Connect with us

Sport

Alonso «Real»da durang bilan boshladi, «Siti» va «Yuve»da oson g‘alabalar. Kun o‘yinlari

Published

on


G va H guruhlaridagi o‘yinlar bilan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida 1-tur bosqichi yakunlandi. O‘yinlardagi gollar va guruhlardagi vaziyat.

H guruhi

«Real» – «Al Hilol» 1:1

«Hard Rock» stadioni, 65 326 tomoshabin.

Gollar: Gonsalo Garsiya 34 – Ruben Nevesh 41, pen.

Aniq ijro etilmagan penalti: Valverde, 90+2.

«Real» – Kurtua, Trent (Lukas, 65), Hausen, Asensio (Guler, 46), Fran Garsiya, Chuameni, Valverde, Bellinghem (Modrich 84), Rodrigo (Dias, 65), Gonsalo Garsiya, Vinisius (Vaskes).

«Al Hilol» – Bunu, al-Tambakti, Kulibali, Lodi (Al-Arbi 83), Kanselu (Al-Yami), Nevesh, Milinkovich-Savich, Salim al-Dovsari, Nosir al-Dovsariy, Malkom (Al-Qahtoniy), Leonardu (al-Juvayr).

Ogohlantirishlar: Vinisius Junior 15  – Ruben Nevesh 89, Al-Kahtoniy 90, Al-Arbi 90.

Xabi Alonso «Real» bosh murabbiyi sifatidagi debyut o‘yinini o‘tkazdi. Unga bu o‘yin arafasida betob bo‘lib qolgan Mbappe yordam berolmadi. Umuman olganda, yo‘qotishlar bir talay: Ryudiger, Alaba, Mendi, Kamavinga, Endrik o‘ynay olmaydi.

Qolaversa, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida guruhdagi ilk raqib ham anoyi emasdi — Bunu, Kulibali, Lodi, Kanselu, Nevesh, Milinkovich-Savich va Malkom kabi yulduzlarni jamlagan «Al-Hilol»ni yaqinda Simone Indzagi qabul qilib olgandi. U shu kuni faqat hujumchi Mitrovichning xizmatidan foydalana olmasdi. Shunday ekan, madridliklarni juda qiyin o‘yin kutayotgandi.

Alonso «Real» uchun odatiy bo‘lgan 4-3-3 sxemasini tanladi. Markazda Hausen-Asensio juftligi, qanotlarda Fran va Trent o‘ynadi. Hujum markazida esa ilk daqiqalardanoq 21 yoshli Gonsalo paydo bo‘ldi. U bungacha «Real» safida faqat bir necha o‘yinda zaxiradan tushib o‘ynagandi, shu bilan birga, Ispaniya kubogi chorakfinalida «Leganes»ga qarshi o‘yinda (3:2) g‘alaba golini urgandi.

Saudiya klubi o‘yinni ancha faolroq boshladi va 27-daqiqagacha zarbalar bo‘yicha 8:2 ko‘rinishida ustunlikka erishdi. To‘pga egalik qilish bo‘yicha ham (41 foizga farshi 59), burchak zarbalari bo‘yicha ham (4:0), kutilgan gollar ko‘rsatkichi bo‘yicha ham (0,09 xG ga qarshi 0,61 xG) aynan saudiyaliklar yaqqol ustun edi.

Kurtua raqibning ilk hujumidayoq Milinkovich-Savichning zarbasini qaytarish uchun o‘zini ko‘rsatishiga to‘g‘ri keldi, Markos Leonardo bir neach metr masofadan turib xato zarba yo‘lladi, «Atletiko»ning sobiq himoyachisi Renan Lodi esa darvozani ishg‘ol qildi ham, ammo gol ofsayd tufayli bekor qilindi. Vinisius esa 15-daqiqadayoq simulyatsiya uchun sariq kartochka oldi. Maydondagi voqealarni tribunadagi Florentino Peresning g‘amgin va biroz jahli chiqqan yuzi yaqqol ifodalardi.

Osiyoliklar yaxshiroq o‘ynashda davom etishdi, ammo golni «Real» urdi. «Real» 34-daqiqada o‘ziga xos qarshi hujum uyushtirdi, Rodrigo qanotdan to‘pni Garsiyaga yetkazib berdi va yosh hujumchi Bununi osonlik bilan dog‘da qoldirdi. Bu madridliklarning ilk 45 daqiqalikdagi yagona vaziyati edi.

Tanaffus arafasida tablodagi hisob o‘yin mantig‘iga xos ko‘rinish oldi. Raul Asensio kerak bo‘lmagan vaziyatda jarima maydoni ichida Leonardoga qo‘pollik ishlatdi (bu mavsumda uchinchi bor penaltiga sababchi bo‘lishi), Nevesh esa 11 metrdan aniq zarba yo‘lladi. Qo‘shimcha daqiqalarda esa Asensio o‘z aybini yuvishga urinib, Salim al-Dovsariyning xavfli zarba ko‘rinish olgan va darvoza to‘riga borayotgan to‘sib qoldi.

