Jamiyat
Andijondan Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Istanbulga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar – Uzbekistan Airways bilan
Uzbekistan Airways Farg‘ona vodiysi aholisi uchun yanada qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk va Istanbulga Andijondan to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar tarmog‘ini rivojlantirishda davom etmoqda.
Andijondan yangi yo‘nalishlar ishbilarmonlik safarlari, o‘qish, dam olish va yaqinlar bilan uchrashish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochadi.
Moskva – Rossiyaning eng yirik shahri, boy tarix va xilma-xil madaniy diqqatga sazovor joylarga ega iqtisodiy va ishbilarmonlik markazi. Andijondan Vnukovo aeroportiga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar seshanba, chorshanba, payshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Bir tomonlama chipta narxi 2 002 000 so‘mdan boshlanadi.
Sankt-Peterburg o‘zining qirg‘oqlari, teatrlari va muzeylari bilan mashhur bo‘lib, u yerga yilning istalgan faslida qaytish yoqimli. Endi u yerga borish yo‘li qisqardi: Andijondan parvozlar dushanba va chorshanba kunlari amalga oshiriladi. Bir tomonlama chipta narxi 2 309 000 so‘mdan boshlanadi.
Novosibirsk – zamonaviy megapolis va Sibirning eng yirik shahri bo‘lib, u yerda sanoat, fan va ta’lim faol rivojlanmoqda. Andijondan to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar Novosibirskka sayohat tezroq va qulayroq bo‘lishini ta’minlaydi. Parvozlar yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Bir tomonga chipta narxi 1 934 000 so‘mdan boshlanadi.
Istanbul – hamma ilhom, xaridlar va gastronomik taassurotlar uchun intiladigan shahar. Endi u yerga to‘g‘ridan-to‘g‘ri Andijondan borish mumkin: parvozlar dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi. Bir tomonga chipta narxi 2 391 000 so‘mdan boshlanadi.
Aviachiptalarni booking.uzairways.com saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida, aviakompaniya agentlaridan yoki Google Play va App Store’da yuklab olish mumkin bo‘lgan mobil ilovada xarid qiling.
Uzbekistan Airways shaffoflik, qonuniylik va biznes yuritishning yuqori axloqiy standartlari tamoyillariga amal qiladi. Aviakompaniya korrupsiyaning har qanday shaklini qattiq rad etadi hamda hamkorlar va yo‘lovchilar ishonchini mustahkamlagan holda korrupsiyaga qarshi milliy va xalqaro qonunchilikka qat’iy rioya qiladi.
Agar aviakompaniya faoliyati doirasida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz, bu haqda +998 78 140 02 00 ishonch telefoniga (bundan keyin tilni tanlang va “6” tugmasini bosing), +998 78 140 45 68 / +998 90 998 15 06 raqamlariga, telegram-botiga, elektron pochtasiga yoki rasmiy veb-saytidagi shaklga murojaat qiling.
Sayt | Facebook | Instagram | Telegram
Reklama huquqi asosida
Jamiyat
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
Toshkent shahrining Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatilmoqda.
Bugun, 28 iyun soat 20:45 da Toshkent shahridagi «Yuksak» podstansiyasida nosozlik bo‘ldi.
Buning oqibatida Toshkent shahrining Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatilmoqda.
Hozirgi vaqtda energetiklar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish hamda iste’molchilarning elektr ta’minotini qayta tiklash choralari ko‘rilmoqda.
Jamiyat
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
Avvalroq Toshkent shahridagi «Yuksak» podstansiyasida yuz bergan nosozlik sababli poytaxtning Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish sodir bo‘lgani xabar qilingandi.
Bugun, 28 iyun kuni Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shohko‘chasida joylashgan Dream Park istirohat bog‘idagi «Charxpalak» attraksionida fuqarolar qolib ketganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan va hozirda barcha fuqarolar charxpalakdan xavfsiz joyga tushirib olingan.
