Iqtisodiyot
Barqaror o‘sish va strategik rivojlanish – Octobank’ning 2025 yil birinchi yarim yilligi yakunlari
Bank 2025-yilning birinchi yarmidagi faoliyatini xalqaro darajadagi kredit reytinglari, brendga berilgan yuqori baho va asosiy ko‘rsatkichlarning o‘sishi bilan yakunladi.
Asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘sish
2025 yilning birinchi yarmi asosiy ko‘rsatkichlarning 1,5-2 barobar va undan yuqori o‘sishi bilan yakunlandi. Olti oy natijalariga ko‘ra, bank aktivlari 4,98 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga (2,74 trln) nisbatan 81,7 foizga o‘sdi. Majburiyatlar 83,2 %ga oshib, 2,21 trln so‘mdan 4,05 trln so‘mga yetdi.
Xususiy kapital 927,3 mlrd so‘mga yetdi, shu jumladan ustav kapitali — 500 mlrd so‘mgacha oshdi.
Kredit portfeli hajmi 30,7 mlrd so‘mdan 392,8 mlrd so‘mga o‘sdi. Yarim yillik sof foyda 162,3 mlrd so‘mni tashkil etdi, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 226,5 % ga ko‘pdir. Bankning mijozlar bazasi 12,9 foizga oshib, 3,6 million kishini tashkil etdi. Xodimlar shtati shu davrda 62,7 % – 233 nafardan 379 nafargacha oshdi.
«PreApproved» mikroqarzlarini ishga tushirish
4 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha! Mikroqarzni har qanday maqsadda ma’lumotnomalarsiz va kafillarsiz, shuningdek, kundalik ehtiyojlar, ta’mirlashdan tortib shoshilinch xaridlargacha olish imkoniyati bor. Batafsil ma’lumotni esa Octobank rasmiy saytida olish va ariza topshirish mumkin.
«2024 yilda O‘zbekiston bank sohasida jadal rivojlanishi uchun» mukofotiga sazovor bo‘ldik
Yetakchi brendlar va ularning yutuqlarini e’tirof etuvchi «VIII Brand Awards International» mukofoti sovrindori bo‘ldik. Ilgari ushbu mukofot «Yil brendi» sifatida barcha tanigan bo‘lsa, endi u xalqaro darajada o‘tkaziladi.
Marosim 3 may kuni Toshkentdagi «Hyatt Regency» mehmonxonasida o‘tkazildi. Tadbir tashkilotchilari sifatida – O‘zR Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Marketing uyushmasi tashabbus ko‘rsatishdi.
«Mehnatimizni yuqori baholaganingiz uchun tashakkur. Soha mutaxassislarining faxriy mukofoti – bu bizning ishimizning qimmatli natijasi va Octobank jamoasi tomonidan olg‘a surilgan strategiyaning to‘g‘ri tanlanganining tasdig‘idir. Biz mijozlarimizga eng yaxshi bank xizmatlarini taqdim etish orqali yangi texnologiyalarni joriy etish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha ishlarni faol davom ettiramiz!» — ta’kidladi Octobank Boshqaruvi raisi Iskandar Tursunov.
«Moody’s» va «S&P» xalqaro reytinglari
Yirik xalqaro agentliklar – Moody’s (B3, «barqaror» prognozi) va S&P Global Ratings (B-, «barqaror» prognozi) dan ikkita reyting oldik. Moody’s tahlilchilari 2024 yil yakunlari bo‘yicha kapital va rentabellikning yuqori darajada ekanligini qayd etib, kelgusi 12–18 oy ichida ko‘rsatkichlarning barqaror bo‘lishiga ishonch bildirishdi.
Brend qiymati bahosi — $30 mln
O‘zbekistonda «Brand Awards International» mukofoti doirasida rasman baholangan birinchi brend bo‘ldi. Ekspertlar brend qiymatini $30 mln deb baholadilar.
Shanxayda o‘tkazilgan «China International Financial Exhibition» ko‘rgazmasida ishtirok etdik
U yirik xalqaro moliyaviy ko‘rgazmalardan biri hisoblanadi. Tadbir doirasida Octobank’ Boshqaruvi raisi Iskandar Tursunov CIPS to‘lov tizimi rahbari Xuan Fu bilan uchrashdi. Ular Markaziy Osiyo uchun yuandagi hisob-kitoblar istiqbollarini muhokama qildilar va keyingi uchrashuvni O‘zbekistonda o‘tkazishga kelishib oldilar.
«Xitoy — O‘zbekistonning asosiy tashqi iqtisodiy hamkorlaridan biri. Biz O‘zbekiston-Xitoy savdo aylanmasi doirasida transchegaraviy hisob-kitoblar, raqamli infratuzilma va biznesni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarini rivojlantirishga intilamiz. Qo‘shma loyihalar va tajriba almashish uchun ochiqmiz» — deya ta’kidladi Iskandar Tursunov.
