Jamiyat
Baxmal mavsumida Antaliya: maxsus narxlar 25 avgustgacha
Asialuxe Travel turoperatori baxmal mavsumida Antaliyada dam olish uchun maxsus shartlarni e’lon qiladi. Faqatgina 2025 yil 25 avgustgacha mijozlar turlarni noyob narxlarda band qilishlari va sentabr hamda oktyabr oylari uchun eng yaxshi shartlarni qayd etishlari mumkin.
Nega Antaliyada baxmal mavsumi — bu eng yaxshi tanlov:
Mayin quyosh va dengiz harorati +28°S gacha;
Yozgi shovqin-suronsiz erkin plyajlar va sokin muhit;
Mehmonxonalarda yashash va xizmat ko‘rsatish uchun yanada qulay narxlar;
Sayrlar, ekskursiyalar va gastronomik kashfiyotlar uchun qulay ob-havo.
1-dan 10-sentabrgacha davrda parvozlarga 7 kecha dam olish uchun mehmonxonalar to‘plami:
· HEDEF BEACH RESORT HOTEL – 1095 USDdan;
· SENZA GARDEN HOLIDAY CLUB – 1921 USDdan;
· OZKAYMAK FALEZ HOTEL – 1383 USDdan;
· CLUB HOTEL SUNBEL – 1315 USDdan;
· MIRA MERIDIA BEACH HOTEL – 1440 USDdan;
· PALEMON RESORT & SPA – 1527 USDdan;
· JUSTINIANO DELUXE RESORT – 1745 USDdan;
· SIAM ELEGANCE HOTELS & SPA – 1805 USDdan;
· LABRANDA ALANTUR RESORT – 1737 USDdan;
·· CRYSTAL WATERWORLD RESORT & SPA – 1805 USDdan;
· CRYSTAL FAMILY RESORT & SPA – 1897 USDdan;
· UTOPIA WORLD – 1984 USDdan;
· SIDERA KIRMAN PREMIUM – 2017 USDdan;
· NIRVANA COSMOPOLITAN – 2582 USDdan;
· ELA EXCELLENCE RESORT BELEK – 3474 USDdan;
· SUENO HOTELS GOLF BELEK – 1946 USDdan;
· GURAL PREMIER TEKIROVA – 2845 USDdan;
· SHERWOOD EXCLUSIVE LARA – 2133 USDdan;
· RIXOS PREMIUM BELEK – 2133 USDdan;
· NG PHASELIS BAY – 4916 USDdan.
Tur narxiga quyidagilar kiritilgan:
— borish kelish to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov;
— mehmonxonada 7 kecha turish;
— ovqatlanish;
— transfer;
— tibbiy sug‘urta;
— Esim internet.
Asialuxe Travel ‘dan turni asialuxe.uz saytida, 1111 qisqa raqami orqali, kompaniya ofislarida, shuningdek, mamlakatdagi istalgan sayyohlik agentligida band qilish mumkin.
Baxmal mavsumida Antaliyada nima bilan mashg‘ul bo‘lish mumkin
1. Shovqin-suronsiz dengiz va plyajlar
+28°S gacha haroratdagi dengizda cho‘milish, deyarli bo‘m-bo‘sh plyajlarda quyoshda toblanish va sokinlikdan bahramand bo‘lish – aynan shuning uchun ko‘pchilik sentabr va oktabr oylarini tanlaydi.
2. Qadimgi shaharlarga ekskursiyalar
– Perge, Aspendos va Side mayin quyoshda ayniqsa chiroyli ochiladi.
– Qadimiy amfiteatrlar va xarobalar issiqdan kuydirmaydi, Antaliyaning eski shahri (Kaleichi) bo‘ylab kechki sayrlar esa yanada romantik tus oladi.
3. Yaxting va dengiz sayohatlari
Kuz – sokin dengiz, qirg‘oq bo‘ylab sayohat qilish yoki yaxtani ijaraga olish uchun ajoyib vaqt.
