Iqtisodiyot
Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda
Har beshinchi qo‘ng‘iroq — VoLTE orqali, har bir viloyatda esa 4G o‘sishi kuzatilmoqda. Beeline Uzbekistan raqamli xizmatlardan mamlakatning istalgan nuqtasida foydalanish imkoniyatini yaratish uchun tarmoqni rivojlantirishda davom etmoqda. So‘nggi besh yil ichida Beeline Uzbekistan 4G/LTE bazaviy stansiyalarining sonini uch baravarga oshiribgina qolmay, balki eng chekka hududlarda ham barqaror qamrovni ta’minladi. Respublikaning beshta viloyatida mobil internet trafigi 25 baravarga ortdi.
Beeline Uzbekistan yuqori tezlikdagi mobil internet va ishonchli raqamli xizmatlarni taqdim etuvchi 4G tarmog‘ini uzluksiz kengaytirmoqda. 2020 yillarning boshidan beri kompaniya 4G bazaviy stansiyalari sonini uch baravardan ko‘proqqa oshirdi. Faqatgina so‘nggi bir yil ichida infratuzilma sezilarli darajada kengaytirildi va yuzlab yangi LTE stansiyalar ishga tushirilmoqda. Shu bilan birga, mavjud stansiyalar ham modernizatsiya qilinmoqda, bu esa 2020 yilga nisbatan foydalanuvchi boshiga o‘rtacha internet tezligini 2,2 baravarga oshirishga imkon berdi.
Mijozlar trafigining doimiy o‘sishini, ayniqsa, zich aholi yashaydigan hududlarda inobatga olgan holda, Beeline Uzbekistan tarmoq sig‘imi va o‘tkazuvchanligini oshirmoqda. So‘nggi yillarda Beeline Uzbekistan tarmog‘idagi mantiqiy sektorlar soni olti barobardan ziyodga ko‘paydi. Bu esa tarmoqning eng yuqori yuklamalarda ham barqaror ishlashini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berdi.
2023 yildan boshlab Beeline Uzbekistan mijozlari VoLTE va ViLTE texnologiyalaridan faol foydalanmoqda — LTE orqali ovozli va video qo‘ng‘iroqlar. Bu texnologiyalar HD sifatdagi ovoz, darhol ulanish va qo‘ng‘iroq vaqtida internetdan bir vaqtning o‘zida foydalanish imkonini beradi. Bugungi kunda Beeline Uzbekistan tarmog‘idagi har beshinchi qo‘ng‘iroq VoLTE orqali amalga oshirilmoqda.
4G/LTE tarmog‘ini rivojlantirishda e’tibor ayniqsa viloyatlarga qaratilmoqda: Farg‘ona, Qashqadaryo, Surxondaryo va Andijon viloyatlarida bazaviy stansiyalar va foydalanuvchi trafigi bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlar qayd etilgan. Ba’zi tumanlarda so‘nggi besh yil ichida internet trafigi 25 baravarga oshgan.
So‘nggi besh yil ichida Qoraqalpog‘iston Respublikasida Beeline Uzbekistan bazaviy stansiyalari soni 23 baravarga oshdi. Telekom infratuzilmasining bunday keng ko‘lamli rivojlanishi tarmoq qamrovining sezilarli darajada kengayishiga hamda eng chekka hududlarda ham barqaror mobil internet bilan ta’minlashga imkon berdi.
Alohida e’tibor ilgari aloqa mavjud bo‘lmagan va uzoq joylashgan hududlarga qaratildi. Masalan, Beeline Uzbekistan tarmog‘i — shu jumladan mobil internet — birinchi marta Beruniy tumanining olis Sarpok, To‘ran va Jumaniyozov ovullarida paydo bo‘ldi.