Bizness sessiyasida bank vakili Li xonim 2025 yilning I choragidagi ish natijalarini taqdim etdi: foyda $8,4 mln, kapital $67,6 mln, aktivlar $315,1 mln. Shuningdek, Taraqqiyotning muhim yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tildi. Xitoy ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida u savdo, texnologiyalar va barqaror loyihalar sohasidagi hamkorlikning muhimligini ta’kidlab o‘tdi.
Xitoy bilan transchegaraviy hisob-kitoblarni kengaytirish
Sinszyan va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi moliyaviy va ishbilarmonlik hamkorligi bo‘yicha konferensiyada ma’ruza qilindi. Unda bank nomidan Octobank g‘aznachilik departamenti direktori Sardor Shavkiyev so‘zga chiqdi. U biznes uchun muhim bo‘lgan yo‘nalishlar haqida so‘zlab berdi: to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob-kitoblar, transchegaraviy o‘tkazmalar, eksport va import qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash. Shuningdek, xitoylik hamkor – XJ Bank bilan uchrashuv o‘tkazib, hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.
«XJ Bank bilan hamkorlik – Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi moliyaviy aloqalarni mustahkamlashdir. Bunday hamkorlik chet elda faoliyat yurituvchi kompaniyalar uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Xitoy bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob-kitob kanali bizga va mijozlarimizga quyidagi afzalliklarni beradi: vositachilar soni kamayadi, hisob-kitoblar tezlashadi, moslashuvchanlik oshadi. Bu O‘zbekistondagi eksport va import qiluvchilarga hozirdanoq ta’sir ko‘rsatmoqda – va hamkorlik rivojlangan sari kuchayib boradi», — deydi Sardor Shavkiyev.
«American Chamber of Commerce»ga a’zolik
O‘zbekistondagi Amerika savdo palatasi (American Chamber of Commerce in Uzbekistan) — mamlakatning xalqaro biznes hamjamiyatiga qo‘shildik. O‘zbekistondagi Amerika savdo palatasi 25 mamlakatdan 500 dan ortiq kompaniyalarni birlashtiradi va biznes, investorlar va regulyatorlarni bir-biri bilan bog‘laydi. Bu xalqaro korporatsiyalardan tortib mahalliy tadbirkorlargacha bo‘lgan bozorning boshqa ishtirokchilari bilan ochiq muloqotga kirish imkonini beradi.
«O‘zbekistondagi American Chamber of Commerce’ga a’zolik bizni faol netvorking maydoniga olib chiqadi: tarmoq qo‘mitalari, biznes nonushtalari va forumlarda ishtirok etish bankning PR dagi o‘rnini kuchaytiradi va yangi hamkorlik imkoniyatlarini ochadi», – Komiljon Saidov, Octobank’ Ijroiya apparati rahbari.
IT Park orqali eksport va startaplarni qo‘llab-quvvatlash
IT Park bilan shartnoma imzolandi va rezidentlar, birinchi navbatda, startaplar va o‘yin xizmatlari uchun to‘lov infratuzilmasi ochildi.
«Ushbu hamkorlik O‘zbekiston IT-kompaniyalarini yangi bozorlarga chiqish uchun vositalar bilan ta’minlab, mamlakatning eksport salohiyatini kuchaytiradi», — dedi Octobank’ elektron tijorat departamenti direktori Pavel Limarenka.
Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi
«Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti» hamda «British Management University» bilan hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi. Bu uzoq muddatli va strategik hamkorlik sari qo‘yilgan qadam bo‘lib, u bizga bank sohasida yangi avlod mutaxassislarini tarbiyalashga yordam beradi.
Kelajakdagi rejalar:
— Talabalar amaliyoti va Octobank’ kadrlar zaxirasiga saralash
— Birgalikdagi ma’ruzalar, mahorat darslari va karera bo‘yicha maslahatlar
— Moliya, texnologiya va boshqaruv sohasidagi ta’lim loyihalari
Bu nima beradi:
— Octobank’ xodimlariga ma’ruzachi sifatida chiqish va o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish imkoniyati
— Uzoq izlanish va moslashuvlarsiz — mutaxassislarni «ichkaridan» tayyorlash
— Universitet va biznes o‘rtasidagi mustahkam aloqalar, tajriba va malaka almashinuvi
— Talabalar, o‘qituvchilar va bo‘lajak bozor yetakchilari orasida Octobank’ HR-brendini mustahkamlash
PLUS-forumdagi yangi hamkorlik va texnologiyalar
Toshkentdagi PLUS-forumda ishtirok etdik. Biz dijital-loyihalarimizni taqdim qildik, soha bo‘yicha hamkasblarimiz bilan suhbatlashdik va tendensiyalar: ekvayring, mahalliy tarjimalar va marketpleyslar bilan integratsiyani muhokama qildik. Forumda biz BS/2 xalqaro fintex kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydik – bankomatlar va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish nuqtalari tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha kelishib oldik. Maqsad oddiy: pulni yechib olish va qo‘yish tezroq, qulayroq va xavfsizroq bo‘lishi.
