Iqtisodiyot
bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar?
2025 yilda inflyasiya jamg‘armalarni zaiflashtirmoqda. Shu sababli, mablag‘ni saqlab qolish va barqaror daromad olish imkonini beruvchi vositalarga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda mamlakatda inflyasiya darajasi 9,8%ni tashkil etgan. Bunday sharoitda jamg‘armalarni himoya qilish masalasi dolzarbligicha qolmoqda. Kapitalning xarid qobiliyatini saqlab qolish uchun investitsiya daromadliligi, hech bo‘lmaganda, inflyasiya darajasiga teng bo‘lishi zarur.
2025 yilda qaysi birini tanlash kerak; bank omonatlari, fond bozori yoki investitsion kompaniyalar orqali kiritmalar? Har bir vositaning o‘ziga xos xususiyatlari va cheklovlari mavjud.
Bank omonatlari: real daromadlilikka tayanamiz
2025 yilda bank omonatlarida foiz stavkalari pasayib, shartlar esa keskinlashmoqda.
Masalan, xorijiy valyutadagi omonatlarda mart oyida eng yuqori stavka yiliga 8%ni tashkil etgan, biroq bu kabi takliflarni faqat ayrim banklar bergan. Bunday omonatlar odatda qo‘shimcha mablag‘ kiritish yoki qisman yechib olish imkoniyatini bermaydi va mablag‘lar 3 yilgacha muzlatiladi.
Milliy valyutadagi omonatlarga kelsak, bu yerda yanada sezilarli o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Yil boshida ayrim banklar 25–26%gacha daromadlilik taklif qilgan bo‘lsa, aprelda maksimal stavka 23%ni tashkil etdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, jismoniy shaxslar uchun o‘rtacha foiz stavkasi 21,6%gacha tushgan.
Shu bilan birga, real daromadlilikni hisobga olish muhim — ya’ni nominal stavkadan inflyasiyani ayirish kerak. Masalan, 2024 yilda inflyasiya 9,8% bo‘lgan taqdirda, 21% stavkada investorning real daromadi taxminan 11%ni tashkil qiladi. Ya’ni, daromadning deyarli yarmi inflyasiya tomonidan «yo‘q qilinadi».
Yana bir muhim omil — omonatlarni sug‘urtalash shartlaridagi o‘zgarishlardir. 2025 yil 19 fevraldan boshlab davlat bir bankdagi bir mijoz uchun 200 million so‘mgacha bo‘lgan omonatni kafolatlaydi. Ushbu summadan ortiqcha mablag‘lar esa sug‘urtalanmaydi: agar bank muammoga uchrasa, qo‘shimcha mablag‘ni qaytarib olish faqat sud orqali va bankning likvid aktivlari mavjud bo‘lsa mumkin bo‘ladi.
Shu tariqa, 2025 yilda bank omonatlari konservativ va tushunarli moliyaviy vosita sifatida qolmoqda. Biroq inflyasiya va yangi tartibga soluvchi talablardan kelib chiqqan holda, ular tobora ko‘proq kapitalni ko‘paytirish emas, balki uning xarid qobiliyatini qisman saqlab qolish vositasi sifatida qaralmoqda.
Fond bozori: salohiyatli, ammo xavfli vosita
Fond bozori — O‘zbekiston iqtisodiyotining eng yosh segmentlaridan biri. U rivojlanmoqda: yangi kompaniyalar va kapital jalb qilish mexanizmlari paydo bo‘lmoqda. Davlat IPO va davlat obligatsiyalarini joylashtirish orqali sarmoya muhitini yanada ochiq va qulay qilishni maqsad qilgan.
Ammo bu bozorning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Mamlakatimiz tarixida aksiyalar keskin arzonlashgan holatlar bo‘lgan. Bu fond bozorining asosiy xususiyatini ko‘rsatadi: daromad kafolatlanmaydi va investitsiyani yechib olish qiyin bo‘lishi mumkin. Likvidlik past bo‘lganida, aksiyalar uzoq vaqt «muzlatilgan» holda qolib ketishi, ya’ni adolatli narxda sotib bo‘lmasligi mumkin.
Fond bozori nafaqat qiziqish, balki bilim va tayyorgarlikni ham talab qiladi. To‘g‘ri aktiv tanlash uchun emitent hisobotini tahlil qilish, egalik tuzilmasini baholash, bozor kon’yunkturasini tushunish zarur. Bu — xavf bilan ishlashga tayyor va qat’iy daromad kutmaydiganlar uchun vosita.