Ammo Alonso uni kechirmadi va tanaffusda uning o‘rniga Arda Gulerni tushirdi, Tshuameni esa himoya markaziga o‘tdi. Ikkinchi bo‘limda «Real» o‘ziga o‘xshab o‘ynay boshladi, Vini ham jonlandi va ikki marta sheriklari uchun juda qulay vaziyatlar yaratib berdi. Ammo Ardaning zarbasi to‘singa bordi, Gonsaloning zarbasini esa Bunu darvoza chizig‘i ustida qaytarib qoldi.

Ikkinchi bo‘limdagi faolligi evaziga madridlikla zarbalar bo‘yicha statistikani o‘z tomoniga og‘dirdi (jami zarbalar soni bo‘yicha 19:13, darvoza sohasiga to‘g‘ri borgan zarbalar bo‘yicha 7:2). Shunga qaramay, himoyada xatolar davom etdi: Al-Dovsariy to‘pni Guler va Hausen orasidan o‘tkazib, Leonardoni qulay vaziyatga chiqardi, ammo braziliyalik futbolchi yaqin burchakni aniq nishonga ololmadi. U shu kuni aniqlik borasida juda yomon ko‘rsatkich qayd etdi, uning uchala zarbasi ham darvoza sohasiga to‘g‘ri bormadi.

O‘yin oxirida madridliklar g‘alabani ilib ketishi mumkin edi. Al-Qahtoniy jarima maydoni ichida Franning yuziga urib yubordi. Hakam VAR bilan maslahatlashuvdan keyin 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. Ammo Valverde Bununi alday olmadi va saudiyaliklar haqli ochkoga erishdi.

«Pachuka» (Meksika) — «Zalsburg» (Avstriya) 1:2

Gollar: Gonsales (56) — Gluh (42), Onisivo (76).

«Pachuka» — Moreno, Rodriges, Bauermann, Pereyra, Gonsales, Montiyel (Sanches, 88), Pedrasa (Kennedi, 55), Palavechino (Homenchenko, 77), Kenedi (Bautista, 77), Dominges (Hurtado, 88), Rondon.

«Zalsburg» — Zavisshitski, Layner, Gadu, Rasmussen, Kratzig (Mellberg, 88), Nene, Bidstrup, Shulsbaker (Diabate, 55), Gluh (Dagim, 79), Baydu (Onisivo, 55), Ratkov (Vertessen, 55).

Ogohlantirish: Pereyra (75).

H guruhining ikkinchi uchrashuvida «Pachuka» «Zalsburg»ga yutqazdi (1:2). 2-turda «Real» bor alamini meksikaliklardan olishi tayin. Saudiyaliklar va avstriyaliklarning o‘zaro o‘yinida esa pley-off yo‘llanmasi taqdiri hal bo‘ladi.

G guruhi.

«Manchester Siti» – «Vidad» 2:0

Gollar: Foden 2, Doku 42.

«Manchester Siti»: Ederson, Lyuis, Reys, Ake, O’Ralli, Reynders, Sherki (Holand, 60), Foden (Rodri, 60), Savinio (Nunes, 90+2), Marmush (Gundo‘g‘an, 69), Doku (Bobb, 60).

«Vidad»: Benabid, Mufid, Mayyers (Mutaraji, 75), Ferreyra, Butuil, Mufi, Amrabat (Obeng, 62), Zemraviy (Malsa, 62), Mubarik, Lorch (Aziz Ki, 84), Maylula (Rayxi, 46)

Chetlatish: Lyuis 88.

Gvardiola ilk daqiqalardan yozdagi xaridlari — Reynders va Sherkini maydonga tushirdi. Shuningdek, qishda olingan va haligacha boshlang‘ich tarkibda tushmagan Reysga ham imkon berildi. Husanov asosiy tarkib futbolchilari Diash, Gvardiol, Rodri, Gundo‘g‘an, Bernardu va Holand qatorida o‘yinni zaxiradan kuzatdi.

Afrikaliklar jamoasining butun tarkibi Kovachichning narxidan ham azronroq edi — 20 mln yevroga qarshi 18 mln. Bu jamoada mashhur familiyalardan faqat Amrabatni uchratish mumkin. Gap o‘tgan yil Manchesterda o‘ynab ketgan Sofyan emas, uning 38 yoshli akasi Nordin haqida.