Elektron tijorat sohasiga qo‘shgan hissasi uchun mukofot
Central Asia Expo E-commerce forumida «2024 yilda O‘zbekistonda elektron tijorat sohasida yetakchi ekvayer-bank» unvoniga sazovor bo‘ldik.
«Qo‘lga kiritilgan mukofot — biz uchun shunchaki e’tirof belgisi emas, balki ekvayring sohasidagi tizimli faoliyatimizning tasdig‘idir», — dedi Octobank’ raisining birinchi o‘rinbosari Dilshod Pulatov.
JCDecaux’dan «Yil kashfiyoti»
«JCDecaux» kompaniyasidan zamonaviy yechimlarni tezkor joriy etish va rivojlantirish uchun mukofotga sazovor bo‘ldik.
«Bu e’tirofning ortida jamoamizning katta mehnati, mijozlarimizning ishonchi va hamkorlarimizning ko‘magi turibdi!» — deyiladi rasmiy izohda.
Iqtisodiyot
«O‘zmilliybank» AJ O‘zbekiston emitentlari orasida birinchi bo‘lib Xitoy kapital bozoriga 250 mln dollarlik obligatsiyalar chiqarmoqchi
2026 yil 9–10 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududiga tashrifi doirasida «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ («O‘zmilliybank» AJ) va «China International Capital Corporation» (CICC) Osiyo kapital bozorida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
«Bir makon, bir yo‘l» tashabbusining 11-sammiti doirasida tomonlar Gonkong fond birjasida Xitoy yuani va O‘zbek so‘mida umumiy qiymati 250 million AQSh dollari ekvivalentiga teng bo‘lgan xalqaro obligatsiyalarni chiqarish hamda ularni Gonkong fond birjasida listingdan o‘tkazishni nazarda tutuvchi bitimni imzoladilar.
Erishilgan kelishuv «O‘zmilliybank» AJning Osiyo kapital bozoriga ilk bor chiqishini anglatadi hamda bankning xalqaro qarz olish geografiyasini kengaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Mazkur kelishuvning amalga oshishi bankning moliyalashtirish manbalari va valyuta tarkibini diversifikatsiya qilish, xalqaro investorlar doirasini kengaytirish hamda O‘zbekistondagi ustuvor investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun Osiyo kapital bozori resurslarini jalb qilish imkonini beradi.
Rejalashtirilayotgan mazkur emissiya «O‘zmilliybank» AJning xalqaro kapital bozorlaridagi izchil faoliyatining navbatdagi bosqichi hisoblanadi. 2020 yildan buyon bank London va Vena fond birjalarda umumiy qiymati 1,13 milliard AQSh dollarini tashkil etuvchi uchta obligatsiya emissiyasini amalga oshirgan.
Mazkur kelishuv 2026 yilga mo‘jallangan davlat investitsiya dasturini amalga oshirish doirasida imzolangan bo‘lib. Ushbu dasturga muvofiq, «O‘zmilliybank» AJ zimmasiga O‘zbekistondagi ustuvor loyihalarni amalga oshirish uchun yetakchi xalqaro moliya institutlaridan jami 1,5 mlrd AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘larni jalb etish vazifasi yuklatilgan.
Imzolangan kelishuv O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi moliyaviy-iqtisodiy hamkorlikni izchil kengaytirish borasidagi amaliy natijalardan biri bo‘lib, mazkur hamkorlik so‘nggi yillarda ikki davlat yetakshilarining uzoqni ko‘zlagan siyosati va strategik qarashlari tufayli yangi bosqichga ko‘tarildi.
Ikki tomonlama munosabatlarda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikka alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 18 milliard AQSh dollariga yaqinlashdi. Yaqin yillarda mazkur ko‘rsatkichni 30 milliard AQSh dollariga yetkazish maqsad qilib olindi. Amaldagi qo‘shma investitsiya loyihalari portfeli qariyb 60 milliard AQSh dollarini tashkil etib, O‘zbekistonda 6 mingdan ortiq qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda.
