Sport
APLda yangi mavsum boshlandi. «Liverpul» dramatik g‘alabaga erishdi
«Bornmut» «Enfild»da ikki gol farqini yo‘qqa chiqardi. Ammo bu yetarli bo‘lmadi.
Foto: ADAM VAUGHAN/Epa/TASS
APL. 1-tur. 15 avgust
«Liverpul» — «Bornmut» 4:2
Gollar: Ekitike (37), Gakpo (49), Semenio (64,76), Keza (88), Saloh (90+4).
«Liverpul» — Alisson, Frimpong (Endo, 60), Konate, Van Deyk, Kerkez (Roberson, 60), Soboslay, Mak Allister (Jons, 72), Saloh, Virts (Keza, 82), Gakpo, Ekitike (Gomes, 72).
«Bornmut» — Petrovich, Tryuffer, Senesi, Diakíte, Smit, Adams, Bruks (Uinterbern, 84), Taverne, Skott (Traore, 74), Semenio, Evanilson.
Ogohlantirishlar: Bruks (14), Kerkez (43), Evanilson (81)
Juma oqshomida APLda yangi mavsum start oldi. Bir necha kun oldin «Liverpul» Angliya Superkubogi uchun bahsda sensatsion ravishda «Kristal Pelas»ga yutqazgandi, liganing ilk o‘yini esa «Enfild»da yozda himoya chizig‘ini butunlay o‘zgartirgan «Bornmut» mehmon bo‘ldi — Hausen, Zabarniy va Kerkez kuchliroq jamoalarga o‘tishdi. Ulardan uchinchisi — aynan Arne Slot jamoasiga kelib qo‘shildi. Qolaversa, mehmonlar to‘purari Klyuyvert jarohatidan tuzalishga ulgurmagandi. Ko‘pchilik Angliya chempionlari yirik hisobda g‘alaba qozonishini taxmin qilayotgandi, amalda esa o‘yin kutilmagan ssenariyda kechdi.
O‘yin oldidan stadionda fojiali halok bo‘lgan Diogu Jota va uning ukasi Andre Silvani xotirlashdi. Keyin esa o‘yin bosh hakami yangi mavsumning ilk o‘yinini boshlab berdi. Mersisaydliklar darhol bo‘sh hududlarga ega bo‘lishdi va oldinga tashlanishdi, «Chelsi» sobiq darvozaboni Petrovichning hushyorligini tekshirib ko‘rishdi. Shunday vaziyatlardan birida Saloh markazga ko‘chdi va to‘pni darvoza to‘sini ostiga yo‘lladi, darvozabon mahoratini ishga solib, to‘pni yuqoriga ko‘tarib yubordi.
Ammo mehmonlar ham tarkibdagi yo‘qotishlarga qaramay, o‘z prinsiplaridan chekinmadi va yuqori pressing uyushtirib, muntazam ravishda tezkor hujumlarga o‘tdi. 10-daqiqagacha mezbonlar darvozasi tomon ikki bor burchak zarbasi ishlandi. Shundan bir holat so‘nggi vaqtlarda ishonchsiz harakat qilayotgan Konate darvozabonga xato pas berishi tufayli belgilandi.
14-daqiqada esa mutlaqo g‘alati epizod kuzatildi. Senesi qo‘lini ishga solib, Ekitike yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymadi. Va gap to‘p oyog‘i orqali qo‘liga kelganida emas, u ongli ravishda yana bir bor barmoqlari bilan to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi.
O‘yin bosh hakami Entoni Teylor esa «Bornmut» foydasiga jarima zarbasi belgiladi, u bu vaziyatda Ekitike hujumda fol ishlatgan deb topdi. VAR vaziyatga aralashmadi. Holbuki bu holatd himoyachiga qizil kartochka ko‘rsatilib, mehmonlar darvozasiga penalti qo‘yilishi ham mumkin edi.
Shundan so‘ng asta-sekinlik bilan ehtiroslar so‘na boshladi. Tribunadan Semenyo manziliga irqchilik ruhidagi so‘zlar yangradi. Katta ehtimol bilan, mezbon muxlislar uning hujumdagi faolligiga shunday reaksiya ko‘rsatishdi. Hakam avvaliga ikki jamoa bosh murabbiylari Slot va Andoni Iraola bilan, keyin esa sardorlar van Deyk va Smit bilan gaplashdi. O‘yin davom ettiriladigan bo‘ldi.
