Jamiyat
Bemorlarning aniq hisobi yo‘q – Toshkent viloyati bog‘chalarida bolalar ommaviy zaharlandi
Oqqo‘rg‘on, Piskent, Bo‘ka va Quyi Chirchiq tumanlaridagi davlat bog‘chalarida yuzlab bolalar zaharlangan. Rasmiylar bu borada aniq ma’lumotni bermayotgan vaqtda manbalar zaharlanganlar mingdan oshganini aytmoqda. Kasalxonalarga sig‘magan bolalar qo‘shni tuman kasalxonalariga yo‘naltirilyapti. Bemor bolalarda dard isitma, ko‘ngil aynishi, qon aralash ich ketishi bilan kechmoqda. Kun.uz muxbiri Piskent va Oqqo‘rg‘on tumanlarida bo‘lib tafsilotlarni o‘rganishga urindi.
{Yii::t(}
O’tkazib yuborish 6s
O’tkazib yuborish
“Buguni bilan 10 marta ichi ketdi” – Piskentdagi holat
Ijtimoiy tarmoqlarda Piskent hamda Bo‘ka tumanlarida bog‘cha bolalari ovqatdan zaharlanib, shifoxonaga tushib qolganiga oid video va rasmlar tarqalgach, Kun.uz muxbiri dastlab Piskent tumani tibbiyot birlashmasida bo‘lib, bolalarning ota-onalari bilan suhbatlashishga harakat qildi.
Aksariyat onalar farzandida isitma, ich ketishi, qayt qilish holatlari kuzatilganini, bu bog‘chadan qaytgach yuzaga kelganini aytdi. Quyida suhbatdan ayrimlari keltiriladi.
“Kecha [24 sentabr kuni] bog‘chaga jo‘natdik, ertalab nonushtasini qilgan, tushda ovqatini yemabdi, mazasi bo‘lmay boshlabdi. Keyin uxlabdi, uyqudan turganidan keyin issig‘i chiqib, boshi og‘rib yig‘labdi. So‘ng bog‘cha opasi telefon qilib: “shunaqa mazasi bo‘lmayapti, olib ketinglar” deb aytishdi. Keyin borib olib keldik, uyga kelgach issig‘i baland, boshida og‘rig‘i bor edi, ichi ketdi.
Issig‘i tushishi rosa qiyin bo‘ldi. Uyda o‘zimiz isitma tushiradigan dori berdik. Issig‘i tushmadi, ichi ketaverdi, keyin bu yerga shifoxonaga olib keldik. Birinchi yordamlarni ko‘rsatishdi, tonggi 3 larga yaqin issig‘i tushdi. Hozir sal yaxshi, ishtahalari ochilib, kuch-quvvatga kirib qoldi.
Bir kun oldin faqat kefir bilan pirog yegan, ertasi kuni tuxumli omlet yedim dedi, shu bilan obedda ovqat yemagan. Nimadan ekani aniqmas hali”, – deydi tumanning 6-bog‘chasiga farzandini bergan ona.
“[24 sentabr kuni] soat 16:00 larda telefon qilishdi, ko‘chada ish bilan qaytayotgandim, bordim, keyin [qizimni] olib qaytsam, isitmalagan. Isitma bilan uyga qaytdik. Bolamning o‘zidan so‘rasam, u ham kefir bilan ozgina bulochkami yegan ekan, shuni orqasidan deb o‘yladik. Hozircha aniq tashxis qo‘yilmadi.
Uyga bordik, ozgina qayt qildi, kechqurun isitmasi tushmadi, biz ham tabletka berdik. Keyin kechqurun qarasak, bo‘lmaydigan, olib keldik. Hamma qatori kelsak, ko‘pchilik zaharlangan shekilli”, – deydi otalardan biri.