Shu nuqtai nazardan, Xitoyning yetakchi moliya institutlari bilan hamkorlik kengayib, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun kapital jalb qilishning yangi mexanizmlari joriy etilmoqda. «O‘zmilliybank» AJning CICC bilan erishgan kelishuvi mazkur yo‘nalishdagi amaliy qadamlardan biri bo‘lib, O‘zbekistonning Osiyo kapital bozorlaridagi ishtirokini kengaytirish, moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish hamda mamlakat iqtisodiyotiga uzoq muddatli resurslarni jalb etishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ 1991 yilda tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatdagi eng yirik tizimli ahamiyatga ega bank hisoblanadi. 2025 yil yakuniga ko‘ra, bank aktivlari 12 milliard AQSh dollaridan, kredit portfeli 9 milliard AQSh dollaridan, jami kapitali esa 1,6 milliard AQSh dollaridan oshgan.
China International Capital Corporation (CICC) 1995 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Xitoyning yetakchi investitsiya banklaridan biri hisoblanadi. Kompaniya investitsiya banking, kapital bozorlari va aktivlarni boshqarish sohalarida xizmatlar ko‘rsatadi hamda Gonkong, Singapur, London va Nyu-York kabi xalqaro moliya markazlarida o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston mahsulotlarini eng ko‘p sotib oluvchi mamlakatlar ma’lum bo‘ldi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning eksport hajmi 19,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.
Mazkur davrda O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan mamlakatlar (top-10):
Rossiya — 2,8 mlrd AQSh dollari;
Xitoy — 1,7 mlrd;
Afg‘oniston — 1,1 mlrd;
Qozog‘iston — 868 mln;
Fransiya — 854,9 mln;
Gonkong (Xitoy maxsus ma’muriy hududi) — 716 mln;
Turkiya — 596,2 mln;
Qirg‘iziston — 575,8 mln;
Tojikiston — 437,5 mln;
BAA — 420,8 mln.
Iqtisodiyot
Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
Source link
Iqtisodiyot
Bojxona sohasida tadbirkorlar uchun bir qator yengilliklar joriy etiladi
Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan Prezident farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, bojxona sohasida bir qator yangi tartiblar belgilandi.
Jumladan, 2026 yil 1 oktyabrdan xavf darajasi past hamda QQS guvohnomasi faol bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga tovarlarni import qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, tovarlar eksportida nazorat jarayonlarining raqamlashtirilishi va takomillashtirilishi natijasida bojxona rasmiylashtiruvi, fitosanitariya sertifikati, fumigatsiya hamda tovarning kelib chiqish sertifikati uchun yig‘im va to‘lovlar miqdori 30 foizga kamaytiriladi.
2027 yil 1 yanvardan tovarlarning bojxona qiymatini nazorat qilish tartibi ham soddalashtiriladi. Xususan, xavf darajasi past bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari olib kirayotgan tovarlarning bojxona qiymati tovarlar erkin muomalaga chiqarilgandan keyin nazorat qilinadi.
Bundan tashqari, bojxona qiymatini nazorat qilish maqsadida tovarlar uchun qat’iy bojxona qiymatini belgilash taqiqlanadi. Bojxona qiymati bo‘yicha dastlabki qaror qabul qilish amaliyoti joriy etiladi hamda nazorat jarayonida rasmiy diller va distribyutorlarning narx ma’lumotlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
2027 yil 1 iyundan esa jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlar bo‘yicha yagona bojxona to‘lovi miqdori to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona yig‘imlaridan kam bo‘lsa, ushbu yig‘imlar undirilmaydi.
Iqtisodiyot
Dushanba kuni ham dollar kursi pastlaydi
Markaziy bank 2026-yil 7-sentyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 9,7 so‘mga tushib, 11 785,30 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 3,01 so‘mga tushdi va 13 695,70 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 949,95 so‘mni tashkil qildi (+31,7).
Rossiya rubli 136,13 so‘m etib belgilandi (+0,33).
-
Jamiyat5 days ago
Prezidentning xususiylashtirishga oid farmoni e’lon qilindi
-
Sport5 days ago
Husan Botirov Biatlon federatsiyasi raisi etib saylandi
-
Jamiyat4 days ago
Sudyalikka nomzodlar uchun yosh senzi 30 yoshga tushirilishi mumkin
-
Jamiyat3 days ago
Hokim yordamchilarining 9 ta asosiy vazifasi belgilab berildi
-
Siyosat5 days ago
Shavkat Mirziyoyev Serbiyaga yetib bordi
-
Iqtisodiyot4 days agoDollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
-
Siyosat4 days ago
O‘zbekiston hukumati Suriyaga yangi elchisini jo‘natdi
-
Jamiyat4 days ago
O‘zbekistonning inklyuziv loyihasi Yevropa mukofoti finaliga chiqdi
