanaqadir qurilishlar qilinyapti.
Bizga bironta ma’lumot ham berilgani yo‘q. Vaholanki, qo‘limizda o‘sha paytdagi bosh vazir, hozirgi kunda muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning farmoyishlari bor. 2011 yil 17 may kungi 288-F sonli farmoyishning 7-bandida aytilgan: Navoiy ko‘chasidagi mazkur 8 ta ko‘p qavatli uyning qurilishi jarayonida avtomobillarni saqlash uchun turargoh ajratilsin, yashil zona ajratilsin… Bu farmondan keyin Toshkent shahar hokimining qarori chiqqan va u qarorda har bir uyga yer maydonlari biriktirilgan.
— City qurilgunicha vaqtincha surib turamiz deb va’da qilishdi, hokim ham bor edi. Buni tortib olish ham deya olmaymiz, aldab olib qo‘yish bu. Shahar bedarvoza – kim nima xohlasa, shuni qiladi. Bu tajovuzkorlik deyiladi.
— Shuncha mashinalar qayerda turishi kerak? Osmonda turmaydi-ku! Uylarimiz changi qarab bo‘lmaydigan darajada. Yetti yildan beri toqatimiz toq bo‘ldi-ku! Qayerga, nima qurishmoqchi bu yerga? Bizga stoyanka kerak-ku, “musorka” kerak, bolalar o‘ynashiga joy kerak. Mana, o‘tgan kuni tez yordam keldi, kira olmay turdi bizning pod’yezdga.
— Domimizning 1-2-qavatlari noturar joylar. Banklar, ofislar bor, ularga kelayotgan mijozlar nari tursin, xodimlarining o‘zining mashinasi sig‘maydi. Oldimizdagi yo‘lning u tarafiga ham, bu tarafiga ham mashina qo‘yishadi. “To‘xtash taqiqlangan” belgisini qo‘yishdi, mashina qo‘yish mumkin emas, lekin baribir qo‘yiladi. O‘zimiz qayerga qo‘yishni bilmaymiz mashinamizni.
Kun.uz Shayxontohur tumani hokimligidan olgan ma’lumotga ko‘ra, bu yer maydoni auksionga chiqarilgan.
Shokir Sharipov tayyorladi.
Jamiyat
Gaz ta’minoti va kadastr tizimida korrupsion jinoyatlar aniqlandi
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida gaz ta’minoti hamda kadastr tizimida sodir etilgan korrupsion jinoyatlar fosh etildi. Har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida korrupsiya bilan bog‘liq ikki holatga chek qo‘yildi.
Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyatidagi «Urguttumangaz» gaz ta’minoti bo‘limining mansabdor xodimi hamda ushbu tashkilotning sobiq xodimi mahalliy MChJga qarashli ishlab chiqarish sexiga yangi tabiiy gaz taqsimlash uskunasini o‘rnatish uchun loyiha hujjatlarini rasmiylashtirish va texnik shart ruxsatnomasini olib berish evaziga 2 ming AQSh dollari talab qilgan. Ular so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qashqadaryo viloyatida esa Kadastr agentligining tuman bo‘limi boshlig‘i mahalliy fuqaroga issiqxona qurish uchun ajratilgan 50 sotix sug‘oriladigan yer maydonini boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, buning uchun muqaddam 11 600 AQSh dollari olgani aniqlangan.
Tergovga qadar tekshiruvda mansabdor shaxs olgan mablag‘ining bir qismini — 49,7 mln so‘mni qaytarib bergan vaqtida uning noqonuniy harakatlari fosh etilgan. Keyinchalik qolgan 89,5 mln so‘m ham jabrlanuvchiga qaytarilgan.
Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
DXX fuqarolarga murojaat qilib, kundalik hayotda korrupsiya va boshqa qonunbuzilish holatlariga duch kelganda, idoraning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishni so‘radi. Qayd etilishicha, murojaat etuvchilarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
Jamiyat
Navoiyda 7 yoshli bolaga yuk mashinasi boshqaruvini bergan shaxsga chora ko‘rildi
Bolaga Howo yuk mashinasi boshqaruvini ammasining o‘g‘li ishonib topshirgan. “Mashina boshqarishni o‘rgatmoqchi edim”, degan u. Mashina jarima maydoniga joylashtirilgan, huquqbuzarlarga esa ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Navoiyda Howo yuk mashinasi boshqaruvini 7 yoshli bolaga ishonib topshirgan shaxs aniqlandi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda yosh bola yuk mashinasini boshqarib borayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Qoidabuzarlik yuzasidan tezkorlik bilan surishtiruv harakatlari olib borilgan. Jarayonda voqea 2025 yil sentabr oyida bo‘lgani aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, bolaga boshqaruvchi uning ammasini o‘g‘li ishonib topshirgan. “Akam menga katta mashinasini berdi. Men uni boshqardim. Endi qaytib qilmayman”, degan bola.
Huquqbuzar qilgan ishidan afsusda ekanini aytib, jiyaniga mashina boshqarishni o‘rgatmoqchi bo‘lganini bildirgan.
Karmanalik ushbu shaxsning xatti-harakati va ota-onaning farzandini nazoratsiz qoldirgani yuzasidan MJtKning tegishli bandlari bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Yuk mashinasi esa jarima maydoniga joylashtirilgan.
Avvalroq Farg‘onada voyaga yetmagan shaxs Malibu’da uchta bolani urib ketgan edi. Ulardan biri vafot etgandi.