4. Sharsharalar va tabiat
Dyuden va Kurshunlu baxmal mavsumida ayniqsa sersuv bo‘ladi. Ob-havo so‘qmoqlarda sayr qilish va pikniklar uyushtirish imkonini beradi.
5. Gastronomiya
Sentabr – uzum va anor mavsumi. Mahalliy uzumlar, yangi dengiz mahsulotlari va an’anaviy taomlarni dengizga qaragan ayvonlarda tatib ko‘rish uchun ajoyib vaqt.
6. Faol hordiq
– Ko‘pruchay daryosida rafting;
– Likiya so‘qmoqlari bo‘ylab piyoda sayr;
– Oludeniz uzra paraplanda uchish (band qilish osonroq va qizg‘in mavsumdagiga qaraganda arzonroq).
7. Shoping va bozorlar
Turistlar tarqalib ketishgan – savdogarlar bajonidil chegirmalar berishadi. Yilning bu faslida Antaliya bozorlari ayniqsa rang-barang bo‘ladi.
8. Spa va hammomlar
Dengiz va sayrdan so‘ng – 5★ mehmonxonalarda an’anaviy hammom yoki SPA muolajalari, bu yerda baxmal mavsumida qulaylik ko‘proq va odamlar kamroq bo‘ladi.
Asialuxe Travel mijozlari uchun qo‘shimcha imtiyoz
1 sentabrgacha erta bronlash dasturi bo‘yicha turlarni band qilish orqali mijozlar nafaqat eng yaxshi shartlarga, balki 6 oylik foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.
Bu qanday ishlaydi:
· Hozir narx belgilanadi va tur band qilinadi.
· To‘lov yarim yil davomida qismlarga bo‘lib to‘lanadi.
· Foizlar va ortiqcha to‘lovlar yo‘q.
Bu shuni anglatadiki, mijozlar Yangi yil uchun dam olishni oldindan tanlab, keyinchalik budjetga og‘irlik qilmasdan, teng to‘lovlar bilan xotirjam to‘lashlari mumkin.
Telefon: 1111
Sayt: asialuxe.uz
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel
Instagram: @asialuxe.travel
Telegram: t.me/Asialuxe
Reklama huquqi asosida
Jamiyat
Toshkent atrofida yangi «yashil belbog‘»lar barpo etiladi
Toshkent shahri va unga tutash hududlarda «Yashil belbog‘» loyihasining navbatdagi bosqichi amalga oshiriladi. Unga muvofiq, yangi yashil hududlar barpo etilib, iqlimga mos, qurg‘oqchilikka chidamli daraxt va buta ko‘chatlari ekiladi.
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri atrofida «yashil belbog‘»lar tashkil etish hamda yo‘l yoqalarida tabiiy o‘sib chiqqan daraxt va buta nihollarini saqlab qolish yuzasidan bildirilgan fikrlar o‘rganilgan.
Qayd etilishicha, prezidentning farmon va qarorlariga muvofiq, 2022–2026 yillarda Toshkent shahrida 1 million 350 ming tupdan ortiq daraxt va buta ko‘chatlari o‘tqazilgan. 2025–2026 yillarda esa poytaxt va unga tutash hududlarda Bektemir tumanida 38 ming, Toshkent tumanida 20 ming, Yangihayot tumanida 2,1 ming va Qibray tumanida 100 ming tup daraxt ekilgan. Shuningdek, 4R–21 avtomobil yo‘li yoqasida ham 2 mingdan ziyod manzarali daraxt va buta ko‘chatlari o‘tqazilgan.
2026–2027 yillarda Yangihayot tumanida 21,21 gektar, Sergeli tumanida 6,81 gektar, Bektemir tumanida 40,1 gektar hamda Chirchiq daryosining Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod va Bektemir tumanlari hududidan o‘tuvchi qismi bo‘ylab 100 gektar maydonda yangi «yashil belbog‘»lar tashkil etish rejalashtirilgan.