«Bizning ustuvor maqsadimiz — barcha foydalanuvchilar uchun teng va eng keng raqamli imkoniyatlarni ta’minlash. Shu bois, infratuzilmani rivojlantirar ekanmiz, ilg‘or telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etib, O‘zbekistonning barcha hududlarida ish olib bormoqdamiz. Strategik maqsadimiz – respublikamizning har bir fuqarosi raqamli xizmatlardan foydalana olishini ta’minlashdir», — deydi Beeline Uzbekistan texnologiyalar va innovatsiyalar bo‘yicha direktori Gediz Sezgin.
2025 yilda kompaniya O‘zbekistonda noyob texnik yechim — Triple-Band Massive MIMO 32×32 uskunasini sinov tariqasida muvaffaqiyatli ishga tushirdi. Ushbu texnologiya uchta turli chastotali diapazonlardan bir vaqtning o‘zida foydalanish orqali tarmoq o‘tkazuvchanligini sezilarli darajada oshiradi.
Avval yirik shaharlarda ishga tushirilgan innovatsiyalar asta-sekin butun mamlakat bo‘ylab aholiga taqdim etilmoqda. Zamonaviy raqamli xizmatlar O‘zbekistonning eng chekka hududlari aholisiga ham yetib borib, kundalik vazifalarni bir necha daqiqada hal qilishda yordam bermoqda: moliyaviy va aloqa xizmatlarini boshqarish, aviachiptalarga buyurtma berish, davlat bojlari, kommunal to‘lovlar va savdo tarmoqlaridagi xaridlarni qulay tarzda to‘lash imkoniyatini yaratmoqda.
Beeline Uzbekistan haqida
«Unitel» MChJ 2006 yilning 12 sentyabridan boshlab «Beeline Uzbekistan» savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Dubay shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi. 2024 va 2025 yillarda «Top Employer» maqomiga ega bo‘ldi.
VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq foydalanuvchilarga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ fond bozorida joylashtirilgan.
Beeline Uzbekistan’da 2 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollarga yaqin soliq to‘langan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
Twitter: @beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan
Iqtisodiyot
Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
Source link
Iqtisodiyot
Bojxona sohasida tadbirkorlar uchun bir qator yengilliklar joriy etiladi
Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan Prezident farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, bojxona sohasida bir qator yangi tartiblar belgilandi.
Jumladan, 2026 yil 1 oktyabrdan xavf darajasi past hamda QQS guvohnomasi faol bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga tovarlarni import qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, tovarlar eksportida nazorat jarayonlarining raqamlashtirilishi va takomillashtirilishi natijasida bojxona rasmiylashtiruvi, fitosanitariya sertifikati, fumigatsiya hamda tovarning kelib chiqish sertifikati uchun yig‘im va to‘lovlar miqdori 30 foizga kamaytiriladi.
2027 yil 1 yanvardan tovarlarning bojxona qiymatini nazorat qilish tartibi ham soddalashtiriladi. Xususan, xavf darajasi past bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari olib kirayotgan tovarlarning bojxona qiymati tovarlar erkin muomalaga chiqarilgandan keyin nazorat qilinadi.
Bundan tashqari, bojxona qiymatini nazorat qilish maqsadida tovarlar uchun qat’iy bojxona qiymatini belgilash taqiqlanadi. Bojxona qiymati bo‘yicha dastlabki qaror qabul qilish amaliyoti joriy etiladi hamda nazorat jarayonida rasmiy diller va distribyutorlarning narx ma’lumotlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
2027 yil 1 iyundan esa jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlar bo‘yicha yagona bojxona to‘lovi miqdori to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona yig‘imlaridan kam bo‘lsa, ushbu yig‘imlar undirilmaydi.
Iqtisodiyot
Dushanba kuni ham dollar kursi pastlaydi
Markaziy bank 2026-yil 7-sentyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 9,7 so‘mga tushib, 11 785,30 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 3,01 so‘mga tushdi va 13 695,70 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 949,95 so‘mni tashkil qildi (+31,7).
Rossiya rubli 136,13 so‘m etib belgilandi (+0,33).
