Jamiyat
Prokuratura Xorazmda gaz ta’minoti xodimlarini qo‘lga oldi
Hazorasp tumanida gaz xodimlarining firibgarligi fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda «Hazorasptumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari M.M va E.B. (muqaddam sudlangan) o‘zaro til biriktirib, 2 500 AQSh dollari evaziga fuqaro O.I.ga nisbatan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik holati yuzasidan hisoblangan 309 mln so‘mlik zararni kamaytirib berishlarini va’da qilib, kelishilgan puldan 1 400 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olganliklari aniqlangan. Ushbu pullar hisobidan 4,8 mln so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.