Connect with us

Iqtisodiyot

‘Better Call Saul’ has been renewed for a fourth season

Quis autem vel eum iure reprehenderit qui in ea voluptate velit esse quam nihil molestiae consequatur, vel illum qui.

Published

on

Photo: Shutterstock

At vero eos et accusamus et iusto odio dignissimos ducimus qui blanditiis praesentium voluptatum deleniti atque corrupti quos dolores et quas molestias excepturi sint occaecati cupiditate non provident, similique sunt in culpa qui officia deserunt mollitia animi, id est laborum et dolorum fuga.

Quis autem vel eum iure reprehenderit qui in ea voluptate velit esse quam nihil molestiae consequatur, vel illum qui dolorem eum fugiat quo voluptas nulla pariatur.

Temporibus autem quibusdam et aut officiis debitis aut rerum necessitatibus saepe eveniet ut et voluptates repudiandae sint et molestiae non recusandae. Itaque earum rerum hic tenetur a sapiente delectus, ut aut reiciendis voluptatibus maiores alias consequatur aut perferendis doloribus asperiores repellat.

Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipisicing elit, sed do eiusmod tempor incididunt ut labore et dolore magna aliqua. Ut enim ad minim veniam, quis nostrud exercitation ullamco laboris nisi ut aliquip ex ea commodo consequat.

“Duis aute irure dolor in reprehenderit in voluptate velit esse cillum dolore eu fugiat”

Nemo enim ipsam voluptatem quia voluptas sit aspernatur aut odit aut fugit, sed quia consequuntur magni dolores eos qui ratione voluptatem sequi nesciunt.

Et harum quidem rerum facilis est et expedita distinctio. Nam libero tempore, cum soluta nobis est eligendi optio cumque nihil impedit quo minus id quod maxime placeat facere possimus, omnis voluptas assumenda est, omnis dolor repellendus.

Nulla pariatur. Excepteur sint occaecat cupidatat non proident, sunt in culpa qui officia deserunt mollit anim id est laborum.

Sed ut perspiciatis unde omnis iste natus error sit voluptatem accusantium doloremque laudantium, totam rem aperiam, eaque ipsa quae ab illo inventore veritatis et quasi architecto beatae vitae dicta sunt explicabo.

Neque porro quisquam est, qui dolorem ipsum quia dolor sit amet, consectetur, adipisci velit, sed quia non numquam eius modi tempora incidunt ut labore et dolore magnam aliquam quaerat voluptatem. Ut enim ad minima veniam, quis nostrum exercitationem ullam corporis suscipit laboriosam, nisi ut aliquid ex ea commodi consequatur.

Iqtisodiyot

Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston yetakchi sheriklar

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda tashqi savdo aylanmasi 20,7 foizga oshgan. Savdo sheriklari orasida Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston yuqori ulushni saqlab qolgan.

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 81,2 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 13,9 mlrd dollarga yoki 20,7 foizga oshgan.

Yil yakunlariga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasi tarkibida: eksport — 33,8 mlrd dollar (+24 foiz), import — 47,4 mlrd dollar (+18,5 foiz)ni tashkil etgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston jahonning 210 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirmoqda.

Tashqi savdoda eng yuqori ulush quyidagi mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan:


Xitoy — 21,2 foiz;
Rossiya — 16,0 foiz;
Qozog‘iston — 6,1 foiz;
Turkiya — 3,7 foiz;
Koreya Respublikasi — 2,1 foiz.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari 29,1 mln so‘mni tashkil etdi

Published

on


2025 yilda mamlakatda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6,8 foizga o‘sgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ko‘rsatkich esa 29,1 mln so‘mni tashkil etgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonda jami 1,1 kvadrillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 6,8 foizga yuqori ekani qayd etilgan.

Statistikaga ko‘ra, aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 29,1 mln so‘mni tashkil etgan. Bu esa hududlarda ishlab chiqarish salohiyatining bosqichma-bosqich o‘sib borayotganini ko‘rsatadi.

Shuningdek, 2026 yil 1 yanvar holatiga respublikada 59,8 mingta sanoat korxonasi faoliyat yuritayotgani ma’lum qilingan. 

Sanoat korxonalari sonining ortishi ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy faollikni kuchaytirishda muhim omil hisoblanadi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

2025 yilda O‘zbekiston mahsulotlari 75 ta davlatga eksport qilingan

Published

on


Qozog‘istonning Tribune nashri O‘zbekiston prezidenti boshchiligida TIV va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati muhokama qilingan yig‘ilish haqida maqola e’lon qildi. Materialda 2025 yilda tashqi savdo aylanmasi ilk bor 80 mlrd dollardan oshgani, 2026 yil uchun esa eksportni 40 mlrd dollarga yetkazish maqsadi qo‘yilgani qayd etilgan.