“Ertalab uydan yaxshi holatda 3-bog‘chaga chiqib ketgan. Soat 16:00 da bolani olayotganimizda issig‘i chiqqan, men uydan kelsam, bolaning isitmasi 39 daraja. Keyin o‘zim “svecha” qo‘ydim, men tomog‘i og‘riyapti deb o‘yladim. Keyin qayt qildi, keyin ichi ketdi. Keyin hamshiramiz telefon qildi, o‘g‘limni ahvolini so‘radi. Shunaqa bo‘lyapti dedim, bolada zaharlanish boshlangan, tez shoshilinchga olib kelishimni so‘radi, olib kelsam shunaqa. Kechquruni bilan 39 daraja bo‘ldi, buguni bilan 10 marta ichi ketdi.
Bola zaharlangan, bular ertalab sut bilan tuxumli omlet bergan deyishyapti. Shuni o‘g‘lim ozgina ichdim, achchiqroq edi deyapti. [O‘g‘lim sutli mahsulotlarni] yaxshi qabul qiladi, hammasini ichadi, kashalarni ham yaxshi ko‘radi. 4 nafar farzandim ham davlat bog‘chasiga borgan bo‘lsa, bunday narsa bo‘lmagan. Mana 4-farzandimda shuni ko‘rdim”, – deydi yana bir ona.
Piskent tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i Mohira Ubayxonovaning aytishicha, Piskentda jami 23 ta davlat bog‘chasi bo‘lsa, 24 sentabr kechasida shuning 15 tasidan bolalar qayt qilish va ich ketish simptomlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ularning soni 100 nafardan ziyod.
“Biz zudlik bilan laboratoriya, ishchi guruhlarni shay qilib, sanitar-epidemiologik surishtiruv ishlarini boshladik. Har bir bog‘chada [ovqat] autsorser tomonidan ta’minlanadi, har bir bog‘cha hamshirasi, oshxonasi tomonidan sutkalik ovqat sinamalari olib qolinadi. Ovqat sinamalarini nazoratga oldik, o‘rnatilgan tartibda tekshirish jarayonlarini boshladik.
Barcha murojaat qilgan bolalarga birinchi yordam berish ishlari olib borilmoqda. Murojaatlar kamaydi, yaxshilanish holatlariga o‘tib bormoqda”, – dedi u.
Sanepid xodimining qo‘shimcha qilishicha, bolalardagi simptomlar ovqatdan zaharlanish bo‘lib chiqishi ham mumkin. Yanayam 3 kundan 5 kungacha laboratoriya tahlillarining natijasi chiqsa, vaziyat oydinlashishi ta’kidlandi.
“Nabiramning ichi qonga o‘xshab o‘tyapti” – Oqqo‘rg‘ondagi holat
Piskent tumanidan keyin Kun.uz Oqqo‘rg‘on tibbiyot birlashmasida ham bo‘lib, vaziyatni o‘rganishga urindi. Ammo holatni surishtirishda bir qancha to‘sqinliklar yuzaga keldi.
Biroz tortishuvlardan so‘ng jamoa bilan tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limini topishga muvaffaq bo‘ldik. Joyda tuman hokimi To‘ra Bobolov hamda bir qancha mas’ullarga ko‘zimiz tushdi.
Ularning ma’lumotiga ko‘ra, Oqqo‘rg‘onda jami 20 ta davlat MTT mavjud, unda 3 mingga yaqin bola tarbiyalanadi. Bir sutka bo‘lmasidan shifoxonaga 210 ga yaqin murojaat bilan ota-onalar o‘z farzandlarini olib kelishgani aytildi.
“Kecha [24 sentabr] kechasi 5 ta bog‘chadan murojaat qilishdi, soat 22:00 larda o‘tkir diareya bilan boshlandi. Lekin og‘ir bemorlar yo‘q, ovqatdan zaharlanish deb bo‘lmaydi bu holatni, chunki buni laboratoriya tahlillari aytadi. Barcha mahsulotlardan sanepid qo‘mitaning laboratoriyasiga analizlar olindi, bolalarning hammasi malakali mutaxassislar nazoratida. Og‘ir bemorlarimiz qayd etilmadi. Holatlari qoniqarlilariga uylariga javob berilyapti. Palatada 64 nafar bola yotibdi. Ularning hammasida holat qoniqarli, kechgacha javob beriladi”, – dedi Oqqo‘rg‘on tumani sanepid bo‘limi boshlig‘i Zuhra Dostonova.