Oxirgi yillarda Marokashda ham chempion bo‘la olmayotgan «Vidad» «Manchester Siti»ga raqobat ko‘rsata olmadi. Jamoalar darajasidagi farq shu darajada ediki, ikkinchi daqiqadayoq hisob ochildi. Savio qanotdan uzatma amalga oshirdi, darvozabon Benabid to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘yib, uni to‘g‘ri Fodenning oyog‘iga tashlab berdi, angliyalik futbolchi esa sovg‘adan foydalandi va yanvardan buyon ilk golini nishonladi.

Lekin anchagacha bu muvaffaqiyatni rivojlantirish imkoni bo‘lmadi. Marmushning zarbasi ustun yonidan o‘tib ketdi, burchak zarbasidan keyin Ake barchadan baland sakrab zarba berdi, ammo to‘p biroz xato ketdi. Foden Sherkining uzatmasidan keyin dublga yaqin edi, ammo darvozabon yaxshi harakat qildi.

«Vidad» ham vaziyatlar yaratishga urindi, ammo yakuniy bosqichda aniqlik yoki omad yetishmadi. Masalan, hujumlardan birida Mufi to‘pni Zemraviyga uzatganida futbolchi 11 metrdan zarba bergan bo‘lardi, ammo sherigi to‘pni qizg‘andi. Lorch esa 19 yoshli braziliyalik Reysning to‘pni qabul qilishdagi xatosidan foydalana olmadi, u to‘pni egallab olib, Ederson bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, ammo toyib ketib vaziyatni qo‘ldan chiqardi. Maylula bu hujumni jarima maydoni tashqarisidan zarba berish bilan davom ettirdi, ammo darvozabon uning zarbasini osonlik bilan bartaraf etdi.

42-daqiqada favorit baribir ikkinchi golni urdi: Foden burchakdan to‘p oshirdi, Doku Butuyadan ildamroq harakat qilib, to‘pni darvoza to‘riga aniq yo‘naltirdi. «Vidad» birinchi bo‘limda faqat zarbalar yo‘llashda munosib qarshilik ko‘rsatgani bilan faxrlanishi mumkin 10:5 (darvoza sohasiga aniq borgan zarbalar bo‘yicha 4:2).

Ikkinchi bo‘limda esa farq ancha qisqardi 11:8. Lekin «Vidad» yaqqol golli vaziyat yarata olmadi, Doku esa Ferreyruga pressing uyushtirib, darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi, ammo Benabid bu safargi duelda ustun keldi.

Gvardiola Holand, Rodri, Bobb va Gundo‘g‘anni maydonga tashladi. Ammo bu o‘yin natijasiga ta’sir ko‘rsatmadi. «Manchester Siti» katta kuch sarflamasdan, dastlabki uch ochkoni o‘ziniki qildi.

«Al Ayn» (BAA) — «Yuventus» (Italiya) 0:5

Gollar: Kolo-Muani (11, 45+4), Konseysau (21, 58), Yildiz (31).

«Al Ayn» — Patrisiu, Traore, Ratnik, Rabia, Kuadio (Nyang, 68), Savala, Pak (Shadli, 76), Kaku (Yashik, 76), Palasios (Nodir, 68), Rahimiy (Udo, 90+2), Laba.

«Yuventus» — Di Gregorio, Kalulu, Savona (Gatti, 71), Kelli, Koshta, Makkenni, Tyuram (Duglas Luiz, 46), Kambiyazo (Vea, 46), Konseysau, Yildiz (Kopmeyners, 61), Kolo-Muani (Vlahovich, 71).

Ogohlantirishlar: Makkenni (5), Kambiyazo (16), Konseysau (60), Gatti (82), Traore (90+3).

Guruhning ikkinchi uchrashuvida «Yuventus» BAAning «Al Ayn» klubiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Endi 2-turda «Yuventus» «Vadid» bilan, «Siti» «Al Ayn» bilan o‘ynaydi. 3-turda esa Italiya va Angliya grandlari amalda guruh g‘olibligi uchun bahs olib borishadi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

Prezident shaxmatchilar haqida kitob va filmlar yaratilishiga ishonch bildirdi

Published

on


Shavkat Mirziyoyev shaxmatchilar bilan uchrashuvda Javohir Sindorov, Muhiddin Madaminov va Shamsiddin Vohidovning Olimpiadadagi o‘yinlarini alohida e’tirof etdi.

Prezident Javohir Sindorovga murojaat qilib, bir necha oy avval uning Nomzodlar turniridagi tarixiy g‘alabasi nishonlanganini esladi. Olimpiadada ham Javohir Sindorov sovuqqonlik va barqarorlik ko‘rsatib, kuchli raqiblar oldida ortga chekinmagani ta’kidlandi.

«Endi oldingda yana bir ulkan marra — jahon toji uchun bellashuv turibdi. Bugun ortingda nafaqat jamoadoshlaring va ustozlaring, balki qirq millionga yaqin O‘zbekiston xalqi turibdi. Biz senga ishonamiz!» — dedi davlat rahbari.

