Sport
Argentina banki Maradona goli tasvirlangan tangani chiqardi
Tangada 1986 yilgi jahon chempionatida Angliya terma jamoasi darvozasiga gol urgan Diyego Maradonaning afsonaviy yakkaxon yurishi trayektoriyasi tasvirlangan.
Argentina Markaziy banki 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga bag‘ishlangan esdalik kumush tangani taqdim etdi.
Tanganing orqa tomonida 1986 yilda Meksikada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Angliya terma jamoasi darvozasiga gol urgan Diyego Maradonaning afsonaviy yakkaxon yurishi trayektoriyasi tasvirlangan. 2026 yilda ushbu unutilmas voqeaga 40 yil to‘ladi. Aversda tangani yorib o‘tayotgani tasvirlangan to‘p joylashtirilgan, bu «Argentinaga xos futbolga bo‘lgan ishtiyoqni» anglatadi, deyiladi tavsifda.
Tanga 925 probali kumushdan yasalgan, og‘irligi 27 g, diametri 40 mm. Ichki bozor uchun tiraji 2,5 ming dona, har birining nominal qiymati – 10 dollar. Xalqaro muomala uchun xuddi shunday dizayndagi oltin tangalar ham chiqariladi.
Diyego Maradona (1960-2020) – afsonaviy argentinalik futbolchi, tarixdagi eng buyuk o‘yinchilardan biri. U texnika, dribling va o‘yin dahosi edi. 1986 yilgi jahon chempionida turnir qahramoni bo‘lgan va milliy jamoaning g‘alabasiga katta hissa qo‘shgan.
Argentina amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. Jamoa 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan turnirda chempionlikni qo‘lga kiritdi.
JCh-2026 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.