Dunyodan
AQShda haddan tashqari issiqlik tufayli 25 kishi halok bo’ldi
AQShda jazirama tufayli kamida 25 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda NBC telekanali.
Eng ko‘p holatlar Nyu-Jersida qayd etilgan, 22 kishi, ularning aksariyati 30 yoshdan 80 yoshgacha bo‘lgan odamlardir. Yana bir o‘lim Illinoys shtatining Kuk okrugida tasdiqlangan. Missisipi shtatida 74 yoshli erkak issiq urishdan, Massachusets shtatining Bolton shahrida 83 yoshli ayol vafot etdi.
“Bu odatiy yozgi jazirama to’lqin emas. Bu jazirama tezda barcha yoshdagi odamlar va hayvonlarning hayoti uchun xavf tug’dirishi mumkin”, – dedi Nyu-Jersi sog’liqni saqlash departamenti vakili Dahlia Ebys.
4-iyul kuni Milliy ob-havo xizmati Amerika Qo‘shma Shtatlari sharqidagi taxminan 156 million aholi uchun issiqlik haqida ogohlantirish berdi. OAV xabarlariga ko‘ra, AQSh sharqida “issiqlik gumbazi” paydo bo‘lgan.
Meteorologlarning prognozlariga ko‘ra, yaqin kunlarda mamlakatning ko‘plab hududlarida havo harorati kunduzi 35-38 darajagacha qiziydi, yuqori namlik tufayli 43-46 darajagacha ko‘tariladi.
Bu jazirama 3-iyuldan 5-iyulgacha bo‘lgan davrda kuchli sayohatlar va Mustaqillik kunini nishonlashga to‘g‘ri keladi.