Iqtisodiyot
O‘zbekiston mahsulotlari AQShning eng yirik savdo tarmog‘i orqali Amerika bozoriga chiqishi mumkin
O‘zbekiston bosh konsuli Axror Burxanov «Costco Wholesale» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Muloqot avvalida O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va hunarmandchilik sohalaridagi eksport salohiyati haqida ma’lumot berildi. Kompaniya vakillariga AQSh bozoriga olib kirishga ruxsat etilgan oliy navli o‘zbek mayizi va quritilgan o‘rik namunalari ham taqdim etildi.
O‘z navbatida, «Costco» vakillari o‘zbek mayizining sifati va tashqi ko‘rinishini yuqori baholab, uni savdo tarmog‘ida sotuvga chiqarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga tayyorligini bildirdi.
Suhbat davomida pista, grek yong‘og‘i, bodom, golubika, gilos, uzum, anor va boshqa yangi hamda quritilgan mevalarni yetkazib berish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, uchrashuvda o‘zbekistonlik eksportchilarni AQShdagi qadoqlash va markirovkalash korxonalari bilan bog‘lash, shuningdek, kelgusi yil fevral oyida o‘tkaziladigan mahsulotlar taqdimotida ishtirok etishga ko‘maklashish masalalari ham muhokama qilindi.
Bundan tashqari, o‘zbek tekstili, milliy kulolchilik buyumlari, idish-tovoq va qo‘l mehnati asosida tayyorlangan dekorativ mahsulotlarni «Costco» orqali sotish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Kompaniya vakillari raqobatbardosh mahsulotlar aniqlangan taqdirda, ularni global xarid jamoalariga taqdim etishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.
Iqtisodiyot
Prezidentning bojxona xizmatiga oid farmoni qabul qilindi
Davlat bojxona xizmati organlari faoliyati takomillashtiriladi. «Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–174-son, 27.08.2026-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan «Yangi O‘zbekiston bojxonasi – 2030» strategiyasi (Strategiya) tasdiqlandi hamda quyidagilar Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:
– bojxona jarayonlarida tadbirkorlik subyektlariga va jismoniy shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratish;
– bojxona organlari infratuzilmasini yaxshilash va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish orqali raqamlashtirish darajasini yuqori bosqichga olib chiqish;
– bojxona ma’murchiligini yanada takomillashtirish va boshqalar.
2026 yil 1 sentyabrdan quyidagi talablar bekor qilinadi:
– tashqi savdo shartnomasini tuzmasdan invoys asosida importni amalga oshirishda xorijiy hamkorga oldindan to‘lov o‘tkazish cheklovi;
– tashqi savdo shartnomasini tuzmasdan invoys asosida eksportni amalga oshirishda oldindan 50 foiz tushumni ta’minlash;
– tovarlar eksportini milliy valyutada amalga oshirishda oldindan to‘lovni ta’minlash yoki to‘lovning kafolatli shakllarini (akkreditiv, bank kafolati, sug‘urta polisi) taqdim etish;
– oziq-ovqat mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish uchun mahsulot namunasi yetarli bo‘lmaganda, sanitariya-epidemiologik xulosani rasmiylashtirish;
– bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida biologik aktiv va yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari, polimer, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini olib kirish uchun ruxsatnoma, shuningdek, dori vositalari hamda tibbiy jihozlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etish.
-
Jamiyat2 days ago
Prezidentning xususiylashtirishga oid farmoni e’lon qilindi
-
Iqtisodiyot5 days ago
Bojxona sohasida tadbirkorlar uchun bir qator yengilliklar joriy etiladi
-
Siyosat5 days ago
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga boradi
-
Jamiyat3 days ago
Toshkentda yana bir BRT yo‘lagi foydalanishga topshirildi
-
Siyosat2 days ago
Shavkat Mirziyoyev Serbiyaga yetib bordi
-
Sport2 days ago
Husan Botirov Biatlon federatsiyasi raisi etib saylandi
-
Jamiyat2 days ago
Sudyalikka nomzodlar uchun yosh senzi 30 yoshga tushirilishi mumkin
-
Siyosat2 days ago
O‘zbekiston hukumati Suriyaga yangi elchisini jo‘natdi