Yirik musobaqada ilk bor ishtirok etgan Muhiddin Madaminov hal qiluvchi kunda ukrainalik Roman Dextyarovni qora donalarda mag‘lub etdi.

Uning g‘alabasi jamoaga oltin medal uchun zarur ochkoni olib keldi. Prezident uning g‘ayrati va g‘alabalari muxlislar ko‘nglidan joy olganini ta’kidladi.

Shamsiddin Vohidov ham umumiy natijaga munosib hissa qo‘shdi. U amaldagi jahon chempioni Gukeshga qarshi qora donalarda tengma-teng kurashib, o‘z salohiyatini namoyon etdi.

Prezident oltin medal jamoaning har bir a’zosi mehnati va hissasi natijasi ekanini ta’kidladi.

«Bu oltin medalda jamoaning har bir a’zosining mashaqqatli mehnati va ulkan hissasi bor», — dedi Prezident.

Davlat rahbari shaxmatchilar haqida hali kitoblar yozilishi, filmlar yaratilishi va ularning o‘yin uslubi darsliklarga kirishiga ishonch bildirdi.



Source link

Continue Reading

Sport

Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining uchta mintaqaviy filiali ochiladi

Published

on


Yosh shaxmatchilarni tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish uchun Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining Samarqand, Xorazm va Farg‘onada uchta mintaqaviy filiali tashkil etiladi. Akademiyada oliy toifali murabbiylarni tayyorlash ham yo‘lga qo‘yiladi.

FIDE reytingida 1 ming 500 dan yuqori ball to‘plagan shaxmatchilarning xususiy klublarda o‘qish xarajatlarining yarmi davlat tomonidan qoplanadi. Bu yosh iste’dodlarning tayyorgarligini davom ettirishiga qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Mamlakatimizda “O‘zbekiston Grand Chess” milliy brendi ostida xalqaro turnirlar muntazam o‘tkazib boriladi. Bu shaxmatchilarimizga kuchli raqiblar bilan o‘z yurtimizda bellashish imkonini beradi.

Prezidentimiz Yangi Toshkentda 500 kishilik o‘yin zali, yotoqxona va sport maydonchalariga ega zamonaviy shaxmat saroyini barpo etishni taklif qildi.



Source link

Continue Reading

Sport

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlari turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi

Published

on


O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiyadagi Osiyo o‘yinlarining bugungi kunini oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritish bilan boshladi.

Shahriyor Mahkamov baydarkachilar o‘rtasida 500 metr masofaga kechgan yakkalik poygalarida marrani birinchi bo‘lib zabt etib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.

Terma jamoamizning yana bir a’zosi Arina Tanatmisheva esa kumush medalni qo‘lga kiritdi. U 500 metr masofaga kechgan yakkalik dasturida marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.

Shuningdek, kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi a’zolari Vladlen Denisov hamda Nilufar Zokirova juftligi kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Hozirgacha o‘tkazilgan musobaqalardan so‘ng, O‘zbekiston delegatsiyasi turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jami 34 ta medal qo‘lga kiritildi: 8 ta — oltin, 17 ta — kumush, 9 ta — bronza.

Aichi-Nagoya-2026 musobaqalarida medallar jamg‘arish bo‘yicha Xitoy peshqadamlik qilmoqda, Yaponiya — ikkinchi, Janubiy Koreya — uchinchi o‘rinda.



Source link

Continue Reading

Sport

O‘zbekiston U-23 yarim finalda Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi

Published

on


O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo o‘yinlari yarim finalidagi raqibi ma’lum bo‘ldi.

Chorak finalda Yaponiya terma jamoasi KXDRni 1:0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi final yo‘llanmasi uchun musobaqa mezboni Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv 30-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da “Nagai” stadionida boshlanadi.



Source link

Continue Reading

Sport

O‘zbekiston shaxmatchilari Armanistonni mag‘lub etib, yetakchilikni saqlab qoldi

Published

on


Samarqandda o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 10-turi O‘zbekistonning birinchi jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yoqubboyev va Muhiddin Madaminov ishtirok etgan O‘zbekiston-1 jamoasi Armanistonni mag‘lub etdi.

Abdusattorov, Sindarov va Madaminov o‘z raqiblaridan ustun keldi. Shu tariqa, O‘zbekiston-1 jamoasi 18 ochko bilan musobaqada yetakchilikni saqlab qoldi.

O‘zbekiston-2 jamoasi Hindistonga imkoniyatni boy berdi. O‘zbekiston-3 esa Isroilga qarshi keskin bahsda kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi.

Xotin-qizlar o‘rtasidagi 10-turda O‘zbekiston-1 jamoasi Peru vakillarini yirik hisobda mag‘lub etdi.

27-sentyabr kuni Olimpiadaning so‘nggi — 11-tur bahslari o‘tkaziladi. Uning yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlanadi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.