Shuningdek, prezidentning 2026 yil 25 martdagi farmoniga muvofiq, Toshkent shahri va viloyatida botanika hamda dendrologiya bog‘larini tashkil etish uchun jami 385,3 gektar yer maydoni ajratiladi. Vazirlar Mahkamasining qarori asosida esa poytaxtda umumiy maydoni 139,6 gektar bo‘lgan to‘qqizta yangi jamoat bog‘ini barpo etish belgilangan.
Ekologiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, «Yashil belbog‘» loyihasi doirasida 2045 yilga qadar Toshkent shahri va unga tutash hududlarda kamida 58 ming gektar maydonda intensiv himoyaviy o‘rmonzorlar tashkil etish rejalashtirilgan. Buning uchun 50 million tupdan kam bo‘lmagan iqlimga mos, qurg‘oqchilikka chidamli va changni yaxshi ushlab qoluvchi daraxt hamda buta ko‘chatlari ekilib, ularning yashovchanligini 85 foizga yetkazish maqsad qilingan.
Mas’ullar ta’kidlashicha, «yashil belbog‘» loyihasi faqat ko‘chat ekish bilan cheklanmaydi. Uning doirasida yashil hududlarning huquqiy muhofazasini kuchaytirish, suv tejovchi sug‘orish tizimlarini joriy etish, havo sifati va yashillik qoplamini muntazam monitoring qilish, shuningdek, yo‘l yoqalarida tabiiy o‘sib chiqqan daraxt va buta nihollarini saqlab qolish choralari ham amalga oshiriladi.
Jamiyat
Mustaqillik shohko‘chasida harakat sxemasi vaqtincha o‘zgaradi
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mustaqillik shohko‘chasida rekonstruksiya ishlarining navbatdagi bosqichi boshlanishi munosabati bilan transport harakati sxemasi vaqtincha o‘zgartiradi. Ta’mirlangan yo‘l qismi harakat uchun ochilsa, ko‘chaning qarshi yo‘nalishida qurilish-ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Toshkent shahar hokimligi ma’lum qilishicha, Mustaqillik shohko‘chasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, transport oqimini tartibga solish va jamoat transporti harakati uchun qulay sharoit yaratish maqsadida qurilish-ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Avvalgi bosqichda ko‘chaning bir tomonidagi qatnov qismi to‘liq ta’mirlanib, yo‘l qoplamasi yangilandi. Shuningdek, ko‘cha bo‘ylab muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va boshqa infratuzilma obektlarini takomillashtirish ishlari ham davom etmoqda.
Endi esa ko‘chaning ikkinchi tomonida ta’mirlash ishlarini boshlash uchun harakat tartibi o‘zgartiradi.
Shu munosabat bilan 2026 yil 16 iyul soat 01:00 dan 31 iyul soat 22:00 gacha Mustaqillik shohko‘chasining Parkent ko‘chasi kesishmasidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qatnov qismi transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi.
Ayni paytda 16 iyul soat 02:00 dan qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlangan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi kesishmasidan Oqqo‘rg‘on ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘nalish barcha transport vositalari harakati uchun qayta ochiladi.
Ma’lum qilinishicha, vaqtinchalik cheklovlar Mustaqillik shohko‘chasini to‘liq va sifatli rekonstruksiya qilish, harakat xavfsizligini oshirish hamda haydovchilar, yo‘lovchilar va piyodalar uchun zamonaviy va qulay yo‘l infratuzilmasini yaratish maqsadida joriy etilmoqda.
Mas’ullar haydovchilardan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirishni tavsiya qildi.
Jamiyat
Bo‘stonliqda ko‘knori plantatsiyasi fosh etildi
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 17,6 ming tup ko‘knori va 9 tup kannabis yetishtirilgan yashirin plantatsiya aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Foto: Videodan kadr / DXX
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan «Xavfsiz va sog‘lom yurt» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Bo‘stonliq tumanida yashovchi 1971 yilda tug‘ilgan fuqaro taqiqlangan ko‘knori o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotgani aniqlangan.