Daromad olishning zamonaviy yechimlari
O‘zbekistonda yangi formatdagi investitsion kompaniyalar shakllanmoqda. Ular tushunarli mexanizmni taklif etmoqda: sarmoya, belgilangan muddat, kutilayotgan daromad va oldindan rejalashtirilgan to‘lov grafigi. Shunday kompaniyalardan biri bu — Way II.
Way II modeli biznes ko‘rsatkichlarga asoslangan. Mablag‘lar real sektor kompaniyalariga yo‘naltiriladi va to‘lovlar ularning moliyaviy natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Way II da kutilayotgan yillik daromadlilik 10–15%ni tashkil etadi, daromad esa yiliga ikki marta to‘lanadi. Investor bozordagi vaziyatni kuzatmasdan yoki aktivlarni boshqarmasdan muntazam daromad oladi.
Eng e’tiborga molik jihat — Way II investitsion vositalari Islomiy moliyaviy normalarga to‘liq mos va bu Islamic Finance Consulting Board (IFCB) tomonidan tasdiqlangan.
Valyuta xavflaridan himoya qanday ishlaydi?
Way II modeli valyuta xatarlarini ham hisobga oladi. Mablag‘ so‘mda kiritilgach, u darhol dollarga bog‘lab olinadi. Daromad to‘langanda esa hisob-kitob amaldagi kurs bo‘yicha amalga oshiriladi va investor milliy valyutada daromadning ekvivalentini oladi.
Masalan, 2025 yil mart oyida kompaniya Akfa Aluminium Group bilan loyihaga sarmoya kiritgan investorlar uchun daromad to‘ladi. Agar investor 2024 yil 3 sentyabrda 72 million so‘mga Gold Next paketini rasmiylashtirgan bo‘lsa, o‘sha kundagi Markaziy bank kursi 12 622,77 so‘m bo‘lib, bu 5 704 AQSh dollariga teng edi. Yillik daromadlilik 13,6%ni tashkil etgan. Yarım yillik daromad 387,87 dollarga teng bo‘lgan. 2025 yil 3 mart kuni MB kursi 12 890,07 so‘mga yetgan va to‘lov ayni kurs asosida qayta hisoblanib, taxminan 5 million so‘mni tashkil etgan.
Shu tarzda, valyuta himoyasi mexanizmi milliy valyuta kursining o‘zgarishiga qaramay, daromad ekvivalentini saqlab qolishga imkon beradi.
Way II investitsion modeli va mavjud paketlar haqida batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi manbalarga murojaat qilishingiz mumkin:
Telefon: (+998) 78−555−55−55
Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2/1
Veb-sayt: waygroup.uz
Facebook: fb.com/WayIIGroup
Instagram: @way_ll_group
Telegram: t.me/wayllgroup
Iqtisodiyot
Oziq-ovqat ishlab chiqarishda qaysi hududlar yetakchi?
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 75,2 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 12 foizga oshgan. Hududlar kesimida eng yuqori natija Toshkent shahrida qayd etilgan — 13,9 trln so‘m.
Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati 10,7 trln so‘m va Samarqand viloyati 10,1 trln so‘m bilan joylashgan. Andijon va Farg‘ona viloyatlarining har birida 5,6 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Buxoro viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 4,7 trln so‘m, Qashqadaryoda 4,6 trln so‘m, Namanganda 4,5 trln so‘mni tashkil etgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatida ko‘rsatkich bir xil — 3,2 trln so‘mdan. Xorazm viloyatida 2,4 trln so‘m, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarining har birida 2,3 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Jizzax viloyatida esa yirik korxonalar tomonidan 2,1 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarilgan.
Iqtisodiyot
Prezident ishtirokida umumiy qiymati 50 trln so‘mlik loyihalar ishga tushirildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda davlatimiz rahbari hududlardagi studiyalarga yig‘ilgan keng jamoatchilik vakillarini, ular orqali butun xalqimizni yaqinlashib kelayotgan ulug‘ bayram bilan tabrikladi.
Ortda qolgan o‘n yilda O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar yuz berdi. Tadbirkorlikka keng yo‘l ochilib, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, raqobatbardosh sanoat tarmoqlarini yaratish, chekka tuman va qishloqlar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ulkan ishlar bajarildi. Ta’lim, tibbiyot va madaniyat sohalariga e’tibor yangi bosqichga ko‘tarildi.