Qayd etilishicha, yuqumli kasalliklar bo‘limi binosi 82 nafarga mo‘ljallangan bo‘lib, hozir to‘liq quvvatda ishlamoqda, ayrim ota-onalar farzandlarini boshqa shifoxonaga olib ketishga majbur bo‘lgan. Rasmiylar bu holatni ambulator tartibda davolanishdagi bemorlar ham shu bo‘limda qolgani bilan izohlashdi.
Jamoa bilan vaziyatni ichkariga kirib o‘rganishga urindik, ammo rasmiylarning qarshiligi sabab buning imkoni bo‘lmadi. Ota-onalarga ko‘ra, bolalarning holati stabil emas, ular bundan qattiq xavotirda.
“Tinimsiz ichi o‘tib yotibdi. Zaharlanish deyishyapti. Men boshida tomog‘imi deb o‘yladim, keyin qo‘shnilar zaharlanish bo‘lganini aytishdi. Mana endi shifoxonama-shifoxona yuribmiz endi, kechadan beri yuguramiz”, – deydi onalardan biri.
“Soat 17:00 larda nabiram bog‘chadan keldi. Kefir ichibdi, keyin ichim-ichim dedi. Keyin qaynoq suv berdim, u qildim, bu qildim, [tungi] soat 2 da harorati 38-40 darajaga chiqib ketdi. Qayt qildi, shunaqa qilib infeksionniyga chopib keldik. Hech kimning bolasi bunday vaziyatga tushmasin ekan, o‘zim nima qilishni bilmay qoldim. [Nabiram kefirni] 1-bog‘chada ichgan.
O‘ziga keldi, harorati tushdi, Xudoga shukr. Lekin o‘sha kefirni tekshiradigan SES xodimlaridan xafa bo‘ldim. [Mahsulotning] har kungi holatini tekshirmaydimi, hozir hamma yerda trevoga bo‘lib yotibdi”, – deydi buvilardan biri.
“Ichi o‘tdi, oyoqlari ishlamay qoldi, tuni bilan bola bilan olishib rosa qiynaldik. Keyin ertalab o‘g‘limga dorixonadan dori olib kelishini aytsam, dorixonadagilar zaharlanganini aytib, shu yerga jo‘natishdi. Shu yerga qarab keldik. Isitmasi endi tushdi, shundayam sal ichi ketib turibdi. Endi bu holatga kelish rosa qiyin-da, ayniqsa buvilar uchun. Shunga qiynaldik”, – deydi yana bir buvi.
“Shaxsan men xavotir olyapman, [nabiramning] ichi qonga o‘xshab o‘tyapti. Qizim ham hozir stressda. Bog‘cha bilan gaplashdik, biz javob bermaymiz deyishdi, tadbirkorlarga berilgan ekan, mahsulotlarni ular olib kelarkan, olib kelinganini pishirishar ekan”, – dedi 6-bog‘cha tarbiyalanuvchisining buvisi.
Nechta bola zaharlangani hanuz ochiqlanmadi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, hozirda bog‘chalarning oshxonalari ko‘zdan kechirilib, bolalar sutkalik iste’mol qilgan taomlardan olingan namunalar laboratoriyalarda tekshirilmoqda. Viloyat boshqarmasi vakillari qo‘mitaga tafsilotlarni hali bermagan.
Bolalar ombudsmaniga ko‘ra, holat yuzasidan 25 sentabr kuni Toshkent viloyati IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan JKning 257-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining dastlabki xabarida zaharlanish Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi bog‘chalarda kuzatilgani, bunga Oqqo‘rg‘on tumanidagi sexlarning birida ishlab chiqarilgan kefir sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi aytilgandi.
Keyinroq vazir boshchiligida o‘tgan tekshiruvlarda Quyi Chirchiqdan 12 nafar, Oqqo‘rg‘on tumanidan 97 nafari – jami 109 nafar bola kasalxonaga yotqizilgani ma’lum bo‘ldi.
