Dunyodan

AQSh yashil karta dasturini to’xtatganini e’lon qildi

Published

on


Braun universitetidagi qurolli hujumdan so‘ng AQSh hukumati Diversity Lottery (DV1) immigratsiya dasturini to‘xtatishga qaror qildi.

Xabar qilinishicha, hujumchi Klaudio Manuel Neves Valente 2017 yilda DV1 immigratsion vizasi bilan AQShga kirib, yashil karta olgan. Bayonotda uni “ hech qachon mamlakatga kiritilmasligi kerak bo`lgan shaxs’ sifatida baholangan.

Shunisi e’tiborga loyiqki, ushbu dasturni bekor qilish masalasi 2017 yilda Prezident Donald Tramp davrida ham ko’tarilgan edi. Sababi Nyu-Yorkdagi teraktda IShID a’zolari DV1 dasturi orqali AQShga kirib, yuk mashinalari bilan odamlarni bosib o‘tib, sakkiz kishi halok bo‘lgan.

Bayonotda AQSh Fuqarolik va Immigratsiya Xizmatlariga (USCIS) Prezident Trampning ko’rsatmalariga amal qilish va yashil karta dasturini darhol to’xtatish buyurilgan. Ushbu qarorning asosiy maqsadi “ushbu dasturdan kelib chiqishi mumkin bo’lgan xavflarni bartaraf etish va Amerika jamoatchiligi xavfsizligini ta’minlash”.

Rasmiylarning aytishicha, DV1 dasturi milliy xavfsizlikka jiddiy tahdid solishi mumkin va uni qayta ko’rib chiqish yoki butunlay bekor qilish masalasi kun tartibida qolmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version