– So‘nggi o‘n yil mamlakatimiz tarixida yangi Uyg‘onish davri – Uchinchi Renessans poydevorini qurish bosqichi sifatida abadiy muhrlandi, – dedi Prezidentimiz.
Bu davrda iqtisodiyotimiz hajmi 2,5 barobardan ziyod oshdi. Iqtisodiyot tarmoqlariga 160 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinib, umumiy qiymati 76 milliard dollarlik 2 ming 163 ta yirik sanoat loyihasi ishga tushirildi, qariyb 6 million nafar aholi doimiy ish o‘rni bilan ta’minlandi.
Bugun yurtimizda dunyoning yetakchi kompaniyalari, yirik investorlari va xalqaro moliya institutlari ishtirokida ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Investitsiyalar ko‘payishi bilan sanoatimiz qiyofasi ham tubdan o‘zgarmoqda.
– Biz xomashyo eksport qilgan davlatdan uni chuqur qayta ishlash zanjiri asosida tayyor mahsulotni jahon bozoriga olib chiqadigan iqtisodiyotga o‘tyapmiz. Eng muhimi, yangi korxonalar bilan birga zamonaviy texnologiyalar, yangi kasblar va yuqori malakali ish o‘rinlari ham paydo bo‘lmoqda, – dedi davlatimiz rahbari.
Joriy yilning o‘zida 1,7 milliard dollarlik 56 ta yirik zamonaviy sanoat va servis obyekti ish boshladi, 8,8 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratildi.
Shuningdek, budjetdan ajratilgan 46 trillion so‘m hisobidan 385 ta maktab, 113 ta bog‘cha, 81 ta shifoxona, 7,5 ming kilometr yo‘l, 3,2 ming kilometr ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari qurildi, ta’mirlandi va rekonstruksiya qilindi.
Bugungi marosimda mamlakatimizning barcha hududlarida umumiy qiymati qariyb 50 trillion so‘m bo‘lgan 72 ta yirik sanoat va servis loyihasi hamda 91 ta ijtimoiy soha obyekti foydalanishga topshirildi. Ularning ochilishi Mustaqillik bayramiga munosib tuhfa bo‘ldi.
Yangi loyihalar hisobiga 15 mingta ish o‘rni yaratiladi, budjetga yiliga qo‘shimcha 1 trillion so‘m tushum tushishi ta’minlanadi.
Investitsiya loyihalari energetika, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, metallurgiya, avtomobilsozlik, elektrotexnika, qurilish materiallari, tog‘-kon, to‘qimachilik va yengil sanoat kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan.
Jumladan, Sirdaryo viloyatida 1 ming 573 megavattli elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 200 megavattli shamol elektr stansiyasi va 100 megavattli energiya saqlash tizimi ishga tushirildi. Navoiy viloyatidagi yangi energetika loyihalari yiliga 657 million kilovatt-soat elektr energiyasini ishlab chiqaradi.
Mazkur loyihalar orasida mamlakatimizning eksport salohiyatini sezilarli oshiradigan quvvatlar ham bor. Andijon, Namangan va Jizzax viloyatlarida ishga tushirilgan to‘qimachilik, trikotaj va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari millionlab dollarlik eksportni ta’minlaydi. Samarqand va Toshkent viloyatlarida barpo etilgan yangi metallurgiya korxonalari ham sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va import o‘rnini bosishga xizmat qiladi.
Prezidentimiz bugungi loyihalarni faqat investitsiya va eksport ko‘rsatkichlari bilan o‘lchash to‘g‘ri bo‘lmasligini ta’kidladi. Yangi o‘quv yili arafasida ijtimoiy sohada ham ko‘plab zamonaviy obyektlar foydalanishga topshirilmoqda. Ular orasida 36 ta bolalar bog‘chasi, 43 ta maktab, 7 ta oliy ta’lim muassasasi va 3 ta shifoxona bor.
Yangi Toshkent hududida jahon standartlari asosida 10 gektar maydonda barpo etilgan Yangi O‘zbekiston universitetining zamonaviy majmuasi shular jumlasidandir. Bu yerda 7 ming nafar talaba tahsil olishi uchun sharoit yaratilgan.
Oliy ta’lim muassasasida Garvard universiteti bilan hamkorlikda Rektorlar maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Oksford universiteti bilan birgalikda davlat xizmatchilarining malakasini oshirish bo‘yicha “Ta’lim xabi” tashkil etiladi. 1-oktyabrdan Sun’iy intellekt instituti ish boshlaydi.