Piskent va Bo‘ka tumanlaridagisi esa ochiqlanmagan. Ta’kidlanishicha, u yerdagi tarbiyalanuvchilar ko‘rikdan o‘tkazilmoqda, «hozirgacha bolalar sog‘lig‘iga jiddiy xavf soladigan holatlar aniqlanmagan».
Hozirda Toshkent viloyatining nechta tumanida qancha bola bilan shunday zaharlanish bo‘lgani ma’lum emas, hech bir rasmiy bu borada aniq raqamlarni ochiqlaganicha yo‘q. Tahririyatning manbalariga ko‘ra, Piskent, Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on hamda Quyi Chirchiqda zaharlanganlar soni mingdan oshgan.
Ma’lumot uchun, Toshkent viloyatidagi barcha davlat bog‘chalarini ovqatlantirishga mas’ul autsorserlari ham shu yil avgust oyida o‘tgan tender asosida yangilangandi. Shunga muvofiq, Piskentga Governess Business MChJ, Oqqo‘rg‘on hamda Quyi Chirchiqqa Nishon Invest MChJ, Bo‘kaga esa Innavation-Outsourcing-service MChJ mas’ul qilingan.
Kun.uz bundan avvalroq Samarqand viloyatidagi autsorserlar tomonidan bog‘chalarga hidlangan go‘sht tarqatilgani, keyinroq esa autsorsing tizimida korrupsion elementlarning ehtimoliy aralashuvi borligi haqida ko‘rsatuvlar tayyorlagandi. Bu ikki keysda ham na Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, na huquq-tartibot idoralari rasmiy munosabat bildirishmagandi.
Jamiyat
Centrum Air yangi yo‘nalish ochilishi munosabati bilan Antaliyaga maxsus reysni amalga oshirdi
Centrum Air aviakompaniyasi yangi Toshkent – Antaliya yo‘nalishi ochilishiga bag‘ishlangan keng ko‘lamli tadbirni o‘tkazish uchun Antaliyaga maxsus reys tashkil etdi. Mazkur reys bilan Turkiyaga taklif etilgan mehmonlar, jumladan, turizm sohasi vakillari, hamkorlar, blogerlar va OAV xodimlari yetkazildi.
27-aprel kuni Gloria Verde Resort mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan gala-kecha mavsumning asosiy turistik voqealaridan biriga aylanadi. Marosimda 200 dan ziyod mehmonlar, jumladan, Centrum Holidays’ning yetakchi turistik agentlari ishtirok etadi.
Toshkent – Antaliya yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni 2026-yil 15-maydan boshlab yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda parvozlar haftasiga 2-marta, 29-maydan esa har kuni amalga oshiriladi.
Parvozlar 347 nafargacha yo‘lovchini tashiy oladigan, yuqori darajadagi qulaylikka ega hamda uzoq masofali parvozlar uchun mo‘ljallangan zamonaviy keng fyuzelyajli Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Barcha turlar Centrum Holidays’dan parvoz va yashash xarajatlarini o‘z ichiga olgan tayyor turpaketlar shaklida taqdim etiladi. Yo‘lovchilar kompaniyaning onlayn platformasi orqali mos mehmonxona va dam olish formatini tanlashlari mumkin.
Turpaketning minimal narxi bir kishi uchun 11,4 mln so‘mdan boshlanadi.
Dastur doirasida parvoz uchun jozibador shartlar ko‘zda tutilgan:
bagaj me’yori – 60 kg gacha (weight concept): umumiy vaznga rioya qilgan holda cheklanmagan miqdordagi yuk o‘rinlari;
qo‘l yuki – 8 kg gacha;
2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun parvoz bepul (alohida o‘rindiqsiz);
2 yoshdan 11 yoshgacha (shu jumladan) bo‘lgan bolalar uchun tarifdan 1,2 mln so‘m chegirma beriladi.