Pauza o‘yinni yanada sekinlashtirdi. Birinchi bo‘limdagi hal qiluvchi epizod esa 35-daqiqada ro‘y berdi. Smit o‘ng qanotda oldinga o‘tib, Kerkezni yo‘ldan oldi va jarima maydoniga to‘p uzatdi, Taverner Alison darvozasini ishg‘ol etishi kerak edi, ammo zarba o‘ta kuchsiz chiqdi va to‘p braziliyalik posbonning qo‘llariga bordi. Mezbonlar darhol javob hujumi uyushtirdi — Ekitike Mak Allisterning uzatmasidan keyin rikoshet yordamida hujumni davom ettirdi va Petkovichni osonlik bilan dog‘da qoldirdi.
Jamoaga yozda kelgan fransuz hujumchisi bu bilan to‘xtab qolmadi. Ikkinchi bo‘lim boshida u Gakponi golli uzatma bilan ta’minladi.
Ammo shundan keyin mersisaydliklar o‘yinni tashlab yuborishdi. 60-daqiqada esa murabbiy jamoaning ikki yangi futbolchisini maydondan oldi: Kerkez va Frimpong o‘rniga Endo va Roberson tushirildi. «Bornmut» esa shu zahoti intrigani qaytardi. Soboslai raqib jarima maydoni yaqinida tovonda pas berishga urinib to‘pni yo‘qotdi, Adams chap qanotdan ajoyib qarshi hujum uyushtirdi. Van Deyk ofsayd chizig‘ini ushlashda xatoga yo‘l qo‘ydi va Bruks markazda ochilgan Semenyoni to‘p bilan ta’minladi. Ganalik ushbu futbolchi ikki yil oldin ham mavsum startida (2-turda) «Liverpul» darvozasini ishg‘ol etgandi. Bu uning odatiga aylanib bormoqda.
Mersisaydliklar sarosimaga tushib qolishdi va ochiqchasiga tashabbusni boy bera boshlashdi. Jamoa futbolchilari himoyaga yotib olishdi va o‘yinning faqat 25-30 foiz vaqtida to‘pga egalik qilishdi. Xato qilish navbati Salohga keldi, u Soboslaiga noqulay pas berd, to‘pni egallab olgan Traore Semenyoni oldinga boshladi. Ganalik hujumchi esa butun maydonni to‘p bilan bosib o‘tib, raqiblar qurshovida turganiga qaramay, dublni rasmiylashtirdi.
Shunga qaramay, mo‘jiza ro‘y bermadi. «Liverpul» o‘z vaqtida uyg‘ondi. O‘yin oxirida maydonga tushirilgan Kiyeza o‘yin taqdirini hal qildi. 88-daqiqada Alison maydon markazidan to‘pni oshirdi, Salohning darvozabon hududiga uzatmasidan keyin Petrovich to‘pni uzoqlashtirishda xato qildi, Federiko esa Uinterbyorndan kelgan to‘pni darvozaga yo‘naltirdi.
Qo‘shimcha daqiqalarda esa Saloh o‘yinga nuqta qo‘ydi va golni Jota uslubida nishonladi. Misrlik hujumchi 2017 yildan buyon mavsumning birinchi o‘yinlarida to‘qqiz o‘yinda 10 gol urishga erishgan.
«Liverpul» esa ketma-ket ikkinchi o‘yinda muammoga duch kelmoqda, Slot bu borada hali ko‘p ishlashi kerak bo‘ladi.
Sport
Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempioni bo‘ldi
Niderlandiyaning Amsterdam shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi musobaqadagi tarixiy medalga sazovor bo‘ldi.
Yengil vaznli sportchilar o‘rtasidagi juftlik dasturida (LM2x) Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev dueti oltin medal sohibi bo‘ldi. Bu o‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilarning kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida qo‘lga kiritgan birinchi oltin medalidir.
Musobaqada kumush medal Germaniya, bronza medali esa AQSh sportchilariga nasib etdi.
Sport
EChL 2026/2027. Umumiy guruh bosqichi taqvimi e’lon qilindi
UEFA Chempionlar ligasi 2026/2027-yilgi mavsumi umumiy bosqichi to‘liq taqvimni e’lon qildi.
Bu bosqichda har bir jamoa 8 ta o‘yin o‘tkazadi: 4 tasi o‘z maydonida, 4 tasi safarda.
Joriy mavsumdan e’tiboran bir jamoa bir raqib bilan ketma-ket uch mavsum davomida o‘z maydonida o‘ynashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Umumiy bosqichning 1-turi uch kun — seshanba, chorshanba va payshanba (8-9-10-sentyabr) kunlariga taqsimlanadi. Qolgan turlar ikki kun davomida o‘tkaziladi. So‘nggi turda esa barcha uchrashuvlar bir vaqtda boshlanadi.