Gilavasoy qishlog‘i tog‘ yonbag‘irlarida joylashgan yer maydoni ko‘zdan kechirilganda, jami 17 600 tup ko‘knori va 9 tup kannabis o‘simligi mavjudligi ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, gumonlanuvchining yashash xonadoni tintuv qilinganda, quritilgan ko‘knori boshoqlari hamda quritib, maydalangan holda saqlanayotgan ko‘knori ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi «v» bandi hamda 25, 273-moddasi 6-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.
Jamiyat
Serra-Leonedan yuborilgan kokain Toshkentda ushlandi
Toshkent shahrida Serra-Leonedan kurerlik jo‘natmasi orqali olib kirilgan 728 gramm kokain musodara qilindi. Giyohvandlik vositasi avtoehtiyot qismlari ichiga yashirilgan bo‘lib, uni qabul qilib olgan shaxs qo‘lga olindi.
Foto: Videodan kadr / DXX
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona organlari xodimlari tomonidan «Xavfsiz va sog‘lom yurt» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi navbatdagi tezkor operatsiya o‘tkazildi.
Ma’lum qilinishicha, Serra-Leone davlatidan yuborilgan kurerlik jo‘natmasini Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi xususiy kurerlik xizmati orqali qabul qilib olmoqchi bo‘lgan Yashnobod tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs ushlangan.
Tekshiruv davomida avtoehtiyot qismlari ichiga yashirilgan 728 gramm kokain borligi aniqlanib, giyohvandlik vositasi protsessual tartibda musodara qilindi.
Shuningdek, gumonlanuvchining yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, zip-paketlarga joylangan kukunsimon moddalar hamda tarkibida narkotik moddalar mavjud bo‘lgan shirinliklar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Jamiyat
Xitoyda ishlab chiqarilgan ayrim o‘yinchoqlar savdodan chiqarildi
Xitoyda ishlab chiqarilgan ayrim bolalar o‘yinchoqlari savdodan chiqarildi.
Jizzax shahridagi savdo nuqtalaridan birida o‘tkazilgan nazorat xaridlari davomida Xitoyda ishlab chiqarilgan ayrim bolalar o‘yinchoqlarida xavfsizlik talablariga nomuvofiqliklar aniqlandi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Jizzax hududiy bo‘limi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda Mesh Squezee Ball savdo belgili, stressga qarshi o‘rgimchak shaklidagi yumshoq o‘yinchoqlardan namunalar olinib, laboratoriya sinovlaridan o‘tkazildi.
Sinov natijalariga ko‘ra, mazkur mahsulotlarda o‘tkir hid mavjudligi hamda formaldegid miqdori belgilangan me’yorlardan yuqoriligi aniqlandi.
Mutaxassislarning qayd etishicha, formaldegid moddasi inson salomatligiga, xususan, nafas yo‘llari, ko‘z va teriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, allergik holatlarni kuchaytirishi mumkin.
Shuningdek, tekshiruv davomida mahsulot yorliqlarida zarur ma’lumotlar davlat tilida aks ettirilmagani ham qayd etildi. Aniqlangan holatlar «Bolalar o‘yinchoqlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament» talablariga zid deb topildi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan savdo subyektlariga tegishli ko‘rsatmalar berilib, mahsulotlarni savdodan chiqarish va realizatsiyasini to‘xtatish bo‘yicha choralar ko‘rildi.
-
Sport5 days agoAngliya-Norvegiya bahsi boshlanish vaqti kechiktirilishi mumkin
-
Dunyodan5 days ago
Frantsiyada ko’pchilik qo’rqqan narsa yuz berdi.
-
Jamiyat5 days agoBektemir tumanida «zakladchik»lar qo‘lga olindi
-
Jamiyat3 days agoToshkent metrosiga yana 3 ta zamonaviy poyezd qo‘shildi
-
Siyosat3 days ago
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya bildirdi
-
Sport4 days agoInfantino yana JCh ishtirokchilari sonini oshirish g‘oyasi haqida gapirdi
-
Dunyodan3 days ago
Anqarada NATO sammiti boshlandi
-
Jamiyat4 days ago
Bugun ayrim hududlarda chang-to‘zon kuzatiladi, havo 43 darajagacha isiydi
