Dunyodan
AQSh NATOni tark etmadi. Alyans bilan munosabatlar qayta ko’rib chiqilishi mumkin
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio NATO davlatlarining Eronga qarshi urushni qo‘llab-quvvatlamaganini “katta umidsizlik” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar harbiy amaliyot tugaganidan keyin alyans bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.
Rubioning aytishicha, ba’zi NATO davlatlari, jumladan Ispaniya, AQSh milliy xavfsizligiga tahdid deb topilgan vaziyatlarda harbiy bazalardan foydalanishga ruxsat bermaydi. Bu Qo’shma Shtatlar uchun jiddiy savollar tug’diradi.
“Agar NATO Yevropani himoya qilish va kerak bo’lganda AQShga yordam bermaslik haqida bo’lsa, bu yaxshi kelishuv emas”, – deydi u.
AQSh Davlat kotibining ta’kidlashicha, NATOning AQSh uchun asosiy afzalliklaridan biri butun dunyo bo’ylab harbiy amaliyotlar o’tkazish uchun bazalardan foydalanish imkoniyatidir. Agar bu imkoniyat cheklangan bo’lsa, hamkorlikning samaradorligi shubha ostida qolishi mumkin.
Mart oyi boshida Ispaniya AQShning Eronga qarshi hujumlarida o‘z bazalaridan foydalanishiga ruxsat bermasligi haqida xabar berilgan edi. Madrid, shuningdek, AQSh va Isroil operatsiyalarida ishtirok etuvchi samolyotlar uchun havo hududini yopdi.
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches mojaroni harbiy yo’l bilan emas, balki diplomatik yo’l bilan hal qilish kerakligini ta’kidladi.