Takliflar, mehmonxonalar va parvoz sanalari haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni Centrum Holidays platformasidan olishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun kontaktlar:
Telefonlar: +998772820880, +998772810880, +998702000880
Sayt | Instagram | Telegram
Jamiyat
«Karkidon» suv ombori hududida 635 mlrd so‘mlik majmua barpo etilmoqda: tafsilotlar
Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida Quva tumanida agrovoltaika texnologiyasi joriy etilgan qishloq xo‘jaligi majmuasi bilan tanishdi.
Yurtimizda qishloq va suv xo‘jaligida energiya sarfi ortib borayotgani hisobga olinib, «yashil» energiya quvvatlarini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Agrovoltaika usuli bir yerning o‘zida ham mahsulot yetishtirish, ham quyosh panellari orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatimizda agrovoltaika yo‘nalishida 10 gigavattgacha quvvat yaratish salohiyati mavjud.
Bu yondashuv O‘zbekiston sharoitida, ayniqsa, quyoshli kunlar ko‘p bo‘lgan hududlar uchun samaralidir. Panellar ekinlarga soya berib, tuproq namligini uzoqroq saqlaydi, suv sarfini kamaytiradi. Ekinlar esa yer haroratini me’yorda ushlab, quyosh modullarining samarali ishlashiga yordam beradi.
Majmuada suv tejamkorligiga qaratilgan ilg‘or texnologiyalar ham joriy etilgan. Xususan, Avstriyaning «Bauer» kompaniyasi texnologiyasi asosida yomg‘irlatib sug‘orish tizimi qo‘llanilmoqda. Bu usul suvni ekin maydoniga bir me’yorda yetkazib, tuproq namligini saqlash, o‘g‘itni maqsadli berish va hosildorlikni oshirish imkonini beradi.
Mazkur texnologiya avval respublikadagi fermer xo‘jaliklarida sinovdan o‘tkazilib, suv sarfini 40 foizga, o‘g‘it sarfini 35 foizga, qo‘l mehnatini 90 foizga kamaytirish va hosildorlikni 25 foizga oshirish samarasini ko‘rsatgan.
110 gektar maydonni egallagan majmuada intensiv bog‘dorchilik, chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishlari uyg‘unlashtirilgan. Bu qayta tiklanuvchi energiya manbalari va suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan mamlakatimizdagi ilk agromajmualardan biri hisoblanadi.
Hududda 10 mingta quyosh paneli o‘rnatilgan. Ular elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan birga tuproq namligini saqlash va ekinlar uchun soya hosil qilishga xizmat qiladi. Baliqchilik hovuzlarida kislorod berish jarayoni elektr energiyasi hisobiga amalga oshiriladi, hovuz suvi esa mineral moddalarga boy holda uzumzor va bog‘larni oziqlantirishga yo‘naltiriladi.
Chorvachilik yo‘nalishida qoramollar quyosh panellari soyasida saqlanadi, bog‘ hududidagi o‘tlar bilan oziqlanadi, organik o‘g‘it esa yer unumdorligini oshirishga xizmat qiladi. Shu tariqa majmuada energiya, suv, ozuqa va o‘g‘it bir-birini to‘ldiruvchi yagona tizimga birlashtirilgan.
Bunday tizim qishloq xo‘jaligi, energetika va chorvachilikni o‘zaro bog‘lab, yerdan ikki karra samara olish, mahsulot tannarxini pasaytirish va bozorda raqobatbardoshlikni oshirish imkonini beradi. Eng muhimi, bu fermerlar daromadini ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Hozirda agromajmuada uzumning eksportbop «Avatar» navi yetishtirilib, zotdor qoramol va qo‘ylar parvarishlanmoqda, intensiv baliqchilik yo‘lga qo‘yilgan. Natijada 100 dan ortiq oilaning daromadi oshirilib, 350 nafar aholi bandligi ta’minlanmoqda. Eksport hajmi 2,5 million dollarni tashkil etadi.