1-turni Abduqodir Husanov va «Manchester Siti» safarda «Portu»ga qarshi o‘tkazadi. Boshlanishi: bizning vaqt bilan 9 sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:01 da.
Umarali Rahmonaliyev va «Sabah» esa Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi debyutida «Manchester Yunayted» maydonida sinovdan o‘tadi. Boshlanishi: bizning vaqt bilan 11-sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da.
Manba: UEFA
Sport
Rossiyalik shaxmatchilar O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Olimpiadada qatnashmaydi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Prezident kengashi rossiyalik shaxmatchilarni Butunjahon shaxmat Olimpiadasida ishtirok etishiga ruxsat bermadi. Bu haqda Rossiya shaxmat federatsiyasi ijrochi direktori Aleksandr Tkachyov TASS agentligiga ma’lum qildi.
«Jahon shaxmat Olimpiadasida terma jamoalarimiz qatnashmaydi. Kengash ushbu qarorni FIDE prezidenti vazifasini bajaruvchi janob Vishvanatan Anandning tashabbusi bilan qabul qildi», — dedi Tkachyov.
Butunjahon shaxmat Olimpiadasi 16–27 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
2025 yilning dekabrida Xalqaro shaxmat federatsiyasi Bosh assambleyasi rossiyalik sportchilarga nisbatan cheklovlarni to‘liq va qisman bekor qilish uchun ovoz bergan edi. Rossiyalik shaxmatchilarning qaytishiga 61 delegat ovoz bergan, 51 delegat qarshi chiqqan.
Biroq 2026 yil yanvarda Buyuk Britaniya, Germaniya, Norvegiya, Estoniya va Ukraina shaxmat federatsiyalari FIDEning rossiyalik shaxmatchilarga nisbatan sanksiyalarni to‘liq bekor qilish haqidagi qaroriga e’tiroz bildirish niyatida ekani xabar qilindi. Shundan so‘ng, 2026 yil iyun oyida sanksiyalar qayta joriy etildi.
Avvalroq mazkur Olimpiadani Magnus Karlsen va yana bir qator shaxmat yulduzlari ham o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgandi.
Sport
Krishtianu Ronaldu mavsum nihoyasida futbol bilan xayrlashishi mumkin
Krishtianu Ronaldu joriy mavsum nihoyasida professional futboldagi faoliyatiga yakun yasashi mumkin. Bu haqda u Vogue jurnaliga intervyusida ma’lum qildi.
«Ehtimol, bu futboldagi so‘nggi yilim bo‘lishi mumkin, o‘zimdan ulkan meros qoldirishni istayman», — dedi Ronaldu.
Besh karra «Oltin to‘p» egasi ta’kidlashicha, bo‘sh vaqtini hordiq va sayohatlarga ajratmoqchi.
Krishtianu Ronaldu professional futbolga kirib kelganiga 25 yil bo‘ldi. Birinchi katta o‘yinini 2002-yil 14-avgustda Lissabonning «Sporting» klubi safida Milanning «Inter»iga qarshi o‘tkazgan.
Sport
«Arsenal» «Manchester Siti»ni yirik hisobda yengib, Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi
Londonning «Arsenal» klubi o‘z tarixida 18-marta Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi. Jamoa Kardiffda «Manchester Siti»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
O‘yinning 23-soniyasida Rikkardo Kalafiori hisobni ochdi. One Football nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, bu 1968 yildan beri superkubok o‘yinining birinchi daqiqasida urilgan birinchi va kubok tarixidagi eng tezkor gol bo‘ldi.
London jamoasi safida yana Kay Xaverts (28) va Martin Edegor (48) gol urishdi.
O‘tgan mavsumda «Arsenal» Premer ligada g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, manchesterliklar Angliya kubogini qo‘lga kiritdi.
«Shaharliklar» safida Abduqodir Husanov to‘liq harakat qildi.
-
Iqtisodiyot5 days ago
Oziq-ovqat ishlab chiqarishda qaysi hududlar yetakchi?
-
Iqtisodiyot5 days agoPrezident ishtirokida umumiy qiymati 50 trln so‘mlik loyihalar ishga tushirildi
-
Siyosat2 days ago
Prezidentning Mustaqillik bayrami tabrigidan o‘rin olgan asosiy fikrlari
-
Sport22 hours ago
EChL 2026/2027. Umumiy guruh bosqichi taqvimi e’lon qilindi
-
Sport12 hours ago
Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempioni bo‘ldi
-
Jamiyat11 hours ago
Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Hindiston yetakchilariningg tarixiy muzokaralari bo‘lib o‘tdi
