Connect with us

Iqtisodiyot

Aksilkorrupsiya agentligi UzPost’ni xususiylashtirishda shaffoflikni talab qildi

Published

on


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi “O‘zbekiston pochtasi” AJdagi davlat ulushini xususiylashtirish jarayonida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash talabi bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga taqdimnoma kiritdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi “O‘zbekiston pochtasi” AJdagi davlat ulushi noshaffof tarzda xususiylashtirilgani haqida OAVda tarqalgan xabarlardan keyin, bu borada Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga taqdimnoma kiritdi.

Aksilkorrupsiya organining qayd etishicha, prezident farmoniga asosan “O‘zbekiston pochtasi” AJning 29,4 foiz davlat ulushi ommaviy savdolarga chiqarilishi belgilangan.

Qonunchilikka ko‘ra, davlat aktivlarini xususiylashtirish shaffoflik va qonuniylik, hisobdorlik, teng raqobat muhitini ta’minlash, shuningdek korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik kabi prinsiplarga asoslanishi kerak. Xususan:


davlat organlari xususiylashtirilayotgan davlat mulki haqidagi ma’lumotlardan erkin foydalanish imkoniyatini yaratishi shart (“Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun, 6-modda);
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan korxonalar ro‘yxatini Ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtirishi va har chorakda yangilab borishi lozim (6247-sonli prezident farmoni 4-bandi);
davlat mulki obektlari to‘g‘risidagi axborotlarni portalga joylashtirmasdan savdoga chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi (Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 28 oktyabrdagi 572-son qarori).

“Yuqoridagilarga muvofiq, o‘rganish yakunlari bo‘yicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga davlat aktivlarini realizatsiya qilinishida amaldagi qonunchilik talablari, xususan, xususiylashtirish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflik prinsiplariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash yuzasidan taqdimnoma kiritildi”, – deyiladi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bayonotida.

UzPost bilan nimalar bo‘lyapti?

Kun.uz avvalroq xabar berganidek, “O‘zbekiston pochtasi” kutilmaganda Rossiya kompaniyasining qo‘liga o‘tgani haqidagi mish-mishlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaganidan besh hafta o‘tib, rasmiy OAVda ham paydo bo‘ldi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib ham O‘zbekistondagi, ham Rossiyadagi nashrlar yozmoqda. Xaridor (agar shunday atash mumkin bo‘lsa) Wildberries marketpleysi bo‘lishi mumkin. Hukumat (asosiy aksiyalar paketi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Davaktiv agentligi qo‘lida) ham, Wildberries ham hozircha vaziyatga izoh bermay kelmoqda.

13 oktyabr kuni “O‘zbekiston pochtasi” AJning o‘zi bayonot bilan chiqdi. Unda kompaniyaga haqiqatan ham investitsiya jalb qilish ustida ishlar ketayotgani tan olingan va “yirik investorni” jalb etish bilan bog‘liq o‘zgarish bo‘lgan taqdirda, rasmiy xabar berilishi aytilgan. Biroq, 2025 yilgi xususiylashtirish dasturiga zid ravishda, kompaniyaning 29 foiz aksiyalari nega ommaviy savdoga chiqarilmayotganiga izoh berilmagan.

UzPost bayonotida izohi keltirilmagan yana bir holat bor. Ma’lum bo‘lishicha, amalga oshib bo‘lgani aytilayotgan xususiylashtirish kelishuvidan oldin, Toshkent shahridagi jami 50 ta pochta bo‘limining bino-inshootlari poytaxt hokimligi balansidan chiqarilib, “O‘zbekiston pochtasi” AJga berilgan. Shu bilan deyarli bir paytda, kompaniya aksiyalarining 25 foizi Milliy investitsiya jamg‘armasidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilgan. Hozirda milliy pochta operatorining aynan qancha ulushi Rossiya kompaniyasiga o‘tgan bo‘lishi mumkinligi ma’lum emas.

Bu xabarlardan keyin, Wildberries’ning O‘zbekistondagi asosiy raqobatchisi – Uzum ekotizimi xususiylashtirishda ishtirok etishga tayyorligini bildirib, Davaktivga rasmiy so‘rov yubordi. Pochta xizmatini boshqarishda nafaqat biznes, balki milliy manfaatlarni ham hisobga olish kerak, deyiladi Uzum bayonotida.

Qayd etish kerak, “O‘zbekiston pochtasi”ning elektron tijorat bozoridagi u yoki bu o‘yinchi bilan affillanishi – raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Har qanday holatda ham, bitimni rasmiylashtirish uchun Raqobat qo‘mitasining ruxsati kerak bo‘ladi. Monopoliyaga qarshi organ aynan shu kabi vaziyatlarda xolis bo‘lishi uchun ham, hukumatdan mustaqilligi qonun darajasida belgilab qo‘yilgan. Qo‘mita hozircha holatga munosabat bildirmadi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi

Published

on


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Wabtec» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan birga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tog‘-kon korxonalari karer texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.

«Wabtec» lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

Published

on


Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).

Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).

Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston shokolad importining qariyb 70 foizi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 46 davlatdan qariyb 28,5 ming tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan.

Import qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati 123,7 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming tonnaga yoki 6 foizga ko‘p.

Import hajmi bo‘yicha Rossiya keskin ustunlik qilgan. Yilning dastlabki yetti oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 19,5 ming tonna shokolad mahsulotlari yetkazib berilgan.

Rossiyadan kelgan shokolad mahsulotlari umumiy importning qariyb 70 foizini tashkil etgan. Keyingi o‘rinda Ukraina bo‘lib, undan 2,2 ming tonna mahsulot import qilingan.

Qozog‘istondan 914 tonna, Belarusdan 805,2 tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan. Litvadan import 746,2 tonnani tashkil etgan.

Turkmaniston 715,2 tonna, Turkiya esa 569,5 tonna ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarda qayd etilgan. Qolgan davlatlar hisobiga 3 ming tonna mahsulot to‘g‘ri kelgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.