Qozog‘istonning Tribune nashrida O‘zbekiston prezidenti boshchiligida Tashqi ishlar vazirligi hamda xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyati masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish haqida maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Materialda yozilishicha, 2025 yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi ilk bor 80 milliard dollardan oshgan. Yil yakunlariga ko‘ra, eksport hajmi 33,5 milliard dollarga yetgan, xorijiy investitsiyalar oqimi esa 43 milliard dollardan ortgan.

Qayd etilishicha, o‘tgan yilgi xalqaro tashriflar, muzokaralar va iqtisodiy forumlar davomida umumiy qiymati 160 milliard dollarlik kelishuvlar imzolangan. Shuningdek, eksport geografiyasi kengayib, O‘zbekiston mahsulotlarini 75 ta davlatga yetkazib berish qariyb 4,5 milliard dollarga oshgan.

Yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy diplomatiyaning yanada amaliy modeliga o‘tishini ma’lum qilgan. Elchilar faoliyati uchun asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari sifatida ular ish olib borayotgan mamlakatlardan eksportni oshirish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish va fuqarolarni chet elda qonuniy ish o‘rinlariga joylashtirishga ko‘maklashish kabi yo‘nalishlar belgilanmoqda.

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda yengil sanoatni rivojlantirish va to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining AQSh, Turkiya, BAA, Xitoy, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Rossiya va Polshada vakolatxonalarini ochish rejalashtirilgan. Tribune yozishicha, mazkur mamlakatlarda to‘qimachilik mahsulotlari importining umumiy hajmi 90 milliard dollarga baholanmoqda.

Shu bilan birga, kamida 15 ta xorijiy kompaniya va xalqaro brendlarni O‘zbekistonga jalb qilish, sohadagi 100 ta korxonada Better Work, BCI va Organic standartlarini joriy etish vazifasi qo‘yilgan. Viloyat hokimlariga elchixonalar bilan hamkorlikda 500 ta yirik to‘qimachilik eksportyorlari mahsulotlari namunalarini xorijdagi diplomatik vakolatxonalarga joylashtirish topshirilgan.

Materialda 2026 yil uchun yangi maqsadli ko‘rsatkichlar ham keltirilgan: eksport hajmini 40 milliard dollarga yetkazish va 50 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish. Elchilarga hududlarning raqobat ustunliklarini tahlil qilish va asosiy e’tiborni investorlar, texnologiyalar hamda yangi bozorlarni jalb etishga qaratish vazifasi yuklatilgan.

Shuningdek, Tribune’ga ko‘ra, O‘zbekistonning AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveytsariya, Xitoy, Yaponiya va Singapurdagi elchixonalariga O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun dunyoning eng yaxshi 100 talik reytingidagi universitetlarni jalb qilish choralarini ko‘rish topshirilgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘tgan yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 81 mlrd dollardan oshdi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 81,2 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,9 mlrd AQSh dollariga yoki 20,7 foizga oshgan.

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida:

Eksport – 33,8 mlrd (+24 %)

Import – 47,4 mlrd (+18,5 %) AQSh dollarini tashkil etdi.

O‘zbekiston jahonning 210 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy (21,2 %), Rossiya (16,0 %), Qozog‘iston (6,1 %), Turkiya (3,7 %) va Koreya Respublikasi (2,1 %) hissasiga to‘g‘ri keldi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonning tashqi savdosi: asosiy tendensiyalar

Published

on


2025 yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 81 mlrd dollardan oshdi. Bunda Xitoy va Rossiyaning ulushi 37 foizni tashkil qildi. Yil davomida mutlaq rekord – 9,9 mlrd dollarlik oltin sotildi. Ichki bozorda narxlarning qimmatlashishi fonida go‘sht importi 70 foizga oshdi. Taqchillikning ortib borayotganiga qaramay gaz eksporti davom ettirildi. Shuningdek, elektr toki sotuvi ham qiymat jihatdan 45 foizga oshib, 169 mln dollarga yetdi.

2025 yilda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 81,2 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 13,9 mlrd dollarga yoki 20,7 foizga ko‘p.

Bunda eksport hajmi 33,8 mlrd dollar (+24 foiz), import hajmi esa 47,3 mlrd dollar (+18,5 foiz) bo‘ldi. Tashqi savdo salbiy saldosi esa 13,5 mlrd dollardan oshdi.

Hisobot davrida tashqi savdo aylanmasining eng katta qismi Xitoy (21,2 foiz), Rossiya (16 foiz) Qozog‘iston (6,1 foiz), Turkiya (3,7 foiz) va Janubiy Koreya (2,1 foiz) bilan qayd etilgan.