Shuningdek, 30 ming kvadrat metr maydonga ega besh qavatli yangi Milliy kutubxona eng zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan. U bir vaqtning o‘zida 1,5 ming nafar kitobxonga xizmat ko‘rsata oladi. Bu yerda 28 dan ziyod o‘quv xonasi va zallar, turli sig‘imdagi konferensiya zallari tashkil etilgan, 200 mingdan ortiq kitob jamlangan.
Qarshi shahrida 400 milliard so‘mlik Iqtisodiyot va pedagogika universitetining zamonaviy bino va inshootlari barpo etildi. Bu yerda 3 ming nafar talaba tahsil oladi, 700 nafar aholi daromadli ish bilan ta’minlanadi.
Farg‘ona viloyatidagi yangi zamonaviy tibbiyot muassasasida esa yiliga 60 ming nafar bemorni davolash va 30 ming nafar ayolni skriningdan o‘tkazish imkoniyati yaratildi.
Davlatimiz rahbari yangi obyektlarni barpo etishda ishtirok etgan investor va tadbirkorlar mehnatini yuksak baholadi.
– Siz kiritayotgan har bir investitsiya O‘zbekiston kelajagining poydevorini mustahkamlaydi. Siz yaratayotgan har bir ish o‘rni oilalar farovonligiga xizmat qiladi. Siz ishlab chiqarayotgan har bir mahsulot mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yangi bosqichga olib chiqadi. Siz eksport qilayotgan har bir tovar O‘zbekistonning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshiradi, – dedi Prezidentimiz.
Ushbu loyihalarni barpo etishda fidoyilik ko‘rsatgan quruvchilar, muhandis va loyihachilar, tadbirkor va investorlarga minnatdorlik bildirildi.
Shundan so‘ng davlatimiz rahbari ramziy tugmani bosdi va 72 ta yirik investitsiya loyihasi hamda 91 ta ijtimoiy soha obyekti foydalanishga topshirildi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston kartoshkani asosan qaysi davlatlardan sotib oldi?
O‘zbekiston kartoshkani asosan qaysi davlatlardan sotib oldi?
Source link
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha qaysi hududlar yetakchi?
2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 19 trln so‘mlik kiyimlar ishlab chiqarilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Andijon viloyatida qayd etilgan — 7,1 trln so‘m. Bu ko‘rsatkich ikkinchi o‘rindagi Toshkent viloyati natijasidan 3 barobardan ko‘proq yuqori.
Toshkent viloyatida kiyim ishlab chiqarish hajmi 2,1 trln so‘m, Namanganda 1,8 trln so‘m, Toshkent shahrida esa 1,7 trln so‘mni tashkil etgan. Farg‘ona viloyatida ham 1,4 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Samarqand viloyatida yirik korxonalar 1 trln so‘mlik kiyim mahsulotlari ishlab chiqargan. Qashqadaryoda bu ko‘rsatkich 897,9 mlrd so‘m, Buxoroda 659,8 mlrd so‘m, Xorazmda 620,1 mlrd so‘m bo‘lgan.
Navoiy viloyatida kiyim ishlab chiqarish hajmi 578 mlrd so‘m, Sirdaryoda 324,7 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 307,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Bulardan tashqari, Surxondaryoda 227,1 mlrd so‘m, Jizzax viloyatida esa 203 mlrd so‘mlik kiyim mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Iqtisodiyot
Dushanbadan dollar bilan bog‘liq vaziyat qanday bo‘ladi?
Dushanbadan dollar bilan bog‘liq vaziyat qanday bo‘ladi?
Source link
-
Iqtisodiyot5 days ago
Oziq-ovqat ishlab chiqarishda qaysi hududlar yetakchi?
-
Siyosat2 days ago
Prezidentning Mustaqillik bayrami tabrigidan o‘rin olgan asosiy fikrlari
-
Jamiyat16 hours ago
Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Hindiston yetakchilariningg tarixiy muzokaralari bo‘lib o‘tdi
-
Sport1 day ago
EChL 2026/2027. Umumiy guruh bosqichi taqvimi e’lon qilindi
-
Sport17 hours ago
Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempioni bo‘ldi
-
Siyosat4 hours ago
Saida Mirziyoyeva Pekinda Va I bilan muloqot o‘tkazdi
