Dunyodan
AQSh elchixonasi Kiyevda keng ko’lamli havo hujumlari xavfidan ogohlantirdi
AQShning Kiyevdagi elchixonasi yaqin 24 soat ichida Ukraina hududiga “muhim havo hujumlari” berilishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Elchixonaning ta’kidlashicha, amerikaliklarga yaqin atrofdagi havo hujumi uchun boshpanalarni oldindan aniqlash, havo hujumi sodir bo’lgan taqdirda darhol evakuatsiya qilish, oziq-ovqat, suv va tibbiy vositalarni tayyorlash tavsiya etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya keng ko‘lamli qo‘shma hujumga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida razvedka ma’lumotlari olganini aytgandi. Uning aytishicha, hujumda “Oleshnik” gipertovushli ballistik raketalaridan foydalanish mumkin.
Zelenskiyning aytishicha, bu maʼlumotlar AQSh va Yevropadagi hamkorlardan ham olingan va hozirda tekshirilmoqda.