Iqtisodiyot

Bahrayn banklari O‘zbekistondagi loyihalarga jalb etiladi

Published

on


O‘zbekiston elchisi (qarorgohi Ar-Riyoz shahrida joylashgan) Nodir Turg‘unov Bahrayn tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Roshid az-Zayoniy bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Bahrayn o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Bahrayn TIV rahbari O‘zbekiston hukumati tomonidan Bahrayn fuqarolarining mamlakatda sayohat qilishlari uchun 30 kunlik vizasiz tartib joriy qilinganini olqishladi.

Bu ikki mamlakat o‘rtasida turistlar oqimini ko‘paytirish, xalqaro turistik yarmarka va ko‘rgazmalarda o‘zaro ishtirok etish, turkompaniyalar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. 

Shuningdek, Bahraynning yetakchi banklari, moliya institutlari, logistika, sanoat, turizm, qishloq xo‘jaligi, kimyo va farmatsevtika kabi sohalardagi yirik kompaniyalarini O‘zbekistondagi istiqbolli loyihalarga jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Muloqot davomida joriy yilda rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar va tashriflarni yuqori darajada tashkil etishning muhimligi ta’kidlandi. Xususan, ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari rahbarlarining o‘zaro tashriflarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekistonning Bahraynga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Nodir Turg‘unov joriy yilning aprel oyida ushbu mamlakat tashqi ishlar vaziri Abdulatif bin Roshid az-Zayoniyga ishonch yorliqlari nusxalarini onlayn tarzda topshirgan edi.

Nodir Turg‘unov 2024 yil mart oyida O‘zbekistonning Saudiya Arabistoni elchisi sifatida ish boshlagan. Shuningdek, u 2024 yil noyabr oyida O‘zbekistonning Islom hamkorlik tashkilotidagi doimiy vakili sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version