“Vaziyat Toshkent shahar FVBB tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q”, deyiladi FVV xabarida.
Avvalroq Toshkent shahridagi «Yuksak» podstansiyasida yuz bergan nosozlik sababli poytaxtning Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish sodir bo‘lgani xabar qilingandi.
Jamiyat
Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining bir qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi
Energetiklar tomonidan nosozlikni bartaraf etish va barcha iste’molchilarning elektr ta’minotini bosqichma-bosqich qayta tiklash ishlari davom ettirilmoqda.
Foto: Energetika vazirligi
Bugun, 28 iyun soat 20:45 da Toshkent shahridagi «Yuksak» podstansiyasida nosozlik yuz berishi oqibatida poytaxtning Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish kelib chiqqani xabar qilingandi.
FVV xabariga ko‘ra, “svet” o‘chishi oqibatida Chilonzor tumanida joylashgan Dream Park istirohat bog‘idagi «Charxpalak» attraksionida qolib ketgan fuqarolar xavfsiz joyga tushirib olingan.
Xabar qilinishicha, ayni paytda Energetika vazirligi hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati podstansiyada bo‘lib, ular tomonidan nosozlikni tiklash ishlari nazoratga olingan.
Energetiklar tomonidan nosozlikni bartaraf etish va barcha iste’molchilarning elektr ta’minotini bosqichma-bosqich qayta tiklash ishlari davom ettirilmoqda.
Jamiyat
Dubayda og‘ir ahvolga tushib qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
Aviareyslarda kechikish va Yaqin Sharq mintaqasidagi keskin vaziyat sababli oila mamlakatni tark eta olmagan. Shuningdek, vizasiz yurish muddati tugagani uchun ular jarimaga tortilgan.
BAAda og‘ir vaziyatga tushib qolgan oila O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasi ko‘magida vatanga qaytarildi.
Qayd etilishicha, P.G. va uning farzandi A.Z. 2025 yilda mavsumiy ishlash maqsadida BAAning Dubay shahriga borgan.
Biroq moliyaviy qiyinchiliklar sababli 2026 yil yanvarida O‘zbekistonga qaytish uchun aviachiptalar xarid qilgan. Aviareyslarda kechikish va Yaqin Sharq mintaqasidagi keskin vaziyat tufayli ular mamlakatni tark eta olmagan.
Shuningdek, vizasiz yurish muddati tugagani uchun oila vakillari jarimaga tortilgan.
O‘zbekistonning BAAdagi Bosh konsulxonasi tomonidan Dubay immigratsiya xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida ularning mamlakatni jarimasiz tark etishiga ruxsat olindi.
Ushbu oila a’zolari uchun 26 iyun kuni “Dubay–Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar xarid qilindi hamda ularning O‘zbekistonga qaytishi ta’minlandi.
Jamiyat
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Bugun, 28 iyun kuni Toshkent davlat agrar universitetida yong‘in sodir bo‘ldi.
Xabar qilinishicha, soat 15:17 da «112» tizimidan Toshkent viloyati FVBBga Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksi binosining tom qismi yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 15:59 da qurshab olingan hamda soat 16:15 da to‘liq bartaraf etilgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
-
Jamiyat3 days ago«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
-
Sport3 days agoYaponiya futbolining buyuk sabog‘i: mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarish
-
Dunyodan2 days agoQirgʻiziston va Oʻzbekiston chegarani delimitatsiya qilish doirasida hudud almashadilar
-
Sport5 days agoEldor Shomurodov muxlislardan uzr so‘radi
-
Jamiyat2 days agoVatanparvar jurnalistlarni o‘zimga do‘st va maslakdosh deb bilaman
-
Dunyodan5 days ago
BAAda 15 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlangan
-
Iqtisodiyot4 days ago
O‘zbekiston banklari aktivlari 962,8 trln so‘mga yetdi
-
Dunyodan3 days agoQirg‘izistonda navbatdagi prezidentlik saylovlari qachon o‘tkazilishi ma’lum qilindi.