2025 yilda 2024 yilga nisbatan yirik hamkor 20 ta davlatdan Janubiy Koreya (-14 foiz), Turkiya (-0,4 foiz), AQSh (-2 foiz) va Polsha (-2,3 foiz) bilan savdo aylanmasi miqdori qisqardi. Qolgan 16 ta davlat bilan umumiy savdo hajmi sezilarli darajada ko‘paydi. Xususan, Shveytsariya (+84 foiz), BAA (+52,7 foiz), Afg‘oniston (+47,5 foiz), Qirg‘iziston (+37,1 foiz) va Hindiston (+33,3 foiz) kabi davlatlar bilan umumiy savdo aylanmasida katta o‘sish qayd etilgan.

Umuman olganda, oxirgi yillarda asosiy hamkor davlatlardan Janubiy Koreya va Turkiya bilan savdo hajmi davomli tarzda qisqarib boryapti. Masalan, 2 yil ichida Koreya bilan bu ko‘rsatkich 26 foizga pasaygan.

Eksport

O‘tgan yilda 9,9 mlrd dollarlik (+32,3 foiz) oltin sotildi. Bu umumiy eksportning 29,3 foizini tashkil etadi. Oxirgi 3 oyda qimmatbaho metall eksporti amalga oshirilmagan. So‘nggi yillarda quyidagi qiymatdagi oltin sotuvi amalga oshirilgan:


2019 yil – 4,9 mlrd dollar (umumiy eksportning – 28,2 foizi);
2020 yil – 5,8 mlrd dollar (38,3 foiz);
2021 yil – 4,1 mlrd dollar (24,7 foiz);
2022 yil – 4,1 mlrd dollar (21,3 foiz);
2023 yil – 8,1 mlrd dollar (32,8 foiz);
2024 yil – 7,4 mlrd dollar (27,8 foiz).

Shuningdek, eksport tarkibida sanoat tovarlari (11,8 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (8,7 foiz), kimyoviy vositalar (6,3 foiz), turli xil tayyor buyumlar (5 foiz) va mineral yoqilg‘ilar (4,4 foiz) ham sezilarli ulushga ega bo‘ldi.

Hisobot davrida 628,8 mln dollarlik gaz sotilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 foizga ko‘p. Bundan tashqari, 674 mln dollarlik neft va neft mahsulotlari (+18,6 foiz), 169 mln dollarlik elektr toki (+45,6 foiz) eksporti ham amalga oshirilgan. Shuningdek, 357 mln dollarlik avtomobil va uning ehtiyot qismlari sotilgan. Bu 2024 yilga nisbatan 13,8 foizga kam.

O‘zbekistonning asosiy eksport bozori Rossiya (12,8 foiz), Xitoy (7,3 foiz), Qozog‘iston (4,6 foiz), Afg‘oniston (4,5 foiz), Turkiya (3,4 foiz), Fransiya (2,6 foiz), Qirg‘iziston (2,3 foiz), BAA (2,1 foiz), Tojikiston (2 foiz) va Pokiston (1 foiz) davlati bo‘ldi. Ushbu mamlakatlarga umumiy eksportning 40 foiz qismi to‘g‘ri kelgan.

Import

Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (33,8 foiz), sanoat tovarlari (15,3 foiz) hamda kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (11,8 foiz) hisobiga to‘g‘ri keldi.

2025 yilda 4,5 mlrd dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar import qilingan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23,5 foizga ko‘p. Eng katta o‘sish go‘sht va go‘sht mahsulotlari (869 mln dollarlik) importida kuzatilgan – 70,6 foiz. O‘tgan yilda 1 mlrd 659 mln dollarlik gaz sotib olingan, bu 2024 yilgi ko‘rsatkichning 98,8 foizini tashkil etadi. Shuningdek, 1 mlrd 555 mln dollarlik (+5,8 foiz) benzin import qilingan.

Oxirgi yillarda gaz importi quyidagicha o‘zgardi:


2020 yil – 50,4 mln dollar;
2021 yil – 154,5 mln dollar;
2022 yil – 281,9 mln dollar;
2023 yil – 694,9 mln dollar;
2024 yil – 1 mlrd 679,7 mln dollar.

Yettita davlat, jumladan, Xitoy (31,2 foiz), Rossiya (18,3 foiz), Qozog‘iston (7,2 foiz), Turkiya (4 foiz), Koreya (3,5 foiz), Germaniya (2,7 foiz) va Hindistondan (2,4 foiz) jami importning 60 foizdan ko‘proq qismi amalga oshirilgan. 



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.