Endilikda nafaqat mamlakatimiz, balki butun mintaqa uchun noyob bo‘lgan ushbu tajribani respublikaning 13 ta hududida 2 ming gektar maydonda ommalashtirish rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari majmua faoliyati bilan tanishar ekan, agrodronlar yordamida ekinlarni dorilash va monitoring qilish ishlarini ham ko‘zdan kechirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Quva tumanidagi «Karkidon» suv ombori hududida barpo etilgan yangi turizm majmuasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.
Bu maskan Farg‘ona vodiysida yozgi dam olish, ekoturizm va faol hordiq chiqarish uchun eng jozibador manzillardan biriga aylanishi kutilmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2025-yil 1-apreldagi qaroriga muvofiq, bu yerda qiymati 635 milliard so‘mlik zamonaviy turizm majmuasi shakllantirilmoqda. Hududda yo‘l infratuzilmasi yaxshilanib, obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.
508 gektar maydonni egallagan majmua agroturizm, ekoturizm va ekstremal turizm imkoniyatlarini birlashtirgan. Bu yerda 45 ta shale, 57 ta zamonaviy mehmon uyi, agroturizm majmuasi, gullar bog‘i, lavandazor, ekobozor, sokin hududlar va restoranlar tashkil etilgan.
Prezidentimiz hududda yaratilgan sharoitlar bilan tanishar ekan, bunday loyihalar aholi farovonligi, hudud iqtisodiyoti va mamlakatimizning sayyohlik salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Turizm mamlakatni dunyoga tanitish, yangi ish o‘rinlari yaratish va xizmatlar eksportini kengaytirishning samarali yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.
Loyiha doirasida yuzdan ortiq tadbirkorlik sub’yekti tashkil etilib, 2 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi. Yiliga 750 ming nafar sayyohni qabul qilish, 3 milliard so‘mlik budjet tushumi hamda 5 million dollarlik xizmatlar eksportini ta’minlash ko‘zda tutilgan. Majmua 2027 yildan to‘liq quvvatda ishga tushiriladi.
Kelgusida bu yerda motokross maydonlari, 2 kilometrli dor yo‘li, karting va golf maydonlari tashkil etiladi. Bu imkoniyatlar «Karkidon» majmuasini faol turizm yo‘nalishidagi flagman maskanlardan biriga aylantiradi.
Mutasaddilarga turizm va xizmat ko‘rsatish sohalarini yanada rivojlantirish, mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish, eng muhimi, aholi manfaatiga xizmat qiladigan barqaror tizimni shakllantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Tashrif davomida davlatimiz rahbari yangi mehmonxona va savdo majmualari faoliyati bilan ham tanishdi. Shu yerning o‘zida sayyohlik sohasida istiqbolda amalga oshiriladigan loyihalar taqdimot qilindi.
Jumladan, Taxtako‘pir tumanida Qoratereng ko‘li, Xonobod tumanida sun’iy ko‘l, Xatirchi tumanida «Ko‘ksaroy suv ombori, Pop tumanida Arashan ko‘li, Nurobod tumanida «Sobirsoy» va Kattaqo‘rg‘on tumanidagi «Kattaqo‘rg‘on» suv omborlari atrofida ham yirik turizm majmualarini barpo etish rejalashtirilgan.
Bu kabi loyihalar mamlakatimizning sayyohlik salohiyatini kengaytirish, hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va aholi daromadini oshirishga xizmat qiladi.
Jamiyat
Londonda sohibqiron Amir Temurga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘tkaziladi
London shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasi binosida buyuk davlat arbobi, zabardast sarkarda va ma’rifatparvar, qudratli davlat asoschisi, jahon tarixidagi eng ulug‘ shaxslardan biri — Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan xalqaro madaniy-ilmiy tadbir o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, ushbu muhim sana dunyo bo‘ylab xalqaro darajada keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan aprel oyi Amir Temur oyi etib e’lon qilingan.