Jamiyat
Deputatlarga «Tashabbusli budjet» loyihalari bo‘yicha yangi imkoniyatlar berildi
«Tashabbusli budjet jarayonlari doirasida mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda xalq vakillari va jamoatchilik uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratish to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Sun’iy intellekt yaratgan surat
Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 avgustdan tashabbusli budjet jarayonida deputatlar tomonidan loyihalarni qo‘shimcha ravishda g‘olib deb e’lon qilish uchun imkoniyatlar yanada kengaytiriladi.
Bunda:
har bir deputat tomonidan «Ochiq budjet» axborot portalida (portal) bir mavsum uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida bir yoki bir nechta loyihalar tanlanib, qo‘shimcha ravishda g‘olib deb e’lon qilinadi;
deputat vakolati muddatidan ilgari tugatilgan hollarda «Tashabbusli budjet» jarayonlarida parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha komissiya qaroriga ko‘ra boshqa deputatlar tomonidan tashabbusli budjet jarayonlarining tegishli saylov okrugidagi qo‘shimcha g‘oliblari aniqlanadi.
2027 yil 1 yanvardan sheriklik loyihalarini qo‘shimcha ravishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, to‘lov tashkilotlari va tijorat banklarining mobil ilovalari orqali moliyalashtirish imkoniyatlari yaratiladi.
Mobil ilovalarda portal bilan integratsiya ta’minlangan holda barcha sheriklik loyihalarining ro‘yxati va tashabbusli budjet jarayonining onlayn statistikasi aks ettiriladi.
Qiymati BHM 2000 baravarigacha (taxminan 824 mln so‘m) bo‘lgan ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha sheriklik loyihalarini tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshirish tartibi joriy etiladi.
Jamiyat
Toshkentda YTH oqibatida Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Kia rusumli avtomobil chorrahada katta tezlikda harakatlangani va qayrilib olayotgan Lacetti’ni urib o‘tganini ko‘rish mumkin. Jabrlanuvchilar haqida hozircha ma’lumot berilmadi.
Toshkent shahri Yunusobod tumanida Lacetti va Kia K5 rusumli avtomobillar ishtirokida ayanchli avariya ro‘y berdi.
Poytaxt YHXB matbuot xizmati ma’lum qilishicha, hodisa 30 iyun kuni soat 05:10 larda Amir Temur–Bog‘ishamol ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan. Lacetti Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtida, o‘zidan o‘ng tomondan harakatlanib kelgan Kia K5 rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Kia katta tezlikda harakatlanib, Lacetti’ning orqa qismini urib o‘tganini ko‘rish mumkin.
Xabarda avtomobilda bo‘lganlarning ahvoli haqida ma’lumot berilmagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
avtomobilni olib qochish moddasi ayblovdan chiqarilgan
Voyaga yetmagan Doniyor Turg‘unov odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyatida ayblanmoqda. Jinoyat ishi Mirobod tuman sudida yopiq tarzda ko‘rib chiqilmoqda. 26 iyun kuni dastlabki sud majlisi o‘tkazilgan.
Joriy yil 25 fevral kuni Toshkent shahrida BMW mashinasida YPX inspektorini urib ketgan voyaga yetmagan Doniyor Turg‘unovga nisbatan olib borilgan dastlabki tergov harakatlari yakunlanib, ish sudga oshirilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbalari ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, jinoyat ishi Mirobod tuman sudida yopiq tarzda ko‘rib chiqilmoqda (JPK talabiga ko‘ra, voyaga yetmaganlar ishtirokidagi ishlar yopiq ko‘riladi). 26 iyun kuni dastlabki sud majlisi o‘tkazilgan.
Jinoyat ishi yopiq tarzda o‘tkazilayotgani uchun sud majlislari jadvalida keltirilmagan.
Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati Kun.uz so‘roviga javoban ish jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida ko‘rilayotgani, ish sudga Jinoyat kodeksining 104-moddasi uchinchi qismi «d» bandi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan taqdim etilgani, sudlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi saqlanib qolgani haqida ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yil 25 fevral kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida voyaga yetmagan Doniyor Turg‘unov BMW mashinasida yo‘l-patrul xizmati inspektori Hosilbek Eshnazarovni urib yuborgandi.
Inspektor og‘ir jarohatlar oqibatida vafot etgan.
Shundan so‘ng Doniyor Turg‘unov qamoqqa olingan va unga Jinoyat kodeksining 267-moddasi (avtotransport vositasini olib qochish) va 104-moddasi uchinchi qismi «d» bandi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan ayb e’lon qilingandi.
Marhum kichik serjant Hosilbek Eshnazarov prezident farmoniga ko‘ra, «Jasorat» medali bilan mukofotlandi va uning oilasiga Toshkent shahridan 3 xonali kvartira berildi.
-
Dunyodan2 days agoEron Hormuz boʻgʻozi orqali oʻtayotgan kemalarni ogohlantirdi
-
Siyosat5 days agoPrezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Savdo vakili Jeymison Grini qabul qildi
-
Dunyodan4 days agoQirgʻiziston va Oʻzbekiston chegarani delimitatsiya qilish doirasida hudud almashadilar
-
Sport5 days agoDo‘stlar sharafiga Lamin Yamal deb nomlangan bola – jahon futbol yulduzi haqida
-
Sport5 days agoYaponiya futbolining buyuk sabog‘i: mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarish
-
Iqtisodiyot5 days ago
Ertaga dollar tushib, yevro biroz ko‘tariladi
-
Iqtisodiyot4 days ago
O‘zbekiston kivilarni asosan Erondan import qilmoqda
-
Turk dunyosi5 days agoJahon chempionati: Amerika Turkiyaga yutqazganiga qaramay “yuqori darajada”. pulsic salomatlik