2026 yil 8–12-aprel kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida Amir Temur va Temuriylar sivilizatsiyasining jahon tarixidagi o‘rni va ahamiyatiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Yubiley dasturining davomi sifatida 22-aprel kuni Madrid shahrida olimlar, ekspertlar va diplomatik korpus vakillari ishtirokida xalqaro ilmiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Londonda bo‘lib o‘tadigan ushbu tadbir keng ko‘lamli yubiley tantanalarining davomi bo‘lib, Sharq va G‘arb o‘rtasidagi ko‘p asrlik intellektual va madaniy muloqotning uzviy davomiyligini ifoda etadi.
Tadbir doirasida yetakchi milliy va xalqaro olimlar, ekspertlar, xalqaro tashkilotlar hamda hamkor tuzilmalar vakillari ishtirokida ma’ruzalar va muhokamalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, YeXHT va Buyuk Britaniyaning tegishli huquq-tartibot organlari vakillari ishtirokida madaniy merosni muhofaza qilish, tarixiy artefaktlarni noqonuniy aylanishini oldini olish, xalqaro huquqiy hamkorlikni mustahkamlash hamda jahon madaniy merosini saqlash masalalari muhokama etiladi.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) boshqaruv raisi Firdavs Abduxaliqov bu haqda to‘xtalib shunday dedi:
«Yaqinlashib kelayotgan tadbirning eng muhim qismi — noqonuniy ravishda olib chiqilgan madaniy artefaktlarni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tantanali ravishda topshirish marosimi bo‘ladi. Bu holat xalqaro hamjamiyat tomonidan O‘zbekiston Prezidentining madaniy merosni qaytarish borasidagi siyosatini qo‘llab-quvvatlanayotganining yorqin ifodasidir. Shuningdek, bu madaniy-tarixiy merosni himoya qilish, restitutsiya va insoniyat xotirasini asrash bo‘yicha xalqaro hamkorlik mustahkamlanayotganini ko‘rsatadi. Biz shuningdek, Sotheby’s va Christie’s kabi auksionlarda ishtirok etish hamda O‘zbekiston madaniy merosiga oid qator noyob predmetlarni xarid qilish maqsadida bir qator art galereyalarga tashrif buyurishni ham rejalashtirmoqdamiz».
Tadbir doirasida WOSCU tomonidan chop etilgan yangi fundamental ilmiy nashr — «Dunyo kolleksiyalaridagi O‘zbekiston madaniy merosi turkumiga kiruvchi “Markaziy Osiyo qo‘lyozma merosi Kembrij universiteti kutubxonalarida» nomli asar taqdimoti ham bo‘lib o‘tadi. Ushbu ilmiy loyiha doktor Firuza Melvill va O‘zbekistonlik mutaxassislar hamkorligida uch yil davomida tayyorlangan.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston madaniy merosini saqlash, o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati hamda bir qator davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Bugun Amir Temur nomi yana alohida ahamiyat bilan tilga olinmoqda — u davlat boshqaruvidagi donoligi, strategik tafakkur va madaniy yaratuvchanlik timsoli sifatida namoyon bo‘lmoqda. Londonda bo‘lib o‘tayotgan ushbu forum esa Temuriylar merosining zamonaviy dunyoda ham xalqlar, davlatlar va ilmiy jamoalarni birlashtirishda muhim o‘rin tutayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Jamiyat
Toshkentda Yevropa kuni nishonlanadi
Joriy yil 2-may kuni Toshkent shahrida Yevropa kuni keng miqyosda nishonlanadi. Ushbu sana munosabat bilan poytaxtda Yevropa Ittifoqi festivali tashkil etiladi.
«Bu Yevropa jamoasi ruhidagi ochiq shahar tadbiri bo‘lib, bir makonda xalqaro loyihalar, YeIga a’zo mamlakatlar elchixonalari va bugungi kunda mavjud imkoniyatlarni yaxshiroq tushunishni istagan insonlar uchrashadi», – deb xabar berdi YeI delegatsiyasi.
Festival doirasida Yevropa Ittifoqi moliyalashtirayotgan dasturlarning vakillari bilan bevosita muloqot qilish, ta’lim, ko‘nikmalarni rivojlantirish, ekologiya, hamjamiyatlarni qo‘llab-quvvatlash, inson huquqlarini himoya qilish va boshqa yo‘nalishlardagi xalqaro tashabbuslar O‘zbekistonda qanday ishlayotgani borasida qimmatli ma’lumotlar olish mumkin.
Dasturning alohida qismi YeI mamlakatlari bilan jonli tanishuv bo‘lib, elchixonalar o‘z turizm salohiyatini, ta’lim olish imkoniyatlarini va madaniy xilma-xilliklarini taqdim etadi.
Bolalar hamda kattalar uchun yengil va ochiq shahar bayrami formatidagi festival interaktiv zonalarni ham o‘z ichiga oladi.
Tashkilotchilarga ko‘ra, qiziquvchilar tadbirga oila a’zolari va yaqinlari bilan tashrif buyurishi mumkin. Kirish bepul.
Yevropa Ittifoqi festivali 2-may kuni soat 11:00–16:00 da Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida (Mustaqillik shohko‘chasi, 2) bo‘lib o‘tadi.
Jamiyat
Buxoroda 5 mingga yaqin sportsevar ko‘chaga chiqdi (foto)
Buxoroda «Ark» qo‘rg‘onidan start olgan yurish marofoni eski shaharning tarixiy obidalari orasidan o‘tib, Labi Hovuz ansamliga qadar davom etdi. Salkam 5 mingga yaqin sportsevarlar mazkur ommaviy tadbirda birlashishdi.
Buxoro viloyati hokimligi, viloyat Sport boshqarmasi hamda Oliy ta’lim muassasasalari hamkorligida o‘tkazilgan marafon marshrutida professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
– Bugungi marafonni faqat sport musobaqasi sifatida baholash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Zero, bu yoshlarni yagona maqsad yo‘lida birlashtiradigan muhim ijtimoiy tashabbus hamdir, -deydi Buxoro davlat Pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov.
Ishtirokchilar tarixiy obidalar oralab o‘tish jarayonida milliy meros va sog‘lom hayot uyg‘unligini his qildilar. Talabalarning ta’kidlashicha, bu kabi ommaviy tadbirlar ularga ham jismoniy, ham ma’naviy kuch bag‘ishlaydi.
– Buxoroyi sharifga uchinchi bor kelayapman. Ishonsangiz, har gal safarim yilning turli fasllariga to‘g‘ri keladi. Bundan qat’iy nazar, yo forum, yoki festivallar ustidan chiqib qolaman. Buxoroning eski shahri har doim zamonaviy va o‘ziga xos bayramlarga to‘la. O‘zbekiston jamiyatining jamiyatda sog‘lom muhitni yaratish uchun olib borayotgani amallari meni lol qoldiradi. Bugungi marafon ham shu amallarning biri. Ko‘z tegmasin! Havas qildim. Men ham bevosita shu marafonning ishtirokchisiga aylandim, – germaniyalik sayyoh Angela Klum.
-
Siyosat5 days ago
Prezident eksport qilishda tadbirkorlarga yordam bermayotgan hokimlarni ogohlantirdi
-
Dunyodan5 days ago
267 nafar farzandni tarbiyalagan “Super dada” (foto)
-
Siyosat5 days agoYevropa Ittifoqi Rossiya mudofaa sanoatiga xomashyo yetkazib bergan ikki O‘zbekiston shirkatiga sanksiyalar kiritdi
-
Dunyodan4 days ago
Livan-Isroil o’t ochishni to’xtatish muddati uch haftaga uzaytirildi
-
Jamiyat3 days agoJomboyda mast haydovchi YTH sodir etdi
-
Dunyodan3 days ago
AQSh Eronga qarshi urush uchun har soniyada 11,5 ming dollar sarflamoqda
-
Jamiyat4 days agoToshkentda elektr korxonasi muhandislari 8 ming dollar bilan ushlandi
-
Siyosat5 days agoShavkat Mirziyoyev: dunyo oldingidek «sokin» bo‘lmaydi
